Mavzu: Axborot urushi atamasi
Download 182.57 Kb. Pdf ko'rish
|
axboriy qarama-qarshiligi
20 axborot siyosati o‘z axborot texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilgan, o‘z bozorini INFOR yashirin elementlari kirib kelishidan saqlaydigan protektsioniyatik bo‘lishi kerak. Kodeksni buzish og‘ir jinoyat hisoblanishi kerak. Kodeks axborot vositalarni ommaviy import qilish va ulardan faqatgina xususiy sektorda emas, balki davlat tashkilotlarida ham keng foydalanilishi sababli muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga import axborot tizimlaridan foydalanuvchilar ularning buzilmay ishlashlari va ishonchliligiga asosiy e’tiborni qaratishlarini hisobga olish kerak, bu tizimlarda yana nimalar borligi ularni hech qiziqtirmaydi. Mana shuning uchun axborot tizimlarni xarid qilayotganda texnik nazorat zarur, maxsus metodika boyicha nazorat kerak bo‘ladi, uni ishlab chiqishni maxsus ilmiy tekshirish institutlariga topshirilishi kerak. OAV axborot-psixologik urushni olib borish vositasi sifatida. Afsuski, ayrim OAV bugungi kunda shunday vositaga aylanganlar. Ushbu urushda OAVning o`rni va rolini aniqlash uchun eng avvalo axboriy-psixologik urushni ma`nosini anglab olishimiz zarur. «Axborot urushi» so`zlarining asoschisi fizik-olim Tomas Ron hisoblanadi, 1976 yilda u axborotni xarbiy kuchlarning eng zaif bo`g`ini deb ta`riflab, ushbu masalaga barcha davlat miqyosidagi mas`ul kishilarni e`tiborini qaratdi. Shundan beri mazkur so`zlarning ahamiyati kundan kunga kuchayib kelmoqda. Bevosita axborot urushi ta`rifiga kelganda biz bir kitobdan iqtibos keltirmoqchimiz: «Axborot urushi deb, ijtimoiy, siyosiy, etnik va boshqa tizimlarning moddiy yutuqqa ega bo`lish maqsadida bir biriga ochiq va yashirin maqsadli axboriy ta`sirlarga aytiladi. Shu bilan bir qatorda axborot urushini deb yanada raqib ustidan axboriy hukmronlikka erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshkacha zarar etkazish uchun davlatning xarbiy kuchlari, xukumati hamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tabdirlar va operatsiyalar majmuasiga aytiladi» (Manoylo A.V., Petrenko A.I., Frolov D.B. Gosudarstvennaya informatsionnaya politika v usloviyax informatsionno-psixologicheskoy voyno`. 2-nashr. M.: Goryachaya liniya Telekom. 2006, 203 b.). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling