10. Men mavjud pochta qutimni o'chirib tashlab, so'ng boshqa pochta qutisi ocha olamanmi? Ha, bundan oldingi bandda aytib o'tilgan qadamlarni bajarganingizdan so'ng, siz yangi pochta qutisi ochishingiz mumkin. Lekin yangi pochta qutingizda eski xatlaringiz bo'lmasligini inobatga olishingiz kerak.
11. Xat jo'natish yoki qabul qilishda muammo tug'ilsa kimga murojaat qilishim kerak? Siz bizga support@umail.uz manziliga yoki "Qayta aloqa" sahifasidagi shakldan foydalangan holda sizda yuzaga kelayotgan muammo to'g'risida batafsil yozib yuborishingiz mumkin.
12. Men interfeysning rus va o'zbek tillaridagi ba'zi so'z birikmalarida xatoliklar borligini aniqladim. Bu haqida ma'muriyatga qanday ma'lum qilsam bo'ladi?
Agar siz interfeysdagi xatoliklarni topganingizda, umail@umail.uz manziliga yoki "Qayta aloqa" sahifasidagi shakldan foydalangan holda bizga ushbu xatolar to'g'risida yozib yuborsangiz biz judayam minnatdor bo'lamiz.
13. Agar men 10 Gb hajmning barchasini ishlatib bo'lgan bo'lsam nima qilishim kerak? Pochta qutingizning hajmini ko'paytirishning imkoni mavjud. Loyihaning yangiliklari va o'tkaziladigan promo-aktsiyalarini kuzatib boring. Shuningdek siz barcha eski/keraksiz xatlarni o'chirib tashlashingiz yoki o'chirilgan xatlar jildini tozalashingiz mumkin.
16. 100 Mbdan ortiq hajmga ega ilovalarni qanday qilib jo'natishim mumkin? 100 Mbdan ortiq hajmga ega fayllarni jo'natish uchun http://fff.uz fayllar ayrboshlash xizmati yoki http://UzDisk.uz fayllarni saqlash xizmatidan foydalanishni maslahat beramiz. Bu saytlar ham TAS-IX doirasida faoliyat yuritadi. Faylni fff.uz yoki UzDisk.uz ga yuklang va faylga berilgan havolani o'z xatingizda ko'rsating.
Nazorat savollari:
Qidiruv tizimlaridan foydalanish.
Global qidiruv tizimlaridan foydalanish?
www.uz milliy qidiruv tizimlaridan foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: |