Mavzu: Axloq va uning jamiyat hayotidagi o'rni Reja: Axloq tushunchasi


Download 203.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana10.11.2023
Hajmi203.92 Kb.
#1762151
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu4

Ommaviy madaniyat deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi 
gʻoya, nuqtai nazar, koʻrsatma, mem, imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar 
toʻplamiga aytiladi. XX asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga 
ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.Ommaviy 
madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun 
soddalashtirilgan va ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi. 
Natijada ommaviy madaniyat dinchi va kontrmadaniyatchilar tomonidan 
yuzaki, isteʼmolparast, sensualist va buzuq, deb tanqid qilinadi.
Ommaviy madaniyatning tanaga turli rasmlar chizdirish( tatu ), 
Helovvin bayramini nishonlash, tananing turli qismlarini teshdirib 
turli temirli buyumlarni taqish, Jamoat joylarida sodir bo'lgan 
ko'ngilsiz voqealarni foto va video lavhalarga olish(insonlarga 
yordam bermasdan) kabi turli ko'rinishlari mavjud.
Shu o‘rinda zarur bir izoh: «pop (ommaviy) madaniyat»ning 
namoyandalari va targ‘ibotchilari «pop-adabiyot»ni unchalik tan 
olishmaydi. Ularning fikricha «adabiyot - bu so‘z san'ati» degani. «Pop 
(ommaviy) madaniyat» esa san'atga, jumladan, «so‘z san'ati»ga 
qarshi. Aniqrog‘i, «san'atsiz so‘z», ya'ni yovvoyi, dag‘al, tarbiya, 
axloqni xush ko‘rmaydigan «ko‘cha so‘zlari»ga moyil. Biroq, ular 
xohlaydimi-yo‘qmi, aynan G‘arb olamida bemaza qovunning urug‘iday 
ko‘payib, tomir otayotgan «ommaviy madaniyat» ta'sirida «Pop 


(ommaviy) adabiyot» ham tug‘ilyapti. Va bu «adabiyot» «ommaviy 
madaniyat»ning tuban g‘oyalari targ‘ibotiga xizmat qilmoqda.
Ajablanarlisi, gohida gʻoyatda isteʼdodli insonlar ham „ommaviy 
madaniyat“ targʻibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv 
quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining „Mona 
Liza“ („Jakonda“) asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga moʻylov 
chizgan va „Moʻylovli Jakonda“ asarini yaratgan. Mana shunday „achchiq 
istehzoli, qora mazmunli kulgi“ — „ommaviy madaniyat“ faoliyatining eng 
yetakchi belgilaridan biridir. „Ommaviy madaniyat“ namoyandalari qora, 
zaharxanda, behayo kulguni „isyon ifodasi“ deb bilishadi. „Nimaga qarshi 
isyon“ degan savol tugʻiladi. Agar „pop-madaniyat“ dunyoga „ehson“ 
eta­yotgan „pop-art“ („tasviriy sanʼat“ desa ham boʻladi), "pop- natijalariga 
qarab hukm yuritilsa, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni 
isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, maʼnaviyatni, axloqni, 
yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi.Ular uchun ezgulikning oʻzi yoʻq. 
Jumladan, sanʼat — alohida isteʼdodlar tomonidan yaratiladigan maʼnaviy 
boylik, moʻʼjiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari „pop-madaniyat“ 
tarafdorlarining oʻta darajada gʻashini keltiradi.
„Pop-art“chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, 
aksincha, narsalar va buyumlarni eʼzozlashadi; maʼnaviy dunyoni emas, 
maishiy-isteʼmolchilik his-tuygʻularini qadrlaydilar va ularni keng 
ommalashtirishga intiladilar. Ularning maʼnaviy pozitsiyasi — maʼnaviyatni 
oʻldirish va „narsalarga qullik“ni ragʻbatlantirishdir. Amerikaning taniqli 
adibi R.Bredberi aytganidek, „ommaviy madaniyat“ maktabidan oʻtgan 
avlod uchun hayotning maʼnosi — avtomobil, televizor, muzlatgichga ega 
boʻlish. Agar televizor ikkita boʻlsa, ularga shuncha yaxshi.

Download 203.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling