Mavzu: Axborotni himoyalashning biometrik himoya qilish
Download 226.57 Kb.
|
aaaaaaaaaaaaa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tashkilotlarning xodimlari yuz tuzilishini skanerlovchi qurilmalarga ishonmaydilar. Ularning fikricha, kamera ularni rasmga oladi, so‘ngra suratni monitor ekraniga chiqaradi. Kameraning sifati esa past bo‘lishi mumkin. Undan tashqari yuz tuzilishini skanerlash - biometrik autentifikatsiyalash usullari ichida yagona, tekshirishga ruxsatni talab qilmaydigan (yashiringan kamera yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul hisoblanali.Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari. Bu tizimlar arzonligi tufayli foydalanuvchan hisoblanadilar. Ulami ko‘pgina shaxsiy kompyuterlar standart komplektidagi uskuna (masalan mikrofonlar) bilan birga o ‘rnatish mumkin. Ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari har bir odamga noyob bo‘lgan balandligi, modulyatsiyasi va tovush chastotasi kabi ovoz xususiyatlariga asoslanadi. Ovozni aniqlash nutqni aniqlashdan farqlanadi. Chunki nutqni aniqlovchi texnologiya abonent so‘zini izohlasa, ovozni aniqlash texnologiyasi so‘zlovchining shaxsini tasdiqlaydi. So‘zlovchi shaxsini tasdiqlash ba'zi chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o'xshash ovozlar bilan gapirishi mumkin, har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida kayfiyati, hissiyotlik holati v a yoshiga bog‘liq holda o ‘zgarishi mumkin. Uning ustiga telefon apparatlarning turli-tumanligi va telefon orqali b o g ‘lanishlarning sifati so ‘zlovchi shaxsini aniqlashni qiyinlashtiradi. Shu sababli, ovoz bo‘yicha aniqlashni, yuz tuzilishini yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa usullar bilan birgalikda amalga oshirish maqsadga m uvofiq hisoblanadi.Ko‘z yoyi to‘r pardasining shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimi. Bu tizimlarni ikkita sinfga ajratish mumkin: - ko‘z yoyi rasmidan foydalanish; - ko‘z to‘r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish. Odam ko‘z pardasi autentifikatsiya uchun noyob obyekt hisoblanadi. Ko‘z tubi qon tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu vositalaridan xavfsizlikning yuqori darajasi talab etilganida (masalan, harbiy va mudofaa obyektlarining rejimli zonalarida) foydalaniladi.Download 226.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling