Mavzu: Axloq va uning jamiyat hayotidagi o'rni Reja: Axloq tushunchasi


Download 203.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana10.11.2023
Hajmi203.92 Kb.
#1762151
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu4



Mavzu: Axloq va uning jamiyat hayotidagi o'rni
 
Reja: 
1. 
Axloq tushunchasi 
2.Nikoh eng qadimgi axloqiy munosabat shakli
3.Muomala madaniyati – axloqiy madaniyatning 
tarkibiy qismi. Sog‘lom turmush tarzining barkamol 
avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati
4. Zamonaviy axloqiy tarbiyaning yutuqlari va 
kamchiliklari. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar 
dunyoqarashiga ta’siri 
 
 
 
 
 
Axloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, jamiyatga boʻlgan 
munosabatlarida namoyon boʻladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorlari, 
odoblari majmui. Huquqdan farqli ravishda axloq talablarini bajarish-
bajarmaslik maʼnaviy taʼsir koʻrsatish shakllari (jamoatchilik tomonidan 
baho berish, qilingan ishni maʼqullash yoki qoralash) bilan belgilanadi. 
Axloqni 
etika
 fani oʻrganadi. 


Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim oʻrin tutadi. Sharqning buyuk 
mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish, uni har tomonlama 
rivojlantirish, maʼnaviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining 
muhim omillaridan biri, deb qarashgan. Inson axloqiy, umuman maʼnaviy 
va maʼrifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan – 
johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan 
insoniylikka oʻtarkan, jamiyat ham shu tariqa rivojlanadi. Ikki muqobil 
ibtido – yovuzlik va ezgulik, jaholat va kamolatning oʻzaro kurashi inson va 
jamiyat taraqqiyotini belgilagan, inson aql-zakovat sohibi sifatida oʻzini 
anglashiga olib kelgan. Bu ikki muqobil kuch kurashi jamiyatdagi mavjud 
ijtimoiy munosabatlarda ifodalansa, insonga nisbatan uning ichki olamiga 
xos nafs bilan qalb, aql bilan aqlsizlik oʻrtasidagi kurashda ifodalanadi. 
Axloq muayyan jamiyat va davrda oʻzgarishlarga uchrashi, rivojlanishi, 
soʻnishi mumkin. Har bir xalqning yoki millatning oʻziga xos axloqi bilan bir 
qatorda, umumbashariy axloq meʼyorlari ham bor. Bunday axloq meʼyorlari 
jamiyatning umumiy taraqqiyotiga samarali taʼsir koʻrsatadi. 
Mavzu: Etika. Axloq va uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni. Reja 
  
1. Axloqshunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan qadimiy fandir. 
U bizda «Ilmi ravish», “Ilmi axloq», “Axloq ilmi», “Odobnoma» singari 
nomlar bilan atab kelingan. Yevropoda esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz 
ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo’llar edik. Uni birinchi bo’lib yunon 
faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni 
uch guruhga bo’ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga u falsafa, 
matematika va fizikani; ikkinchi guruhga – etika va siyosatni; uchinchi 
guruhga esa – san’at, hunurmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday 
qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga 
ko’targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar. 
Hozirgi kunda bu fanni ilmiy va zamonaviy talablar nuqtai nazaridan 
«Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz.

Download 203.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling