Mavzu: axloqiy qadriyatlar falsafasi (etika)
partikulyar (oilaga mansublik)
Download 67.13 Kb.
|
7- Mavzu
partikulyar (oilaga mansublik); transtsendental (Xudoga ishonishning namoyon bo`lishi). Shuningdek, M. Rokichning qadriyatlar tasnifiga alohida to`xtab o`tish zarur. U dunyodagi eng mashhur metodikaning muallifi. Ushbu metodikaning asosiy maqsadi shaxsning qadriyaviy mo`ljallarining ierarxiyasini aniqlashdir. Insonning barcha qadriyatlarini M.Rokich ikkita katta toifaga ajratadi: 1) terminal (yoki qadriyat-maqsadlar) - insonning yakuniy maqsad unga erishish uchun qilinadigan barcha sa`y-harakatlarga munosibligiga ishonchi; 2) instrumental (yoki qadriyatlar-usullar) - insonning xulq-atvor va xatti-harakatning muayyan usuli maqsadga erishish uchun eng muvaffaqiyatli ekanligiga ishonchi. Qadriyatlarning turli xil tasniflari mavjud, quyidagi jadvalda ularning qichqacha bayoni keltirilgan: Qadriyatlar tasnifi
Taqdim etilgan tasnifni tahlil qilib, inson hayotidagi asosiy qadriyatlar nimadan iborat degan savol tug`iladi. Aslida, bunday qadriyatlar juda ko`p, ammo eng muhimi, umumiy (yoki universal) qadriyatlardir, ular V. Franklning fikriga ko`ra insonning uchta asosiy mavjudligi (ekzestentsiallari) - ma`naviyat, erkinlik va mas`uliyatga asoslangan. Psixolog tomonidan qadriyatlarning quyidagi guruhlari ajratiladi («abadiy qadriyatlar»): odamlarga ma`lum bir jamiyatga nima bera olishlarini tushunishga imkon beradigan ijod; inson o`zi sotsium va jamiyatdan nimani olishini mumkinligini tushunishga undaydigan kechinmalar; odamlarning o`zlarining hayotini biron bir tarzda cheklaydigan omillarga nisbatan o`z o`rnini (pozitsiyalarini) anglashga imkon beradigan munosabatlar. Shuni ham ta`kidlash kerakki, inson hayotida axloqiy qadriyatlar eng muhim o`rinni egallaydi, chunki odamlarning axloq va axloqiy me`yorlar bilan bog`liq qarorlarni qabul qilishida etakchi rol o`ynaydi va bu, o`z navbatida, ularning shaxsiyatining rivojlanishi va insonparvarlik yo`naltirilganligi darajasini ko`rsatadi. Inson hayotida qadriyatlar tizimi. Inson hayotida qadriyatlar muammosi psixologik tadqiqotlarda etakchi o`rinni egallaydi, chunki ular shaxsiyatning o`zagidir va uning yo`nalishini belgilaydi. Ushbu muammoni hal qilishda qadriyatlar tizimini o`rganishga katta ahamiyat beriladi va bu yerda S. Bubnovaning izlanishlari jiddiy ta`sir ko`rsatdi, u M. Rokichning asarlari asosida qadriyaviy mo`ljallar tizimining o`ziga xos modelini yaratdilar (u ierarxik va uch darajadan iborat). Uning fikricha, inson hayotidagi qadriyatlar tizimi quyidagilardan iborat. eng umumiy va mavhum bo`lgan qadriyatlar-ideallar (ma`naviy va ijtimoiy qadriyatlarni o`z ichiga oladi); inson hayot faoliyati jarayonida mustahkamlanadigan qadriyatlar-xususiyatlar; qadriyatlar-faoliyat va xulq-atvorning usullari. Qadriyatlarning har qanday tizimi doimo qadriyatlarning ikkita toifasini birlashtiradi: qadriyatlar-maqsadlar (yoki terminal) va qadriyatlar-usullar (yoki instrumental). Terminallar inson, guruh va jamiyatning ideallari va maqsadlarini o`z ichiga oladi, instrumental qadriyatlar esa ma`lum jamiyatda qabul qilinadigan va ma`qullanadigan maqsadlarga erishish usullarini o`z ichiga oladi. Qadriyatlar-maqsadlar qadriyatlar usullaridan ko`ra barqarorroqdir, shuning uchun ular turli xil ijtimoiy va madaniy tizimlarda tizimni tashkil etuvchi omil bo`lib xizmat qiladi. Jamiyatda mavjud bo`lgan muayyan qadriyatlar tizimiga har bir kishi o`z munosabatini namoyish etadi. Psixologiyada qadriyatlar tizimidagi inson munosabatlarining besh turi ajralib turadi (Y. Gudechek fikriga ko`ra): faol, u ushbu tizimning yuqori darajadagi internalizatsiyasida ifodalanadi; konformal, ya`ni tashqi tomondan qabul qilingan, lekin ayni paytda odam o`zini ushbu qadriyatlar tizimi bilan identifikatsiyalamaydi; indifferenet, bu ushbu tizimga befarqlik va tizimga mutlaqo qiziqishning yo`qligidan iborat; norozilik yoki rad etish, bu tizimga tanqidiy munosabatda bo`lish va qoralashda namoyon bo`ladi; muxolifat, ushbu tizim bilan ichki va tashqi qarama-qarshiliklarda o`zini namoyon qiladi. Ta`kidlash joizki, inson hayotidagi qadriyatlar tizimi shaxs tuzilishidagi eng muhim tarkibiy qism hisoblanadi, shu bilan birga u chegaraviy pozitsiyasini egallaydi - bir tomondan, bu shaxsning shaxsiy ma`nolari tizimi, ikkinchi tomondan uning motivatsion-ehtiyojiy sohasi. Shaxsning qadriyatlari va qadriyaviy mo`ljallari insonning etakchi sifati bo`lib, uning betakrorligini va o`ziga xosligini ta`kidlaydi. Qadriyatlar inson hayotining eng kuchli tartibga soluvchisidir. Ular insonni uning rivojlanish yo`liga yo`naltiradi va uning xatti-harakati va faoliyatini aniqlaydi. Bundan tashqari, insonning muayyan qadriyatlar va qadriyaviy mo`ljallarga yo`naltirilganligi, albatta jamiyatning shakllanishiga ta`sir ko`rsatadi. 1 Авлоний А. Туркий гулистон ёхуд ахлоқ. –Т., 1992. –Б. 11. 2 Ӯша асар. – Б.11 3 Аристотел. Политика. –М., 1911. –С. 8-9. Download 67.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling