Mavzu: Axborot va qaror qabul qilish tizimlari Reja


Mavzu: Tizimli tahlil . Amalga oshirish tizimlari


Download 61.92 Kb.
bet8/12
Sana18.12.2022
Hajmi61.92 Kb.
#1028476
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Axborot tizimlari mustaqil ish

Mavzu: Tizimli tahlil . Amalga oshirish tizimlari .
Reja:
1. Tizim . Tizimli tahlil
2. Amalga oshirish tizimlari
Tizim - muayyan munosabatlar bilan bogʻlangan va tizimning ancha murakkab funksiyalarni bajarishini ta‘minlaydigan tarzda oʻzaro aloqada boʻlgan obyektlarning (elementlarning) ajralmas toʻplamidir (aniq maqsadga erishish uchun). Tizim elementi - qismlarga ajratib boʻlmaydigan tizim obyektidir. Har qanday tizimning muhim tarkibiy qismlari uning tarkibiy elementlari va ular orasidagi bogʻlanishlardir. Tizimni elementlarga (kichik tizimlarga) ajratish jarayoni va element tushunchalarining oʻzi shartli va nisbiydir, chunki tizimning har qanday elementi oʻz navbatida boshqa toʻplamning elementi sifatida qaralishi mumkin. Masalan, elektron ham atom kabi tuganmasdir.
Tizimli tahlil – har xil tabiatga va tavsifga ega boʻlgan hodisalar va jarayonlarni, fanlararo muammolarni oʻrganish va bayon etish uchun kerak boʻladigan tushunchalar, jarayonlar va texnologiyalar toʻplamidir. Bu toʻplam shunday tizimlarni tadqiq qilishning usullari, metodlari, umumiy qonunlarini oʻz ichiga oladi. Bu, nazariya va amaliyotning murakkab, koʻpincha toʻlaaniq boʻlmagan, muammolarini oʻrganish metodologiyasidir. Fanning predmet sohasiga tizimli jarayonlarning predmetli aspektlarini va predmetli jarayonlar va hodisalarning tizimli jihatlarini oʻrganuvchi fan boʻlimi kiradi. Bu ta‘rifni predmet sohasining tizimli ta‘rifi deb hisoblash mumkin. Fikrlashning alohida turi, jarayon, hodisaning mohiyatini bilish bilan birga, balki ularni boshqara olishni ham xohlovchi tahlilchiga xos tizimli fikrlashdir. Ba‘zida uni analitik fikrlashga tenglashtiradilar, ammo bu tenglashtirish toʻliq ma‘noda emas. Tafakkur analitik boʻlishi mumkin, tizimli yondoshish esa, tizimlar nazariyasiga asoslangan metodologiyadir. Tizimli tahlilda predmetli (predmetga yoʻnaltirilgan) fikrlash – bu xususiy va umumiy voqyealar va hodisalar qatorida, bir maqsadga yoʻnaltirilgan holda (odatda, oʻrganish maqsadida) sabab-oqibat aloqalarini va qonuniyatlarini topish, aniqlash va faollashtirishga yordam beruvchi metod (prinsip)dir. Koʻp hollarda bu tizimlarni tadqiq qilishning metodikasi va texnologiyasidir.
Ilmiy bilim sifatida tizimli tahlilning zaruriy atributlari (tashkil etuvchilari) deb quyidagilarni hisolash mumkin:
- predmet sohasining mavjudligi – tizimlar va tizim protseduralari;
- tizimning umumiy xossalari va atributlarini aniqlash, tizimga solish, bayon etish;
- bu tizimlarda qonuniyatlar va invariantlarni aniqlash va bayon etish;
- tizimlarni, ularning tabiatini va atrof-muhit bilan aloqasini oʻrganish uchun qonuniyatlarni faollashtirish;
- tizimlar haqidagi bilimlarni jamlash, saqlash va faollashtirish (kommunikativ funksiya).
Amalga oshirish usuli

  • Indeksga asoslangan qidiruv tizimi — hozirda eng muhim tizim.Bu tizim tegishli maʼlumotlarni topib, indeks yaratadi. Indeks shunday bir strukturaki, bunda saqlangan maʼlumotlar keyingi qidiruv vaqtida ham qoʻllaniladi. Lekin bu tizimda indeksni yangilab turish va saqlash muammoli boʻlsa ham, qidiruv jarayoni tez ekanligi bu tizimning ustunligidir. Bu strukturani koʻpincha invers indeks deb ham atashadi.

  • Meta qidiruv tizimi — qidiruv soʻrovnomasini bir vaqtning oʻzida bir necha indeksga asoslangan qidiruv tizimlariga joʻnatadi va natijani turli kombinasiyada koʻrsatadi.Ustunlik tomoni — koʻp miqdorda maʼlumotlar topishi va implementasiya jarayoni osonroqligidir.Ushbu qidiruv tizimi kam uchraydigan maʼlumotlarni qidirshda yaxshi hisoblanadi.

  • Gibrid formadagi qidiruv tizimi — odatda nisbatan kichik indeksga ega, lekin boshqa qidiruv tizimlariga ham soʻrovnoma joʻnatib, natijani kombinasiyalangan tarzda koʻrsatishi mumkin.Kam uchraydigan maʼlumotlarni qidirishda yaxshi emas.

  • Guruhlashtirilgan qidiruv tizimi — nisbatan yangi, bunda qidiruv soʻrovnomasi oʻz qidiruv tizimiga ega bir necha kompyuterlagra joʻnatiladi va natija umumlashtiriladi. Markazlashtirilmagani uchun uzilib qolish xavfi yoʻq, ishonchli, lekin markaziy tsenzura (cheklashlar) qoýishning iloji yoʻq.



Download 61.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling