Mavzu: axloqiy madaniyat va qadriyatlar
«Madaniyat» tushunchasining ayrim talqinlari
Download 91.5 Kb.
|
13 mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat” tushunchasi asosida madaniyatni talqin qilish.
- Informatsion talqin
«Madaniyat» tushunchasining ayrim talqinlari
Aksiologik (qadriyat mezoni asosidagi) talqin. Bu talqinga ko’ra, madaniyat insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning yig’indisidan iborat. Madaniyat inson faoliyatidan tashqarida mavjud emas. Madaniyat qanday namoyon bo’lishidan qat’iy nazar, qadriyat mezoniga ega bo’ladi. Madaniyat tushunchasi rivojlanish, tarix, inson kabi kategoriyalarga bog’liq bo’ladi. Insonning faoliyati natijasi, muayyan qadriyatlarga ega bo’lgan voqelik aksiologik ta’rifning negizini tashkil etadi. U kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va aqliy faoliyatini qamrab oladi. Bu talqin kamchiliklardan ham xoli emas. U voqelikni yaxlit idrok etishga, natijalarni mexanik ravishda hisoblashga asoslangan. Bunday yondoshuv voqelikka sub’ektiv baho berishga olib keladi. Aksiologik yondoshuv doirasida madaniyat faoliyati natijasi o’tmishga aylanib qolib, o’tmish va hozirgi zamon bilan tabiiy aloqalar buzilishi mumkin. Kadriyatga yondoshuvning zaif tomonlarini ko’rsatish boshqa davrga xos madaniy boyliklar tizimidan voz kechishni anglatmaydi. “Faoliyat” tushunchasi asosida madaniyatni talqin qilish. Madaniyatning umumiy tabiatini idrok etishga qilingan harakat tufayli uni kishilarning ijodiy faoliyati jarayoni mahsulidir, degan tushuncha paydo bo’ldi. Jamiyat nafaqat qayta qurishga, balki an’analarni, madaniy yodgorliklarni saqlab qolishga ham mas’uldir. Jamiyatning amaliy va nazariy, moddiy va ma’naviy faoliyati, ijodiy sohalar bilan bir qatorda o’zida faoliyat ko’rsatish va madaniyatni o’zlashtirish jihatlarini mujassamlashtiradi. Ijodiy faoliyatning ko’lami qancha katta bo’lsa, madaniyatning bir avlod tomonidan qabul qilinishi va kelgusi avlodlarga etkazib berish uchun zarur bo’lgan shart–sharoitlar faollashadi. Faoliyat – maqsadli yo’naltirilgan faollikdir. Informatsion talqin madaniyatni «irsiyatga bog’liq bo’lmagan axborotlar yig’indisi»dan tashkil topgan va saqlanib kelgan hodisa sifatida tushuntiradi. «Madaniyat axborotlar ombori emas», balki u nihoyatda murakkab tashkil topgan mexanizm bo’lib, u axborotni eng foydali va qulay usullar bilan saqlab keladi, yangi axborotlarni qabul qiladi, ularni qayta ma’lumotlarga aylantiradi, ularni belgilarini bir tizimdan boshqasiga o’tkazadi. «Irsiyatga bog’liq bo’lmagan axborotlar yig’indisi» sifatida xotirani tushunishimiz mumkin. Chunki xotira mexanik jarayon emas, balki ijodiy jarayon hisoblanadi. Xotiraning muhim ma’naviy ahamiyati shundaki, u vaqt to’sig’ini engib, istiqbolga da’vat etadi. Umumiy xususiyatlariga ko’ra, biz madaniyatni xotira bilan qiyoslashimiz mumkin. Bunda biz alohida olingan shaxsning xotirasini emas, balki jamiyat xotirasini nazarda tutamiz. Adabiyotshunos Yu.M.Lotmanning fikricha, «madaniyatdagi burilish» uni axborotga aylantirishning eng mukammal mexanizmidir. Bu mexanizm axborotni saqlashi va uzatishi bilan birga uning ko’lamini kengaytiradi. “Madaniyatga burilish” qonuniyatiga ko’ra, o’zini doimiy ravishda mukammallashtirib, rivojlantirib boradi. Shuning uchun madaniyat bir vaktda ham statik hamda dinamik xususiyatlarni namoyish qiladi. Shu ma’noda madaniyat tirik a’zo va san’at asarlariga xos bo’lgan hususiyatlarga ega. Madaniyatni xuddi insoniyat tomonidan yaratilgan yaxlit badiiy asar sifatida qabul qilish o’rinli. Demak, birinchidan, madaniyat - inson ijodiy faoliyatining usullari, shakllari va yo’llari majmui bo’lib, u avloddan–avlodga vorsilik asosida o’tadigan moddiy va ma’naviy boyliklar orqali ifodalanadi. Madaniyat - insoniyat tomonidan yaratilgan «ikkinchi tabiat, borliqdir». Download 91.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling