Mavzu: Axborot urushi atamasi
Download 182.57 Kb. Pdf ko'rish
|
axboriy qarama-qarshiligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 3 IRISH.
1 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAMANGAN XALQARO UNIVERSITETI PP-04-22 GURUH TALABASI MAHMUDOVA MUHAYYONING OCHIQ AHBOROT TIZIMI XAVFSIZLIGINING PSIXOLOGIK ASOSLARI FANIDAN NAMANGAN-2023y 2 Mavzu: Axboriy qarama- qarshilik shakl va ko'rinishlari. REJA: I. KIRISH. II. ASOSIY QISM. 1. Dunyoda axborot o`lchovlarining o`rganilishi. 2. OAV axborot-psixologik urushni olib borish vositasi sifatida. 3. Psixologik ta`sir texnologiyasi. Yuqori texnologiya va ommaviy kommunikatsiya. III. XULOSA IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 3 IRISH. Ba`zi bir davlatlarning axborot bozoridagi hukmronligining oshish tendentsiyasi, xalqlar, davlatlar va madaniyatlar xususida ularning shaxsiy qarashlarini shakllantirishga intilishi. Ma`lumki, bugungi kunda axborot oqimlari haddan tashqari jadal va keng ko`lamli bo`lgan. Bitta misol: ohirgi ellik yil ichida jamiyatda aylanadigan axborot hajmi million marta ko`paydi va kundan kunga yanada oshib bormoqda. Bu shunday bir katta raqamki, uni to`la darajada anglab olish ham qiyin. Shuni aytish zarurki, bunday imkoniyatlar hamma davlatlarga ham xos emas. Demak, texnikaviy jihatdan qudratli bo`lgan davlatlar kuchli axborot texnologiyalariga ega. Shuning evaziga ular o`zlari ishlab chiqqan axborotni tarqatish yo`li bilan boshqa mamlakatlar ustidan oldin g`oyaviy, keyin esa siyosiy, iqtisodiy va madaniy hukmronlik qilishga harakat qilmoqda. Bunday davlatlar sirasiga eng avvalo rivojlangan mamlakatlar kiradi. Mazkur mamlakatlarning axborot manbalari sifatida birinchi o`rinda davlat axborot markazlari va milliy OAV xizmat qiladi. Axboriy hukmronlikning maqsadi bitta - axborot tarqatadigan mamlakatning mafkurasini boshqa davlatlar va xalqlar o`rtasida keng tarqatish va targ`ib qilish. Lekin bunday vazifa borligi haqida ular ochiq oydin aytmaydi, aksincha, uni har xil yo`llar bilan yashiradi. Masalan, inson huquqlari yoki demokratik andozalar niqobi ostida va hokazo. «Birinchi darajali» va «rivojlanmagan» davlatlar haqidagi afsonaning yaratilish ehtimolini mavjudligi. «Birinchi darajali» va «rivojlanmagan» davlat haqidagi afsonalar aslida bir necha asrlik tarixga ega. Ammo sayyoramiz mamlakatlarini bunday toifalarga bo`lish uchun asos yo`q. Iqtisodiy, ilmiy va texnikaviy jihatlardan rivojlangan mamlakatlar aholisi yaxshi yashaydi degan gapning o`zi uncha ham to`g`ri emas. «Yaxshi yashash» nima degani? Moddiy boylik etarligimi? Unda nega aholisi eng uzoq umr ko`radigan Yaponiya bir necha o`n yilliklar davomida dunyo mamlakatlari ichida o`z joniga qasd qiluvchi fuqarolar soni jihatidan dunyoda birinchi o`rinda turadi? Nega Samarqand va Download 182.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling