Mavzu: Axborotli texnologiya tizim sifatida


Download 1.28 Mb.
Sana01.03.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1238812
Bog'liq
Mavzu

Mavzu: Axborotli texnologiya - tizim sifatida.

Toshkent Farmasevtika instituti


Bajardi: Mirvaliyeva Z.A.
22F-4 talabasi
Tekshirdi: Maxmudova N.R.
Tekshirdi:

Tizim haqida tushuncha va uning turlari.


Hozirgi davrda fan va texnikada ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalardan biri - tizimdir. Tizim - yunoncha so‘z bo‘lib, tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma’noni anglatadi. Tizimlarni ularning turli belgilariga qarab turkumlash mumkin. Umuman olganda, tizimlar moddiy yoki mavhum bo‘lishi mumkin (mavhum - inson ongi ma’suli).
Moddiy tizimlar, asosan moddiy ob’ektlar to‘plamidan tashkil topadi. O‘z navbatida moddiy tizim anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) tizimga yoki aralash tizimga ajratiladi. Moddiy tizimlarda asosiy o‘rinni ijtimoiy tizim egallaydi. Bunday tizimning xususiyatlaridan biri insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirishdir. Mavhum tizimlar inson ongining mahsuli bo‘lib, har xil nazariyalar, bilimlar, gipotezalardan iborat. Yangi axborot texnologiyasi ham moddiy tizim unsurlarini (kompyuterlar, xujjatlar, insonlar), ham no moddiy tizim unsurlarini (matematik modellar, inson bilimlari va hokazo) o‘z ichiga oladi. Shu orada axborot texnologiyasiga ta’rif berib o‘tish maqsadga muvofiqdir
  • Axborot texnologiyasining maqsadi axborotlarni inson ularni tahlil qilishi va shu asosda biror ishni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishi uchun ishlab chiqishdan iborat.
  • Shunday qilib, tizim - bu o‘zaro bog‘liq va yagona maqsadga erishish uchun ma’lum qoida asosida o‘zaro munosabatda bo‘ladigan unsurlar to‘plami. Bu unsurlar to‘plami oddiy unsurlar yig‘indisidangina iborat bo‘lmay, har bir unsur ham o‘z navbatida tizim bo‘lishi mumkin.
  • Tizimlar tuzilishi bo‘yicha oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin.
  • Oddiy tizimlarni tashkil etuvchi unsurlar soni kam bo‘lib, sodda tuzilishga ega bo‘ladi.
  • Murakkab tizimlar esa, bir nechta unsurlardan tashkil topgan bo‘lib bu unsurlar ham o‘z navbatida alohida tizimlarga bo‘linishi mumkin.
  • Vaqt davomida o‘zgarishga qarab tizimlar statistik va dinamik turlarga ajratiladi. Statistik tizimda vaqt davomida o‘zgarish bo‘lmaydi. Dinamik tizimda esa, vaqt o‘tishi bilan xolat o‘zgarib boradi.
  • Tashqi muhit bilan bo‘ladigan aloqasiga qarab ochiq yoki yopiq tizimlar bo‘lishi mumkin. Ochiq tizimlar tashki muhit bilan aktiv aloqada bo‘ladi. Yopiq tizimlarning unsurlari esa tashqi muhitdan ta’sirlanmaydi.

Axborotli texnologiyaning yaratish tamoyillari.

  • Axborotli texnologiya tizim sifatida boshqarish sub’ektida shakllanadi, Shu sababli ham axborot texnologiyasi boshqarish sub’ektining ustqurmasi hisoblanadi. Axborotli texnologiyaning shakllanishi uchun quyidagi unsurlarning bo‘lishi shart:
  • mutaxassislar;
  • texnik vositalar;
  • axborotlar.
  • Shuning uchun ham axborotli texnologiya boshqarish funksiyalarini ifodalovchi axborotlarni yig‘ish, jamlash, uzatish, saqlash va boshqa jarayonlarni amalga oshiruvchi «inson mashina tizimi» deb yuritiladi. Bu tizimni yaratish uchun bir qator tamoyillar ishlab chiqilgan - axborotli texnologiyani yaratish tamoyillarini umumiy holda to‘rt qismga ajratish mumkin:

Axborotli texnologiyaning rivojlanish bosqichlari.

  • Axborot tizimlari 4 bosqichda rivojlangan va ular quyidagicha:
  • Birinchi axborot tizimlari 50-yillarda paydo bo‘lgan. Bu paytlarda ular oylik ish haki va boshqa hisob-kitoblar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, elektromexanik, buxgalteri hisob-kitob mashinalarida realizatsiya qilingan. Bu narsa hujjat tayyorlash harajatlari va vaqtini bir muncha tejashga imkon bergan.
  • 60-yillarda axborot tizimlariga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ulardan olinadigan axborot har xil sohalar bo‘yicha davriy hisobotlar uchun ishlatila boshlandi. Buning uchun tashkilotlarga keng ma’nodagi kompyuter jihozlari kerak bo‘lib, ular faqatgina hisob-kitoblar ishlab chiqish va oylik ish haki hisoblanishi emas, balki boshqa ko‘pgina funksiyalarni bajara olishi kerak edi.
  • 70-yillar va 80-yillarning boshlarida axborot tizimlar qarorlar qabul qilish jarayonini tezlatuvchi va qo‘llab quvvatlovchi boshqaruv nazorati vositasi sifatida qo‘llanila boshlandi.
  • 80-yillarning oxirlariga kelib, axborot tizimlaridan foydalanish konsepsiyasi o‘zgardi. Ular axborotning strategik manbasiga aylanib, har qanday sohadagi tashkilotlarda qo‘llanila boshlandi. Bu davrdagi axborot tizimlari o‘z vaqtida kerakli axborotni taqdim etish orqali tashkilotga uning faoliyatida muvaffaqiyatga erishishga, yangi savdo bozorlarini topishda, o‘zini kerakli hamkorlar bilan ta’minlashga, arzon narxda mahsulot chiqarishni tashkil etishda va h.k.larda yordam beradi.

Bo‘linish belgisi - kompyuter texnologiyasi keltirgan afzalliklar.

  • Bo‘linish belgisi - kompyuter texnologiyasi keltirgan afzalliklar.
  • 1-davr (60-yillar boshidan). Hisoblash markazlari resurslaridan markazlashgan jamoa foydalanuviga asoslangan operatsiyalarni amalga oshirishda axborotlarni unumli qayta ishlash bilan xarakterlanadi.
  • Bu davrdagi asosiy muammo psixologik foydalanuvchilarning o‘zaro
  • yomon faoliyati, bu muammo fikr va mulohazalarning xilma-xilligi tufayli kelib chiqadi. Bu muammo tufayli foydalanuvchilar yaratilgan tizimlarning yetarlicha katta imkoniyatlariga karamasdan ularni to‘liq holda ishlatmadilar.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling