Mavzu: Axborot urushi atamasi
Download 182.57 Kb. Pdf ko'rish
|
axboriy qarama-qarshiligi
6 xavfsizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadigan, ayniqsa, АQSh yadro raketalarini uchirishni boshqarish bilan bog‘liq tizimlar ilmiy-texnik xodimlar orasida katta shov-shuv keltirib chiqardi. G‘arbiy Evropa mamlakatlarining biridan Iroq sotib olgan PVO tizimlarida shunday ataluvchi «mantiqiy bomba» kiritib qo‘yilgan edi, buning natijasida 1991 yili Fors ko‘rfazi hududidagi urush paytida bu tizimlar ishga tushirila olinmadi. Yuqorida aytib o‘tilgan faktlarda qanday umumiylik bor? Bunga javob darhol topiladi: tasodifan, yoki bilib turib atayin kiritish uchun buzilgan ma’lumotdir. Tasodifiy xatolar operator xatosi, dasturchi yanglishishi, ishdan chiqishi, tabiiy ofatlar natijasida bo‘lishi mumkin. Bilib turib atayin buzilishlar bu aynan ana shu axborot quroli deb atalishi mumkin bo‘lgan holatdir. Аxborot quroli bu radioelektron klassli qurol, dushmanning axborot imkoniyatlarini yo‘q qilish uchun yaratilgan dasturli-axborot vositalar kompleksidan iboratdir. Bu aniqlik kirituvchi tushuncha jahonda qadimiy tarixga ega bo‘lgan «dezinformatsiya» nomi bilan hammaga ma’lum bo‘lgan «oddiy» tashviqot- 7 psixologik axborot quroli ham mavjudligi sababli muhimdir. Harbiy-tarixiy adabiyotlarda urush davrida va tinchlik davrida ham muvaffaqiyatli amalga oshirilgan dezinformatsiyalar ko‘plab ma’lum misollari ko‘rsatilgan. «Deza» hozir ham maxsus xizmatlar qurollari bo‘lib saqlanib kelinmoqda. Lekin 60-70 yillar davrida «oddiy» axborot quroliga «sun’iy intellekt» kirib keladi, axborot tizimlarni kompyuterni va mikrokompyuterni jihozlash sodir bo‘ladi. Natijada, axborot quroli faqatgina uni qo‘llash doirasini cheksiz kengaytirishga imkon beruvchi emas, balki G‘arbda aytishlaricha, u ommaviy hujum vositalarining ham o‘rnini bosa oladigan xususiyatga ega bo‘ladi. Endi rossiyalik ekspertlar bergan axborot quroli aniq tushunchasini keltiramiz. Аxborot quroli bu «axborot massivlarini yo‘q qilish, buzish yoki o‘g‘irlash vositasi, himoya tizimini buzib kirgandan keyin ulardan kerakli ma’lumotlarni bilib olish, ularga qonuniy foydalanuvchilarining kirishini ta’qiqlash yoki cheklash, texnik vositalarining ishlarini buzish, telekommunikatsion tarmoqlarni ishdan chiqarish, kompyuter tizimlarini, jamiyat hayotini yuqori texnologik ta’minlashni va davlat faoliyatining barcha bo‘g‘inlarini yo‘ldan chiqarishdir». Аxborotlashtirish yagona jahon axborot muhitini yaratishga olib keladi, uning doirasida ma’lumotlardan foydalanish, yaratish, o‘zgartirish, saqlash va eng asosiysi bu muhit sub’ektlari o‘rtasida odamlar, tashkilotlar, davlatlar o‘rtasida ma’lumotlar almashish amalga oshiriladi. Аxborot muhitning paydo bo‘lishi, aziz joylar bo‘sh bo‘lmasligi sababli bu muhitni nafaqat taqsimlab olishni, balki unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishni istaganlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Buning uchun axborot urushlar deb ataluvchi vositalardan foydalaniladi. Аxborot urushi dushmanning ma’lumotlariga va axborot tizimlariga ta’sir ko‘rsatish va bir vaqtning o‘zida o‘z ma’lumotlarini, axborot tizimlarini mustahkamlash yo‘li bilan milliy harbiy strategiyasini ta’minlashda axborot ustunlikka erishishga qaratilgan harakatlardan tashkil topadi. Rossiya strategik tadqiqotlar instituti analitiklari ishlarida axborot quroli harbiy va fuqarolar kibernetik tizimlariga ta’sir ko‘rsatish |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling