Mavzu: axloqiy madaniyat va qadriyatlar


QADRIYAT KATEGORIYASINING MAZMUNI


Download 91.5 Kb.
bet6/12
Sana21.04.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1369055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
13 mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar

QADRIYAT KATEGORIYASINING MAZMUNI. Qadriyat – odamlar qadrlaydigan narsa. Narsalar yoki buyumlar ham, tabiat hodisalari ham, ijtimoiy hodisalar ham, insonning xatti-harakatlari ham, madaniyat hodisalari ham qadriyat bo‘lishi mumkin. Ammo «qadriyat» tushunchasining mazmuni, uning tabiati oddiy ong tasavvur qilganidek sodda emas. Qadriyat, xuddi haqiqat kabi, xossa emas, balki fikr va voqelik o‘rtasidagi munosabatdir. Inson o‘zining individual tajribasiga asoslanib, o‘zi uchun muhim bo‘lgan ob’ekt bilan o‘z ehtiyojlari va manfaatlari o‘rtasida aloqa mavjudligini anglab etadi.
Qadriyat tushunchasining yuqorida keltirilgan umumiy tavsifidan kelib chiqib unga quyidagi ta’rifni berish mumkin.
Qadriyat – bu borliq rang-barang elementlarining ob’ektiv ahamiyati bo‘lib, ularning mazmuni jamiyat sub’ektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi.
Baholash. Aksiologiyaning asosiy kategoriyalari qatoriga qadriyat bilan bir qatorda hajman juda keng tushuncha – «baholash» ham kiradi. Baholash buyumning inson faoliyati, uning ehtiyojlarini qondirish uchun ahamiyatini anglab etish vositasi. Baholash sub’ektning o‘z hayoti va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy ahamiyatini aniqlashidir. U insonga hodisalar dunyosida mo‘ljal olish imkonini beradi, uning faoliyatini yo‘lga soladi. Baholash universaldir: u sezgilar va aql-idrok darajasida, emotsiyalar va tuyg‘ular, tasavvurlar, idroklar, mulohazalar, mayllar, istaklar, intilishlar, afzalliklar va, albatta, faoliyat ko‘rinishida ro‘yobga chiqib, inson hayot faoliyatining barcha turlariga ta’sir ko‘rsatadi.
QADRIYATLARNING TURLARI. Ijtimoiy hayotning asosiy sohalariga muvofiq odatda qadriyatlarning uch guruhi farqlanadi: moddiy qadriyatlar, ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar va ma’naviy qadriyatlar.
Moddiy qadriyatlar – Moddiy qadriyatlar jumlasiga inson mehnati natijasida yaratilgan moddiy dunyo predmetlari, Shuningdek o‘tmish madaniy merosi predmetlari kiradi. Moddiy qadriyatlar – bu tabiiy ne’matlar, mehnat mahsullarining iste’mol qiymati, ijtimoiy hodisalarda mujassamlashgan ijtimoiy ne’matlar, tarixiy voqealar, madaniy meros, axloqiy ezgulik, go‘zalik mezonlarigani qanoatlantiruvchi estetik hodisalar, diniy ibodat predmetlari yoki o‘zining muayyan ramziy ifodasini topgan diniy g‘oyalar va sh.k. Moddiy qadriyatlar ongda emas, balki odamlar hayot faoliyatida amal qiluvchi muayyan narsalar, hodisalar dunyosida mavjud bo‘ladi.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling