Mavzu: axolining bo’sh turgan mablag’larini tijorat banklariga jalb etish masalalari. Reja: kirish. Asosiy qism


Download 492.11 Kb.
bet5/7
Sana26.01.2023
Hajmi492.11 Kb.
#1123612
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AXOLINING BO’SH TURGAN MABLAG’LARINI TIJORAT BANKLARIGA JALB ETISH MASALALARI

birinchidan, daromad shakllari o’zgardi, ya`ni uning an`anaviy turlari (ish xaqi, pensiya, nafaqa, stipendiya) kategoriyaga mutlaqo yangilari - tadbirkorlik faoliyatidan, mulkdan, ko’chmas mulkdan, qimmatli qog’ozlardan, chet el valyutasidan keladigan daromadlar qo’shildi;
ikkinchidan, daromadlarning tarkibiy qismlari miqdor va sifat jihatidan o’zgardi, bu borada fuqaro ixtiyoridagi haqiqiy daromadlar, to’planish va ajralish koeffitsienti, daromad tanqisligi, tirikchiliк minimumi, qashshoqlik darajasi, oila pul daromadlarining xarid qobiliyati kabi tushuncha va kategoriyalar paydo bo’ldi;
uchinchidan, daromadlardan foydalanishning yangi yo’nalishlari vujudga keldi: majburiy to’lovlar va badallar, chet el valyutasi, qimmatli qog’ozlar va shaxsiy mulkni sotib olish uchun xarajatlar, tijorat banklariga qo’yilmalar shular jumlasidandir. Ta`kidlash joizki, aholi daromadlarining darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning zaruriy ehtiyojini qondirish, salomatligini saqlash, dam olishini tashkil etish, ma`lumot olishi, bo’sh vaqtini mazmunli tarzda o’tkazishi bo’yicha imkoniyatlari shunchalik ko’p bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi daromadlari tarkibi jiddiy o’zgardi. Mulkchilik munosabatlarning tubdan o’zgarishi, xo’jalik yuritish va mehnat bozori hamda sarmoya yangi shkllarining yuzaga kelishi aholi daromadlari tarkibiga tegishli o’zgarishlarni olib kirdi. Aholi daromadlari tarkibida uning quyidagi shakllari ajraladi: mehnatga haq to’lash va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, shaxsiy yordamchi xo’jalik, pensiya, moddiy yordam va stipendiyadan keladigan daromad, dividend va aktsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar hamda chet el valyutasi savdosidan tushumlar, kreditlar, ssudalar, sug’urtalardan tushumlar, shuningdek, boshqa tushumlar. Aholi daromadlari batafsil tahlil qilish uchun ularning mavjid turlarini to’liqroq baholash maqsadida ma’lum belgilar bo’yicha ularni tasniflash lozim.



  1. TIJORAT BANKLARINING AHOLIGA KO’RSATADIGAN KREDIT XIZMATLARI VA ULARNING TASNIFI.

Aholining omonatlarini jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida tanlov o‘tkazish to‘g‘risida» 2008 yil 31 oktyabrdagi Prezident Qaroriga muvofiq 2016 yil yakunlariga ko‘ra, aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari aniqlandi. Tanlovda jami 27 ta tijorat bankining 855 ta filiali, 4 299 ta mini-banki hamda maxsus kassalari ishtirok etdi.
Tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 4 fevral kuni O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasida bo‘lib o‘tdi.
Har yili o‘tkazib boriladigan mazkur tanlov aholining bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilishda tijorat banklarini rag‘batlantirish va ular faoliyatini kuchaytirish, banklarning investitsiya imkoniyatlarini yanada kengaytirish uchun resurs bazalarini mustahkamlash, omonatlarni jalb etishda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek aholiga ko‘rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari sifatini yanada oshirish borasida ilg‘or tajribalarni keng joriy etishga da'vat etmoqda. 2016 yil davomida tijorat banklari aholi omonatlarini jalb qilish yo‘nalishidagi faoliyatlarini jadallashtirgani, bank xizmatlari to‘g‘risida aholining xabardorlilik darajasi oshgani hamda ko‘plab yangi omonat turlari joriy etilgani kuzatildi.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, mamlakatimizda miqdoridan qat'iy nazar, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari to‘la hajmda qoplab berilishi kafolatlangan. Omonat hisobvaraqlariga qo‘yiladigan mablag‘lar barcha turdagi soliqlardan ozod etilgan bo‘lib, ularning manbalari deklaratsiya qilinmaydi hamda ushbu mablag‘larni omonatchilar cheklovlarsiz tasarruf etadilar.
Bunday imtiyoz va qulayliklar bank tizimini yanada rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Bugun mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan aholiga milliy hamda chet el valyutasida cheklanmagan miqdorda va muddatlarda 250 dan ortiq omonat turlarini taklif etmoqda. Depozitga qo‘yilayotgan mablag‘larning miqdori oxirgi besh yilda 3,5 marotabaga, 2016 yilda esa 25,2 foizga oshdi.
Tanlov g‘oliblarini tantanali e'lon qilish mariosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi, Fuqarolarning banklardagi omonatlarni kafolatlash fondi va tijorat banklarining rahbarlari ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, g‘oliblar sakkizta asosiy va o‘n bitta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
Quyidagilar tanlov g‘oliblari deb e'tirof etildi:
1. «Aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi banki» nominatsiyasida:
Birinchi o‘rin - «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki; 
Ikkinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki;
Uchinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki.
2. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasida:
Birinchi o‘rin - «Oriyent Finans» xususiy aksiyadorlik tijorat bankining Yunusobod filiali;
Ikkinchi o‘rin - «Turonbank» aksiyadorlik tijorat bankining Jizzax filiali;
Uchinchi o‘rin - «Aziya-alyans bank» aksiyadorlik tijorat bankining Shayxontohur filiali.
3. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi filiali» nominatsiyasida:
Birinchi o‘rin - «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining Shovot filiali, Xorazm viloyati;
Ikkinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Ishtixon filiali, Samarqand viloyati; Uchinchi o‘rin - «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining Chust filiali, Namangan viloyati.

  1. «Plastik kartochkalar asosida ish haqi loyihalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha eng yaxshi bank filiali» nominatsiyasida: Birinchi o‘rin - «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining Sirdaryo viloyat filiali;

  2. Ikkinchi o‘rin - «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining Bosh ofisi, Toshkent shahri;
    Uchinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining Toshkent viloyat bo‘limi.

5. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasida:
Birinchi o‘rin - «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand filiali «Temir yo‘l» mini-banki; Ikkinchi o‘rin - «Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat bankining Mirzo Ulug‘bek filiali «Kadishev» mini-banki; Uchinchi o‘rin - «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining Shayxontohur filiali «Xadra» mini-banki.
6. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasida: Birinchi o‘rin - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining Surxondaryo viloyati, Qiziriq filiali, «Bandixon» mini-banki;Ikkinchi o‘rin - «Qishloq qurilish bank» aksiyadorlik tijorat bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy filiali, «Bo‘ston» mini-banki; Uchinchi o‘rin - Chet el kapitali ishtirokidagi «Xamkorbank» aksiyadorlik tijorat bankining Andijon viloyati, Shahrixon filiali, «Shohbekat» mini-banki.
7. «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi jamg‘arma/maxsus kassasi» nominatsiyasida: Birinchi o‘rin - «Invest Finans Bank» aksiyadorlik tijorat bankining Xorazm viloyat filialiga qarashli 1-sonli jamg‘arma kassasi; Ikkinchi o‘rin - “Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat bankining Navoiy filialiga qarashli 1-sonli jamg‘arma kassasi; Uchinchi o‘rin - «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat bankining Buxoro filialiga qarashli 1-sonli jamg‘arma kassasi.
8. «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi jamg‘arma/maxsus kassasi» nominatsiyasida: Birinchi o‘rin - Chet el kapitali ishtirokidagi «Savdogar» aksiyadorlik tijorat bankining Do‘stlik filialiga qarashli 1-sonli jamg‘arma kassasi, Jizzax viloyati; Ikkinchi o‘rin - «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat bankining Muborak filialiga qarashli 1-sonli jamg‘arma kassasi, Qashqadaryo viloyati; Uchinchi o‘rin - «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining Ohangaron filialiga qarashli 3-sonli jamg‘arma kassasi, Toshkent viloyati.
Qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar deb quyidagilar aniqlandi:
1. «Yilning eng yaxshi kassiri» nominatsiyasida - Xolxojayeva Farida Raximjonovna - «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat bankining Uchtepa filiali Kassa amaliyotlari bo‘limi nazoratchi kassiri.
2. «Omonatlarni jalb qilish bo‘yicha bank faxriysi» nominatsiyasida - Sadullayeva Oliya Zaynidinovna - “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka bankining Navoiy viloyati, Zarafshon filialining Minibank va jamg‘arma amaliyotlar shu'basi bosh mutaxassisi.
3. «Milliy valyutadagi eng yaxshi muddatli depozit» nominatsiyasida - «Asaka» aksiyadorlik tijorat bankining «Barakali» muddatli omonati.
4. «Xorijiy valyutadagi eng yaxshi muddatli depozit» nominatsiyasida - «Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat bankining «Mig» muddatli omonati.
5. «Milliy valyutadagi eng yaxshi jamg‘arma depoziti» nominatsiyasida - «O‘zbekiston sanoat-qurilish banki» aksiyadorlik tijorat bankining «Binafsha» jamg‘arma omonati.
6. «Xorijiy valyutadagi eng yaxshi jamg‘arma depoziti» nominatsiyasida - «Aloqabank» aksiyadorlik tijorat bankning «Eksklyuziv» jamg‘arma omonati.
7. «Eng yaxshi plastik kartochkalar emitenti bo‘lgan bank» nominatsiyasida - O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki.
8. «Eng yaxshi plastik kartochkalar ekvayeri bo‘lgan bank» nominatsiyasida - “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
9. «Bankning eng zamonaviy jihozlangan bo‘linmasi» nominatsiyasida - «Agrobank» aksiyadorlik tijorat bankining Arnasoy filiali.
10. «Aholi uchun eng yaxshi innovatsion mahsulot» nominatsiyasida - “Universal bank” xususiy aksiyadorlik-tijorat bankining “Universalmobayl” innovatsion mahsuloti.
11. «Eng yaxshi innovatsion bank» nominatsiyasida - “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki.
Tijorat banklarini qayta moliyalash uchun kreditni berishni Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. Bu operatsiya O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998 yil 9 noyabr 19/8-sonli qaror №261 tasdiqlangan
«Qayta moliyalash kreditlarini berish tartibi to’g’risida»gi Nizomga asosan amalga oshiriladi. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 maydagi 234-sonli qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va O’zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi huzuridagi kredit rusurslari kimoshdi savdolari orqali tijorat banklarini qayta moliyalash uchun kreditlar berish tartibini belgilaydi. Bu jarayon Markaziy bankning pul-kredit vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Qayta moliyalash – Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan pul kredit siyosati vositalaridan biri bo’lib, u ikkinchi daraja banklarining likvidlik holatini qo’llab-quvvatlash uchun yo’naltiriladi.
Markaziy bankning qayta moliyalashtirish operatsiyasi quyidagi usullarda olib borilishi mumkin:
 tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni hisobga olish yo’li bilan kreditlash;
 tijorat banklari ixtiyoridagi qimmatli qog’ozlarni garov olish yo’li bilan kreditlar berish, ya’ni lombard krediti;
 to’g’ridan-to’g’ri kredit berish usuli.
Markaziy bank «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuniga asosan oltin, chet el valyutasi, xalqaro rezervlar toifasiga kiruvchi valyuta boyliklari va boshqa boyliklar, davlat qarz majburiyatlari va hukumat kafolatlagan boshqa qarz vositalari, Markaziy bankda depozitga o’tkazilgan va uning depozitariysi uchun maqbul bo’lgan, xarid qilinishi va sotilishiga ruxsat berilgan qonun doirasidagi boshqa xil operatsiyalar o’tkazilishi mumkin bo’lgan aktivlar, to’lanishiga banklar kafolat bergan tijorat veksellari, shuningdek, Moliya Vazirligini kafolatiga asoslangan holda banklarga qayta moliyalash kreditlarini beradi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan kreditlarnining asosiy maqsadi banklarning likvidliligini qo’llab-quvvatlashdan iborat.
Qayta moliyalash kreditlarini berayotganda Markaziy bank tijorat banklarining kredit potentsialining joriy holatini doimiy kuzatib turadi. Buning uchun u joriy monitoringlar o’tkazadi, ular vakillik hisobvaraqlarini tahlil qiladi va asosan o’zi kreditlarni joylashtirish va jalb etish uchun qatnashadigan banklararo kredit bozori – O’zbekiston Respublikasi Valyuta birjasi huzuridagi kredit resurslari kimoshdi savdosini kuzatib boradi.
Tijorat banklarining likvid holatini saqlashga yo’naltiriladigan, ularni qayta moliyalash uchun beriladigan kreditlar miqdori, shuningdek, qayta moliyalash stavkasi, Markaziy bank tomonidan pul-kredit siyosatining joriy vaqtdagi aniq vazifalariga muvofiq, hamda pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlarini hisobga olgan holda belgilanadi. Bunda qayta moliyalash stavkasi inflyatsiya darajasidan kelib chiqqan holda o’zgartirilishi mumkin.
Markaziy bank yuqorida aytilgan qonunga muvofiq, tijorat banklariga milliy valyutada lombard kreditni berishi mumkin. Lombard krediti qayta moliyalash shakllaridan biri bo’lib, ushbu kredit Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini garovga qo’yish yo’li orqali beriladi.
Lombard kreditining berilishi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 22 avgustidagi №416-sonli “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan banklarga lombard krediti berish tartibi to’g’risida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Qayta moliyalash kreditlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan 1996 yil 20 apreldagi №41 sonli “O’zbekiston Respublikasida kredit resurslari kim oshdi savdolarini o’tkazish tartibi”ga muvofiq joylashtiriladi.
Keyinchalik qayta moliyalash kreditlari O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus ko’rsatmalari bo’yicha, ularda belgilangan shartlar asosida Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Kredit shartnomasida quyidagilar ko’zda tutiladi: 

  • tomonlar nomi; 

  • ularning o’zaro majburiyatlari va iqtisodiy ma’suliyati; 

  • kredit muddati va miqdori; 

  • aniq maqsad ko’zlanganligi; 

  • kredit berish va qaytarish tartibi; 

  • foiz stavkasi va uni o’zgartirish shartlari; 

  • ta’minlash shakllari; 

  • jarima solish va tomonlar shartlashuvining boshqa jihatlari. 

Bu kreditni olgan tijorat banklari kreditdan foydalanish va uning holati bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Pul-kredit siyosati” departamentiga ma’lumotnoma taqdim etib boradi.


Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga kredit berishda Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan iqtisodiy me’yorlarga, majburiy zahira talablariga rioya qilish e’tiborga olinadi.
Ayrim hollarda tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlarida mablag’lar umuman bo’lmagan yoki etarli bo’lmagan holatlarda kechiktirib bo’lmaydigan to’lovlarni amalga oshirish uchun tijorat bankiga, istisno tariqasida majburiy to’lovlarni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsati bilan uning hududiy Bosh boshqarmasi rahbari taqdimnomasi bo’yicha bank likvidligini qo’llab-quvvatlash uchun kredit berilishi mumkin.
Bu kreditni olish huquqiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining iqtisodiy normativlariga rioya etadigan, rezerv, majburiy rezerv shartlarini to’liq bajaradigan, tijorat banklariga beriladigan ya’ni kreditni qaytmaslik riski yo’q va u muddatida foizi bilan to’liq qaytishi ta’minlangan holda beriladi. Kredit 7 ish kuni muddati bilan tijorat banki tomonidan kredit resurslarini tartibga solish fondiga o’tkaziladigan mablag’larning 30% miqdorida beriladi. Kreditning o’z vaqtida, to’liq qaytmaslik hollari yuz berganda yoki kredit shartlari buzilgan hollarda Markaziy bank tijorat bankiga nisbatan kredit shartnomasida ko’rsatib o’tilgan choralarni qo’llash huquqiga ega. Agar kreditning qaytmaslik hollari yuz bersa Markaziy bank garov mol-mulkini talab qilib olishga haqli.
Ushbu kredit bo’yicha foiz stavkasi Markaziy bank amaldagi qayta moliyalash stavkasidag 1,3 barovarga ortiq miqdorda belgilanadi.
Tijorat bankida Markaziy bank tomonidan unga ilgari berilgan ushbu kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik vujudga kelgan hollarda, quyidagi ta’sir choralari qo’llaniladi: 

  • belgilangan foiz stavkasi 2 baravar oshiriladi; 

  • “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi qonunning 59-moddasiga binoan muddati o’tgan qarz bosh bank hisobvarag’idan undirib olinadi. Agar bosh bank hisobvarag’ida qarzlarni qoplaydigan miqdorda mablag’lar bo’lmasa, ushbu qarz to’la qaytarilmaguncha bank vakillik hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalar to’xtatiladi. 

Muddatidan oldin bo’shagan qayta moliyalash kreditlarini o’z vaqtida qaytarmaganlik uchun tijorat banklariga nisbatan Markaziy bank kredit qaytarilmagan hollarda Markaziy bank garovga qo’yilgan mulkni sotish yoki kafolat xati bo’yicha talabnoma qo’yish orqali qarz summasini undirib olish huquqiga ega.
Qayta moliyalash kreditlarini belgilangan muddat ichida qaytarilishni ta’minlamagan tijorat banklariga nisbatan 1997 yil 25 yanvardagi 74-sonli yo’riqnomaning 6-bandiga va unga kiritilmagan 1998 yil 27 iyundagi 406-sonli qo’shimchaning 1-bandida ko’rsatilgan ta’sir choralari qo’llaniladi.
Banklar tomonidan aniq maqsadli kredit resurslaridan belgilangandan tashqari maqsadlarda foydalanilishiga yo’l qo’yilgan hollarda, ushbu kreditlar muddatidan oldin qaytarib olinadi.
Qayta moliyalash kreditlari bo’yicha marja darajasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga berilgan qayta moliyalash kreditlarini hisobini yuritish bo’yicha operatsiyalar balansdagi 12101-“Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar” (Markaziy bankda) va 21602- “O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olingan qisqa muddatli ssudalar” (tijorat bankida) balans hisobvaraqlarida aks ettiriladi. Muddati kechiktirilgan qayta moliyalash kreditlari hisobi balansdagi 12109- “Boshqa banklarga berilgan muddati kechiktirilgan qisqa muddatli ssudalar” hisobvarag’ida aks ettiriladi. Muddati o’tgan qayta moliyalash kreditlari hisobi balansdagi 12105-“Boshqa banklarga berilgan muddati o’tgan ssudalar” hisobvarag’ida aks ettiriladi.
Markaziy bank kreditlarini berish quyidagi buxgalterlik o’tkazmalari orqali rasmiylashtiriladi:

  • kredit bergan bankda; 

  • D-t 12101-“Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar” K-t Tijorat banki vakillik hisobvarag’i yoki 21602-“O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olingan qisqa muddatli ssudalar” kredit olgan bankda: 

D-t Tijorat banki vakillik hisobvarag’i yoki 21602-“O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olingan qisqa muddatli ssudalar”


K-t 21602/21606 “Markaziy bankdan (boshqa banklardan) oligan qisqa muddatli ssudalar”
Balans hisoboti tuzish yoki hisob-kitob sanasida: 

D-t 16309 (tijorat banki) yoki 16305 (Markaziy bank) “Olish uchun hisoblangan foizlar summasi” K-t 41601 “Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar bo’yicha foiz daromadlari”. 

  • Kredit olgan bankda; 

  • To’lash uchun hisoblangan foizlar summasi;

D-t 53101/53106 (tijorat banki) yoki 52002 (Markaziy bank) – “Markaziy bankdan olingan qisqa muddatli ssudalar bo’yicha foizli xarajatlar”
K-t 22410 “Olingan ssudalar bo’yicha hisoblangan foizlar”
To’lash (undirib olish) muddati etib kelganda va tijorat banki vakillik hisobvarag’ida etarli mablag’lar mavjud bo’lganida quyidagi o’tkazmalar qilinadi:
D-t 22410 “Olingan ssudalar bo’yicha hisoblangan foizlar” K-t 10301 Tijorat banki vakillik hisobvarag’i (o’ziniki)
Tijorat banki vakillik hisobvarag’ida pul mablag’lari bo’lmagan yoki etarli bo’lmagan va kredit belgilangan muddatda to’lanmagan hollarda quyidagi buxgalterlik o’tkazmalari qilinadi:

    • Kredit bergan bankda: 

    • Muddati o’tgan kredit to’lov summasi,

D-t 12105 “Boshqa banklarga berilgan muddati o’tgan ssudalar” K-t 12101 “Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar”
Kredit olgan bankda muddati o’tgan kredit summasi balansdagi 21602-21606- “Markaziy bankdan (boshqa banklardan) olingan qisqa muddatli ssudalar” hisobvarag’iga hisobga olinadi.
Muddatida to’lanmagan qarzlar summasidagi kredit resurslari kreditorga qaytarilayotganda quyidagi o’tkazmalar qilinadi:
Kredit olgan bankda:
D-t 21602/21606 (tijorat banki) yoki 22114 (Markaziy bank) “Markaziy bankdan (boshqa banklardan) olingan qisqa muddatli ssudalar”
K-t Tijorat banki vakillik hisobvarag’i (o’ziniki) Kredit bergan bankda:
D-t Tijorat banki vakillik hisobvarag’i
K-t 12105 “Boshqa banklarga berilgan muddati o’tgan ssudalar”
Muddatidan oldin bo’shagan qayta moliyalash kreditlarini o’z vaqtida qaytarmaganlik uchun tijorat banklariga nisbatan Markaziy bank kredit shartnomasida ko’zda tutilgan choralar qo’llashga haqli.
Qayta moliyalash kreditlari qaytarilmagan hollarda, Markaziy bank garovga qo’yilgan mulkni sotish yoki kafolat xati bo’yicha talabnoma qo’yish orqali qarz summasini undirib olish huquqiga ega.
Banklar tomonidan aniq maqsadli kredit resurslaridan belgilangandan tashqari maqsadlarda foydalanishiga yo’l qo’yilgan hollarda, ushbu kreditlar muddatidan oldin qaytarib olinadi.
Ta’sir choralari Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmasi va tijorat banki o’rtasida tuziladigan kredit shartnomalarida aks ettirilishi shart. 



Download 492.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling