Mavzu: Axloq va uning jamiyat hayotidagi o'rni Reja: Axloq tushunchasi
Download 203.92 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu4
Axloqshunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining
jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganadi. Axloqshunoslik deb shunday falsafiy sohani aytishadiki, u inson faoliyatining, odobi va axloqiy me’yorlarini o’rganadi. «Axloq» so’zi arabchadan olingan bo’lib, «xulq» so’zining ko’plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakat ining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi. Agar axloq tushunchasi ostida ko’pincha ijtimoiy ong shakli (ya’ni anglangan me’yorlar va qoidalar) anglashilsa, odob doirasi kishilar orasidagi o’zaro munosabatda ularning voqeiy hayotdagi aloqalarini tashkil etadi. Odob – inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi. Xulq – oila, jamoa, mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui. Axloq esa – jamiyat, zamon, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig’indisidir. Bu fikrlarimizni misollar orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Deylik, avtobusda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o’tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O’tiring, otaxon!» deb joy bo’shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo’ladi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo’yadi. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o’zini mudraganga solib, qariyaga joy bo’shatmasa, g’ashimiz keladi, ko’nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o’tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg’otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo’shatgani yoki bo’shatmagani oqibatida avtobusdagi yo’lovchilar hayotida biror-bir ijobiymi, salbiymi – muhim o’zgarish ro’y bermaydi. Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo’ni-qo’shnilarning barcha marakalarida xizmatda turadi, hech kimdan qo’lidan kelgan yordamini ayamaydi, ochiq ko’ngil, ochiq qo’l, doimo o’z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h. k. Unday odamni biz hushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo’lsa, u qo’ni-qo’shnilar bilan qo’pol muomala qilsa, to’y- ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga o’dag’aylab, musht o’qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, ba’zi shaxslar jabr ko’radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror bir ta’sir o’tkazmaydi. Axloqqa kelsak, masala jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yohud viloyat prokurori o’zi mas’ul hududda doimo qonun ustuvorligini, adolat qaror topishini ko’zlab ish yuritadi, lozim bo’lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida na faqat o’z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u – umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag’ishlagan yuksak axloq egasi; u, o’zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bularoq, o’sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi bo’laturib, o’zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo’lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo’ladi: oddiy fuqoro nazdida birgina kishi prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg’onadi. Bu tasavvurning muntazam kuchayib borishi esa, oxir-oqibat o’sha jamiyat yoki to’zumni tanazzulga olib keladi. Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. Chunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o’z yakka hukmronligi yo’lida millionlab begunoh insonlarni o’limga mahg’um etgan Lenin, Stalin, Gitler, Pol Pot singari shaxslar orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari hatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojealarga olib keladi. Har bir olingan shaxs va jamiyat qadriyatlari tizimida axloq muhim o’rin tutadi. Ijtimoiy falsafada axloq ijtimoiy ongning shunday shakli sifatida tushuniladiki, unda ayrim olingan kishilar, ijtimoiy guruhlar va umuman Download 203.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling