Amaliy mashg’ulot №2.
Mavzu. Axborot
xavfsizligiga tahdidlar
Reja:
1. Foydalanuvchilar ro’yxati haqida tushuncha
2. Oddiy foydalanuvchilar
guruhini yaratish
3. Admin foydalanuvchisini yaratish va uni himoyasini ta’minlash
4. Roditelskiy control xizmatidan foydalanish
1. Foydalanuvchilar ro’yxati haqida tushuncha. Hozirgi kunga kelib
kompyuter kirib kelmagan
tashkilot, korxona, o’quv dargohi qolmadi. Hattoki, xonadonlarda ham kompyuter oddiy uy jihoziga
aylanmoqda. Bu esa kompyuter xizmatidan foydalanuvchilar sonini keskin oshishiga olib keldi. Kompyuter
xizmatidan oqilona foydalanish korxonalarda ishlab chiqarish
samaradorligini oshishiga, o’quv dargohlari
ta’lim jarayonida foydalanish ta’lim sifatini ijobiy tomonga o’zgarishiga sabab bo’lmoqda.
Korxonada
har bir xodim, ta’lim dargohida har bir talaba, xonadonda har bir oila a’zosi
uchun
alohida kompyuter bo’lishi shart emas. Shuning uchun kompyuter imkoniyatidan unumli foydalanish uchun
har bir kompyuterda foydalanuvchilar guruhi tashkil etiladi. Bir foydalanuvchiga kompyuterni to’liq
imkoniyatidan foydalanish vakolati berilsa, boshqa foydalanuvchilar vakolati chegaralangan bo’lib, ular
faqat kompyuterda o’rnatilgan dasturlardan foydalanish huquqiga ega bo’ladi.
Foydalanuvchilar guruhi ikki xil bo’ladi:
administrator va oddiy foydalanuvchilar.
Administrator
turidagi foydalanuvchi kompyuterning to’liq imkoniyatidan foydalanish vakolatiga ega bo’ladi:
Yangi dasturlarni o’rnatish;
Keraksiz dasturlarni o’chirish;
Qo’shimcha qurilmalarni sozlash;
Servis xizmatlarini ko’rsatish;
Foydalanuvchilar ro’yxatini shakllantirish va ularni
boshqarish;
Tarmoqqa ulanish va sozlash.
Oddiy foydalanuvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega:
O’rnatilgan dasturlar va qo’shimcha qurilmalardan foydalanish;
Fayl va papkalar ustida amallar bajarish.
Operatsion sistema o’rnatish
jarayonida Administrator turidagi foydalanuvchi yaratiladi. Uni
Administrator, Admin, Acer2021 deb nom qo’yish mumkin.