Mavzu: Axborot urushi atamasi
Download 182.57 Kb. Pdf ko'rish
|
axboriy qarama-qarshiligi
24 ekan». Siyosiy jihatdan ushbu qarama-qarshilik AqSh va boshqa g`arbiy davlatlar tomonidan boshqa xalqlarni demokratiya va inson huquqlariga tegishli g`arbona g`oyalarni qabul qilishga majburlash samarasiz ekanligini ko`rsatmoqda. Zamonaviy demokratik tuzum G`arbda paydo bo`ldi. Nog`arbiy davlatlar tomonidan esa bunday tuzum g`arbona kolonializm yoki majburlash xosili deb qabul qilinadi» («Ekonomicheskoe obozrenie», 1998, yanvar’, 74 b.). Xerri Triandis obzoridagi g`oyalar «N’yu-York Tayms» gazetasida 1990 yil 25 dekabr’ kuni 41 betda ham chop etildi. Zamonaviy ilmda bunday harakatlar «demokratik fundamentalizm» deb nom oldi. Yangilik, uning ko`rinishi va shakllari. CHegaralanmagan jurnalistika; yangiliklarni tiklash yo`llari, faktlarni tartiblash va tahlil etish, yangiliklar blokining tartibi. Yangiliklarning ko`rinishlari har xil bo`ladi: voqea, xodisa, raqam, familiya, lavozimlar, joylar nomlari aks ettirilgan xabar, lavha, reportaj, ma`lumotnomalar va x.k. Bugungi kunga kelib yangiliklarni etkazish usullari g`oyaviy kurashning katta bir yo`nalishiga aylanib qoldi. Ushbu sohada esa nafaqat jurnalistlar, ular bilan bir qatorda siyosatshunoslar, polittexnologlar, iqtisodchilar, psixologlar, qisqasi, ommaviy axborotni ommaga etkazadigan barcha mutaxassislar ustasi farang bo`lib ketganlar. Ularning mahorati shu qadar rivojlanib ketdiki, yangilikdan, uning mazmunidan qat`iy nazar, qanday xulosa chiqarish kerak bo`lsa, shunday tarzda u auditoriyaga etkaziladi. Faktlarni esa kerakli tartibda tizimlashtirish qiyin emas, ularning ketma-ketligining o`zi auditoriyaga kerakli ma`lumotni beradi va axborot etkazuvchi uchun zarur bo`lgan dunyoqarashni shakllantiradi. Axborot urushini aniqlash. Axborot urushi tarkibi: psixologik, elektron va dezinformatsion; axborot hujumi va uning turlari (to`g`ridan-to`g`ri, aylanma), axborot tizimining ishdan chiqishi. Axborot urushi ta`rifini biz yuqorida keltirgan edik. Ushbu fikrni davom ettiramiz. Axborot urushining xususiyatlari quyidagilardan iborat. Birinchidan, axborot qurolini ishlab chiqish uncha ham qimmat emas va bu ishni turli sohalar mutaxassislari bajarishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling