Mavzu: Axborotni izlash va uni taxlil kilish. Reja


Download 127.08 Kb.
bet4/9
Sana02.01.2022
Hajmi127.08 Kb.
#201518
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-amaliy mashgulot. Axborotni izlash va uni taxlil kilish. (1) (3)

Milliy axborot qidiruv tizimi. WWW.UZ loyihasi to'g'risida WWW.UZ milliy axborot-qidiruv tizimi — bu Internet tarmog'i milliy segmentining axborotidan tez foydalana olish mexanizmi. WWW.UZ tizimining asosiy xususiyatlari axborotning ko'p tilli (o'zbek, rus) qidiruvi va boshqa milliy axborot tizimlari hamda ma'lumotlar bazalari bilan uzviy integratsiya hisoblanadi.


WWW.UZ axborot-qidiruv tizimi quyidagilar orqali veb-sayt qidiruvini amalga oshiradi:

•      Manzil bo'yicha

Mazmuni bo'yicha WWW.UZ servislariga quyidagi bo'limlar kiradi:

•      Katalog

•      Top-reyting

•      Jamlama statistika

•      Yangiliklar

WWW.UZ ning «Katalog» bo'limi — bu Internet tarmog'ida ochiq foydalanish mumkin bo'lgan mavzu kataloglari bo'yicha ro'yxatga olingan va tartibga solingan, O'zbekiston Respublikasi saytlarining tavsiflari.  

Katalog qidiruv ruknini taklif qilib, resurs qidiruvini engillashtiradi (Fan, Madaniyat, Sport, Jamiyat, Biznes, Yangiliklar, h.). Katalog qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari va WWW.UZ moderatorlari tufayli har kuni yangi resurslar bilan to'ldiriladi. ID.UZ tizimida ro'yxatga olingan har bir foydalanuvchi yangi saytning manzilini katalogga qo'shish mumkin.  Katalog qidiruv tizimining faol foydalanuvchilari va WWW.UZ moderatorlari tufayli har kuni yangi resurslar bilan to'ldiriladi. ID.UZ tizimida ro'yxatga olingan har bir foydalanuvchi yangi saytning manzilini katalogga qo'shish mumkin.  

WWW.UZ ni kengaytirish va modernizatsiya qilish bo'yicha ishlarni UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi amalga oshiradi.   WWW.UZ ni kengaytirish va modernizatsiya qilish bo'yicha ishlarni UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy qilish markazi amalga oshiradi.

Mavzular bo'yicha ruknlarga qo'shimcha ravishda foydalanuvchiga ulardagi axborotning tipi bo'yicha saytlarning tasnifi taklif qilinadi (Konferentsiyalar va seminarlar Kutubxona, Muzeylar, Hodisalar, Forumlar va chatlar, Tashkilotlar va h.).  

WWW.UZ bu ko'rib chiqish uchun ochiq va hamma foydalana oladigan top-reyting va saytlarning jamlama statistikasi. WWW.UZ tizimi O'zbekiston saytlarining ochiq statistikasini yuritadi. Bu bilan resursning ommaviyligi belgilanid va baholanadi. Reytingda ishtirok etuvchi barcha saytlarda WWW.UZ tizimining hisoblagichlari o'rnatilgan.

WWW.UZ dan har bir foydalanuvchi resurslarning reytingi va statistikasi bilan tanishishi mumkin.

Uznetda uMail.uz — yangi bepul elektron pochta xizmati. Uzinfocom Kompyuter vа аxborot texnologiyalаrini rivojlаntirish hаmdа joriy etish Mаrkаzi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu xizmat O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari orasida ommaboplikka erishishi kutilmoqda.



83-rasm.Umail.uz pochta xizmati

uMail.uz xizmati foydalanuvchilari uchun 200 MB xajmga ega pochta qutisi taklif etilmoqda. Pochta spam va viruslardan himoyalangan. Bitta xatning maksimal xajmi 10 MB ni tashkil etadi.

Pochta qutisiga ega bo‘lish uchun ID.UZ tizimidan ro‘yxatdan o‘tish kerak. Bir yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanilmagan pochta o‘chirib yuboriladi.

uMail.uz hozricha beta-sinov tizimida ishlamoqda. Pochtaning mobil ko‘rinishi ham mavjud. Xizmatning yana bir qulayligi uning Tas-IX’da joylashganligidir. Shu sababli internetga ADSL texnologiyasi yordamida kiruvchi foydalanuvchilarning traffigi sarflanmaydi.

Pochta ishga tushgan kuni unda 1000 dan ortiq pochta qutilari ochilgan bo‘lib, ayni paytda bu raqam 1500 dan oshib ketdi. Xizmat hozirda rus tilida bo‘lib, uni o‘zbek tiliga tarjima qilish ishlar olib borilyapti.

uMail.uz pochta xizmati O‘zbekiston davlat tizimi xodimlari uchun tavsiya qilinadi. Bundan tashqari biznesmenlar korporativ va oddiy foydalanuvchi sifatida ishlatishlari mumkin.

Ayni vaqtda O‘zbekistonda aksariyat davlat tashkilotlari xodimlari mavjud ish pochta qutilari borligiga qaramay, Mail.Ru kabi chet el bepul pochta xizmatidan foydalanishmoqda. Bunga sabab ularning qulayligidir. Bundan tashqari ularni istalgan joydan turib ishlatish mumkin.



O‘zbekistonda o‘tgan davr mobaynida ko‘plab bepul pochta xizmatlari paydo bo‘ldi va yopildi. Ayni damda ancha vaqtdan beri mavjud bo‘lgan va keng tarqalgan tizim sifatida TPS internet-provayderi tomonidan tashkil etilgan Inbox.uz pochta xizmatini aytish mumkin.


Download 127.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling