Mavzu: Axborot urushi atamasi


Download 182.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana18.06.2023
Hajmi182.57 Kb.
#1579789
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
axboriy qarama-qarshiligi

 
25 
Ikkinchidan, chegaralarning nisbiyligi: davlatlar, qonuniy va noqonuniy harakatlar, 
harbiy va noharbiy janglar o`rtasida va x.k. Uchinchidan, hujumning oldini olish 
noilojligi. To`rtinchidan, zararni xisoblab chiqish murakkabligi. Beshinchidan, 
harbiy bloklar, birlashmalar tuzish qiyinligi va h.k. 
Axborot quroli, uning o`ziga xosligi, zamonaviy dunyoda uni qo`llash 
imkoniyati va ko`lami. Axborot qurolining keng va tor ma`nolari bor. Keng 
ma`noda axborot quroli deb raqibni kerakli yo`nalishda fikrlashga undaydigan
uning nuqtai nazarini o`zgartirishga qodir bo`lgan va kerakli axborot yordamida 
amalga oshiriladigan harakatlarga aytiladi. Tor ma`noda axborot quroli deb 
rakibning axborot zaxiralari ustidan nazoratni ta`minlaydigan va uning 
telekommunikatsiyalari tizimilariga zarar etkaza oladigan texnikaviy usullar va 
texnologiyalarga aytiladi. Demak, axborot quroli - bu raqibning axborot va 
boshqaruv tizimlariga ta`sir etuvchi maxsus moslama va vositalar. Tabiiyki
axborot texnologiyalari rivojlangan mamlakatlar tomonidan bunday quroldan 
foydalanish imkoniyatlari juda keng. 
Axboriy qarama-qarshilikning maqsadi, vosita va shakllari, uni nazorat etish, 
jamiyatning umumiy holatiga keltiradigan psixologik zararlari. Axboriy qarama-
qarshilikning maqsadi - dunyoviy (global) axborot maydonida milliy manfaatlar 
ximoyasini ta`minlash. Mazkur masqadga erishish esa turli mamlakatlar tomonidan 
turlicha amalga oshiriladi: texnologik kuchli davlatlar hukmronlik qilishga intiladi, 
rivojlanayotgan davlatlar esa o`zini himoyalashga harakat qiladi. Ikkala tomon 
ham o`ziga qulay keladigan usullardan foydalanadi.
Ammo shuni ham aytish kerakki, texnologik jihatdan kuchli davlatning 
axboriy xujumi boshqa mamlakatlar aholisiga katta psixologik zarar etkazadi. 
CHunki bunday urushni to`xtataydigan va agressor-davlatga nisbatan chora ko`rish 
uchun imkoniyat yaratadigan halqaro me`yoriy xujjat yo`q. Rivojlangan 
mamlakatlar ushbu vaziyatdan keng foydalanmoqdalar. 
Ommaviy kommunikatsiya - xorij OAVda axborot ekspansiyasidan 
himoyalanish, fikrlash va o`zini tutish vositasi sifatida. Xorijiy OAV 
ekspansiyasidan himoyalanish uchun eng qulay choralardan biri - mahalliy OAV. 



Download 182.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling