Mavzu: axolining bo’sh turgan mablag’larini tijorat banklariga jalb etish masalalari. Reja: kirish. Asosiy qism
Download 492.11 Kb.
|
AXOLINING BO’SH TURGAN MABLAG’LARINI TIJORAT BANKLARIGA JALB ETISH MASALALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH.
MAVZU: AXOLINING BO’SH TURGAN MABLAG’LARINI TIJORAT BANKLARIGA JALB ETISH MASALALARI. REJA: KIRISH. ASOSIY QISM. Aholining bo’sh turgan mablag’lari tushunchasi. Aholining bo’sh turgan mablag’larini tijorat banklariga jalb qilish usullari. Tijorat banklarining aholiga ko’rsatadigan kredit xizmatlari va ularning tasnifi. Aholining bo’sh turgan mablag’larini tijorat banklariga jalb qilishning hozirgi zamon masalalarini hal etish. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. KIRISH. Bank - bu tijorat muassasi bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z nomidan, to‘lov, muddatlilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi. Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatida faoliyati omonatchilar, kreditorlar, umuman, davlat va jamiyat manfaatlariga jiddiy daxldor bo‘lganligi tufayli uning tashkil topishi uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Shu vaqt ichida bo‘lg‘usi ta’sischilar o‘rtasida o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi, bank ustav kapitali uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar tayyorlanadi, rahbar shaxslar zarur hujjatlar tayyorlaydi, tegishli tekshiruvdan o‘tkaziladi va hokazolar. Bozor munosabatlarini qaror topishi va rivojlanishi bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi hisoblangan bank tizimi va ular faoliyatini boshqarishning qonuniy asoslarini shakllantirish zaruratini keltirib chiqardi. Bank va bank faoliyatiga oid huquqiy islohotlar respublikamizda bozor iqtisodiyoti jarayonlariga moslashayotgan hozirgi rivojlanish davri bilan uzviy bog‘liq holda vujudga kelmoqda. Huquqiy ta’minot bank menejmentining muhim elementi hisoblanib, banklar faoliyatini boshqarishning huquqiy asoslarini belgilab beradi. Har qanday munlsabatlar singari banklar va ularning boshqa sub’ektlar bilan bo‘ladigan munosabatlari albatta huquqiy asosga ega bo‘lishi lozim. Chunki bank va mijozlar o‘rtasida yuzaga keladigan turli holatlar ma’lum bir me’yorlar asosida muvofiqlashtirilishi lozim. Bu esa, o‘z navbatida huquqiy asosni shakllantirishni talab qiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxotlarning kuchli tomonlaridan biri uning ijtimoiy yo‘naltirilganligidir. Hukumatimiz Respublikamiz mustaqilligining dastlabki kunlaridayoq islohotlarning aholini hususan, uning ehtiyojmand qismini ijtimoiy muhofaza qilish asosida amalga oshira boshladi va shu yo‘ldan bormoqda. Ijtimoiy muhofaza tizimini takomillashtirish hozirgi sharoitda eng dolzarb masalalardan biridir. Chunki mamlakatimizda olib borilayotgan barcha isloxotlar va tadbirlar inson uchundir. Shuning uchun mamlakatimizda aholining kam ta’minlangan, mehnat bozorida raqobatlasha olmaydigan qismini, ishsizlar, nogironlar, yosh bolalar, talabalar, qariyalar, boquvchisini yo‘qotganlarni ijtimoiy muhofaza qilish maqsad qilib qo‘yilmoqda. Ijtimoiy himoya tizimi mustaqillik davrida o‘ziga xos ravishda yangidan shakllandi. Ayniqsa, milliylik, o‘zlikni anglash, e’tiqod va an’analarning tiklanishi tizimiga muhim yangilik bo‘lib qo‘shildi. Ijtimoiy himoyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu aholining muhtoj, kam ta’minlangan qismlariga moddiy yordam, nafaqalar va boshqa imtiyozlar berishdan iborat. Aholining eng kam himoyalangan va muhtoj tabaqalarini o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash xalq farovonligi, insonparvarligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohatlar muvaffaqiyati garovidir. Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq yurtboshimiz aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini davlat tomonidan muhofaza qilish masalasini kechiktirib bo‘lmaydigan, ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab berdilar. Aholini ijtimoiy himoya qilishda byudjetdan tashqari maqsadli pul fondlarining o‘rni va roli juda muhimdir. Chunki, aholi turmush darajasini oshirishda, ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda bevosita Davlat byudjeti bilan birga byudjetdan tashqari fondlardan ham foydalaniladi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ishlovchilar, korxonalar, davlat va jamiyat manfaatining yangi munosabatiga xos ijtimoiy himoyaning shakl va mexanizmlarini yaratish zarurati kelib chiqdi. Davlat bu jamg‘armalarning mablag‘lari bilan ishlab chiqarish jarayoniga aralashadi, tashkilot va muassasalarga kreditlar va subsidiyalar beradi. Ijtimoiy siyosat choratadbirlarini moliyaviy ta’minlaydi, shuningdek, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadi. Byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarning izchil faoliyati natijasida aholi kuchli ijtimoiy himoya qilinishi bilan birga, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari ham rivojlantiriladi. Byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalari davlatning daromadlar bazasini ta’minlashi va kelib tushgan pul mablag‘larini xarajat qilishi bilan bir qatorda jamiyatda makroiqtisodiy barqarorlikni hamda aholining optimal bandligini ham ta’minlashi zarur. Chunki, O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan maqsad aholi turmush farovonligini yaxshilashdir. Download 492.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling