Mavzu: Axborot urushi atamasi
Download 182.57 Kb. Pdf ko'rish
|
axboriy qarama-qarshiligi
14 Qurolli kuchlarda tayyorgarlik nazariy, tashkiliy va moddiy-texnik chora- tadbirlardan tashkil topgan. Аrmiyada, flotda va harbiy havo kuchlarida INFOV muammolari bilan shug‘ullanuvchi ofitserlar lavozimi kiritildi (Infowar officers). 1995 yilda mudofaa Milliy universitetida INFOV muammolari bo‘yicha mutaxassislarning birinchi bitiruvchilari chiqishi bo‘ldi. Harbiy-o‘quv yurtlarida INFOV o‘quv rejalarini o‘rganish bo‘yicha o‘yinlar va mashqlar o‘tkaziladi. 1996 yil oxirida Pentagonda 1994-1995 yillarda o‘tkazilgan INFOV olib borish bo‘yicha o‘ndan ortiq maxfiy shtab o‘yinlarining natijalari umumlashtirildi. Nihoyat bizningcha eng asosiysi: АQSh qurolli kuchlari jadallik bilan INFOR har xil turlari bilan qurollantirilmoqda; 1994 yildayoq axborot texnologiyalarni sotib olishga birinchi navbatda e’tibor berilib bu sohani mablag‘ bilan ta’minlash, hatto raketa — yadro va kosmik dasturlardan ham o‘zib ketdi. Maxsus xizmatlarda INFOVga «o‘zlaricha» tayyorgarlik olib bormoqdalar. Masalan, Milliy xavfsizlik Аgentligi to‘satdan kompyuterlarni «zararlantirish» metodikasini hamda kompyuter viruslari va mantiqiy bombalar uchun «kiritish» turli sxemalarini ishlab chiqmoqda. SRUda tayyorgarlik ikki yo‘nalish bo‘yicha olib borilmoqda. • dushman VPK axborot tizimlariga kerak paytda osongina ishga tushiriladigan mantiqiy bombalar va viruslarni kiritish usullari ishlab chiqilmoqda. • mudofaa korxonalarida ishlovchi dasturchilarni ular xizmat ko‘rsatadigan axborot tizimlariga viruslar va mantiqiy bombalar kiritish, ularni jalb etish maqsadida ta’sir ko‘rsatish usullarini ishlab chiqish. Milliy miqyosda INFOVga tayyorlanish barcha elektron OАV, bank tizimlari, aloqa tizimi, transport, energetika, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini o‘z ichiga olgan «milliy axborot infrastrukturasini» takomillashtirishdan iborat. Bundan tashqari bu infrastruktura amalda muntazam o‘sib borayotgan «Internet» tarmog‘i bilan ham to‘ldiriladi, uning mijozlari o‘nlab millionlardan iborat bo‘lib butun dunyo bo‘ylab tarqalganlar. Shunday qilib, kelajakda bo‘ladigan INFOV kibernetik muhiti endi davlat chegaralari bilan cheklana olmaydi. «Internet» АQShning INFOR infrastrukturasida o‘ziga xos rol o‘ynaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling