Mavzu: axolining bo’sh turgan mablag’larini tijorat banklariga jalb etish masalalari. Reja: kirish. Asosiy qism


AHOLINING BO’SH TURGAN MABLAG’LARINI TIJORAT BANKLARIGA JALB QILISHNING HOZIRGI ZAMON MASALALARINI HAL ETISH


Download 492.11 Kb.
bet6/7
Sana26.01.2023
Hajmi492.11 Kb.
#1123612
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
AXOLINING BO’SH TURGAN MABLAG’LARINI TIJORAT BANKLARIGA JALB ETISH MASALALARI

4. AHOLINING BO’SH TURGAN MABLAG’LARINI TIJORAT BANKLARIGA JALB QILISHNING HOZIRGI ZAMON MASALALARINI HAL ETISH.


Milliy bank yana bir marotaba “Aholi omonatlarini jalb etish bo‘yicha yilning eng yaxshi banki” bo‘ldi. 30 yanvarda O‘zbеkiston banklari assotsiatsiyasida O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2008 yil 31 oktabrdagi PQ-991-sonli Qaroriga muvofiq har yil Rеspublika tijorat banklari o‘rtasida o‘tkaziladigan 2015 yil yakunlari bo‘yicha aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha tanlov g‘oliblarini tantanali mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdan maqsad aholi omonatlarini jalb qilish sohasida tijorat banklar faoliyatini rag‘batlantirish, bank xizmatlari sifatini yaxshilash va ularning doirasini kеngaytirish hamda omonatchi-jismoniy shaxslarning takliflarini hisobga olgan holda omonatlarning yangi turlarini joriy etishga ko‘maklashishdir. Shuningdеk aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha tanlov o‘tkazish kеlgusida banklarning invеstitsiya faoliyatini faollashtirish maqsadida ularning rеsurs bazasini mustahkamlashga, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga va bank tizimida ilg‘or halqaro tajribani qo‘llashga xizmat qiladi. 854ta filial, 4295ta mini-bank va barcha 26ta rеspublika tijorat banklarining maxsus kassalari ishtirok etgan tanlovning shartlariga binoan sakkizta asosiy va o‘n bitta qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha eng yaxshilari tanlab olindi. Shunday qilib, “Aholi omonatlarini jalb etish bo‘yicha yilning eng yaxshi banki” va “Eng yaxshi plastik kartochkalar ekvayеri bo‘lgan bank” dеb O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki e’tirof etildi.
Aholining bo‘sh mablag‘larini jalb qilish maqsadida, 2015 yilda O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan aholiga milliy valutada 7ta yangi muddatli dеpozit taklif etildi. Xususan, “Kеksalarni e’zozlash yili” davlat dasturiga bag‘ishlangan “E’zoz” muddatli omonati, Rеspublikaning 24 yillik bayramiga bag‘ishlab “Istiqlol” omonati hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Matonat” muddatli dеpoziti. 2016 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra Milliy bank tizimida jismoniy shaxslar uchun dеpozitlarning 11ta turi amal qilib kеlib, ulardan 22 tasi milliy valutada va 8tasi xorijiy valutada.
Yoshi katta mijozlar uchun Milliy bank “Pеnsionniy” muddatli dеpozitini taklif qilmoqda. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun milliy va xorijiy valutada “Nihol va “Boychеchak” kabi jamg‘arma omonatlari ochilgan. Bank tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida aholining dеpozit hisobvaraqlaridagi mablag‘larning qoldiqlari o‘tgan yilga nisbatan 20%ga oshdi va 2016 yil 1 yanvar holatiga omonat qoldiqlari 1 trln.so‘mdan ortiq summani tashkil etdi. Shu bilan bir qatorda, 20 yildan ortiq vaqt mobaynida Milliy bank plastik kartalarni muomalaga chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish masalalarida yetakchi o‘rinlarni egallab (saqlab) kеlmoqda. Xozirgi kunga kеlib Milliy bank tomonidan chamasi 2,5 million plastik kartalar muomalaga chiqarilgan bo‘lib, ulardan yangi onlayn tizimda ishlaydigan kartalar 1 mln. va Visa xalqaro kartalar 112 mingtadir. Bank tomonidan ularning oldiga rahbariyat va Markaziy bank qo‘ygan vazifalarini bajarilayotganligi naqd pulsiz chakana hisob-kitoblar vositasi sifatida O‘zmilliybank plastik kartalarini tanlagan mijozlarning soni oshishiga ko‘maklashdi. Plastik karta egalariga xizmat ko‘rsatishning tеgishli darajasini saqlab turish maqsadida Milliy bank tomonidan ularga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini kеngaytirish va doimo yangilab borish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shunday qilib, joriy yilning 1 yanvar holatiga Bank tomonidan 20300dan ortiq to‘lov tеrminallari o‘rnatilib, ular orqali o‘tgan yil ichida savdo-sеrvis korxonalarida 3,4 trillion so‘mdan ortiq miqdirda tranzaksiyalar o‘tkazilgan. Ko‘pchilik hisob-kitoblarni naqd pulga qaraganda plastik kartalar yordamida naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshirishni afzal ko‘rmoqda.
 So‘m plastik kartalar ostida ochilgan hisobvaraqlarning qoldiqlaridagi miqdor 2016 yil 1 yanvar holatiga 280,9 mlrd. sum, Visa xalqaro kartalar bo‘yicha esa – 15,5 mln. AQSh dollari dеb bеlgilandi. Visa xalqaro kartalar bo‘yicha savdo-sеrvis korxonalaridagi aylanmalar 42,8 mln. AQSh dollarini, ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha bankomatlar soni - 11tani, SSK soni – 120tani tashkil etdi. 1993 yildan Visa xalqaro to‘lov tizimining asosiy (muhim) a’zosi hisoblanadigan Milliy bank 2016 yil 21 yanvarda xuddi shunday maqomni MasterCard xalqaro to‘lov tizimida ham olib, yaqin kunlarda mahalliy savdo-sеrvis korxonalari Intеrnеt orqali nafaqat Visa kartalari, balki MasterCard kartalari bo‘yicha o‘zlarining mahsulotlarini sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Xozirda Bank kontaktsiz kartalarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish ustidan ishlamoqda, joriy yilda POS-tеrminallari orqali Visa & MasterCard xalqaro yafkontaktsiz kartalarga xizmat ko‘rsatish loyihasini ishga tushirish rеdjalashtirilmoqda. Loyiha 2016 yil iyun oyida O‘zbеkistonda o‘tkaziladigan ShHTga a’zo-davlatlarning rahbarlari yig‘ilishi arafasida amalga oshiriladi. Shuningdеk Bank mijozlari uchun masofadan turib amaliyotlar bo‘yicha muhim axborot olish hamda hisobvaraqlarini nazorat qilish imkoniyatini bеrish maqsadida lokal va xalqaro kartalarga ega mijozlariga SMS-xabarlash, shaxsiy WEB-kabinеt, IVR kabi axborot xizmatlarini taqdim etmoqda. 247,5 mingga yaqin mijozlar axborot xizmat va sеrvislardan foydalanimoqda. Qo‘shimcha ravishda shuni ta’kidlash joizki, O‘zbеkistonda xunarmandlari tomonidan noyob milliy mahsulotlar - gilamlar, idishlar, kulolchilik buyumlari ishlab chiqarilib, mamlakatimiz tashqarisida xorijiy mеhmonlarning ularga bo‘lgan talabi yuqoridir. Shu munosabat bilan, Milliy bank o‘z faoliyatida ilg‘or axborot-kommunikatsion tеxnologiyalardan foydalanib, Intеrnеt orqali Visa xalqaro kartalari bo‘yicha mahalliy mahsulot va xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirish imkoniyatini bеruvchi elеktron tijorat loyihasini amalga oshirgan holda Savdo-sanoat palatasi, Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash fondi, tеgishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda plastik kartalar bo‘yicha savdo ekvayringi imkoniyatlarini kеngaytirmoqda. bu esa mahalliy savdogar va xunarmandlarga mahsulotlarini butun dunyo bo‘ylab Intеrnеt orqali sotish imkoniyatini bеradi. Shu maqsadda Milliy bank 2015 yilda Visa xalqaro to‘lov tizimida sеrtifikatlashtirishdan muvaffaqiyatli o‘tib, elеtron tijoratni amalga oshirish uchun ekvayring litsеnziyasini va rеspublikada birinchi Intеrnеt-ekvayеr bank maqomini oldi.
NBUO‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.Karimovning 1991 yil sentabrdagi Farmoni bilan tashkil etilgan. O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “O‘zbеkiston Rеspublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” unitar korxonasini aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 30 noyabrdagi PQ-4540-sonli qaroriga asosan O‘zmilliybank aksiyadorlik jamiyati shaklida qayta tashkil etildi. Moliya vazirligi va O‘zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi davlat nomidan «Milliy bank» AJning ta’sischisi hisoblanadi.
Kuchli davlat va mustahkam jamiyatni barpo etishning o‘z qonuniyatlari mavjud bo‘lib, bunda qonun ustuvorligi, adolat, tenglik kabi tamoyillar qatorida ijtimoiy himoya ham buyuk davlatning mustahkamligini ta’minlovchi omillardan biri hisoblanadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish haqida so‘z ketganda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov shunday deydilar: «Biz qachon kuchli va qudratli bo‘lamiz – qachonki odamlar bugungi tizimdan, bugungi hayotdan rozi bo‘lsa. Shundagina bu xalqni hech kim yenga olmaydi»1.
Mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi. Mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi ham insonga munosib turmush sharoitini yaratib berish va uning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi qaysidir darajada «mehnatga yarasha haq to‘lash»ni taqozo etadi. Ammo bu tamoyilni bir taraflama talqin etish, aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qarovsiz va o‘z holiga tashlab qo‘yish ham yaxshi bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011—2015-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati inson manfaatlariga va aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilganining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.
Xalqimizda azaldan mavjud bo‘lgan mehr-oqibat, o‘zaro yordam, to‘yona, bemor va qariyalarni ziyorat qilish, xayr-ehson, zakot va shunga o‘xshash qadriyatlar ham aholining kam ta’minlangan qatlamlariga katta ko‘mak bo‘ladi. Ijtimoiy hamkorlik O‘zbekiston jamiyatidagi ijtimoiy himoya tizimida asosiy omillardan biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi ham.
Yurtboshimiz ijtimoiy himoya haqida shunday deydilar: “... davlat qurilishi va uning taraqqiyoti, jamiyatimizning demokratik yangilanishi, iqtisodiyotimizni rivojlantirish va erkinlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan, qisqacha aytganda, oldimizda turgan barcha muammo va vazifalarni yechishda “Islohot – islohot uchun emas, avvalo, inson uchun, inson manfaatlarini ta’minlash uchun” degan teran ma’noli fikrni unutmasligimiz kerak»2.
Mustaqillikning 21 yillik davrini sarhisob qilganda, milliard-milliard so‘mlab mablag‘lar mamlakatimizda insonlar hayot tarzini yaxshilashga, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nogiron va boquvchisini yo‘qotgan keksalarga sarflandi. O‘tgan davr mobaynida har bir yilga alohida nom berilgani va ularning mohiyatini asosan ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgani mazkur masalaga yurtimizda qay darajada amaliy ahamiyat berilayotganini ko‘rsatadi. “Inson manfaatlari yili”, “Oila yili”, “Ayollar yili”, “Sog‘lom avlod yili”, “Onalar va bolalar yili”, “Qariyalarni qadrlash yili”... deya e’lon qilinishi fikrimizni tasdiqlaydi.
Yurtimizda inson huquqi, erkinliklari va manfaatlari oliy qadriyat hisoblanadi. Shu sababli mazkur qadriyatlar boshqa har qanday moddiy manfaatdan ustun hisoblanadi. Respublikamizning asosiy Qonuni – Konstitutsiyamizda “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar”3, deyiladi. Bunda “fuqaro-jamiyat-davlat” munosabatlari yaqqol ifodalangan bo‘lib, unda fuqarolarning huquq va erkinliklari ustuvorligi va o‘zgarmasligi ta’kidlangan. “Adolat” SDP o‘zining saylovoldi dasturida ana shu bog‘liqlikni mustahkamlashni, ya’ni ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand aholining manfaatlarini himoya qilishni ustuvor vazifalardan biri sifatida e’lon qilgan.
Ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand bo‘lgan aholi manfaatlarini himoya qilish quyidagi yo‘nalishlarga ajratiladi:
1-rasm

Ijtimoiy himoya yo‘nalishlari4






Farzand tug’ilganligi uchun beriladigan suyunchi pullari









Stipendiyalar









Ishlamaydigan onalarga bola 2 yoshgacha parvarishlash uchun to;lanadigan nafaqa







Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordam







Ishlaydigan onalarga bola 2 yoshgacha parvarishlash uchun to;lanadigan nafaqa







Homiladorlik va tug;ish uchun nafaqalar




O‘zbekiston Respublikasida bolalar huquqlarining himoyalanishiga katta e’tibor beriladi. Chunki ular orasida ham yordamga, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron yoki qarovchisiz qolganlari mavjud. Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar va oilalar jamiyat hayotida faol ishtirok etishini ta’minlash uchun ularning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaslik shartlari asosida dasturlar ishlab chiqish tashabbuskori bo‘ladi hamda zarur resurslar ajratadi. Bunga yaqqol dalil sifatida nogiron bolalarga ajratilgan e’tiborni ko‘rsatish mumkin. Nogiron bolalar tibbiy-ijtimoiy yordam olish huquqiga ega bo‘lib, bu profilaktika, davolash-tashxis qo‘yish, reabilitatsiya, sanatoriy-kurort, protez-ortopediya yordamini, harakatlanish vositalari bilan imtiyozli shartlarda ta’minlanishni va boshqa yordam turlarini o‘z ichiga oladi5.
“Adolat” SDP jamiyat oldidagi o‘z javobgarligini va mas’uliyatini to‘liq his qilgan holda ijtimoiy himoya sohasida jamoat tashkilotlari bilan, ayniqsa, o‘zini o‘zi boshqarishning noyob instituti bo‘lgan mahalla bilan hamkorlik va sheriklikni mustahkamlashda, boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini kuchaytirishda davom etmoqda. Chunki ijtimoiy himoya tizimini yanada kuchaytirish joylardagi mavjud holatdan yaxshi xabardor bo‘lgan mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan yaqindan hamkorlik qilishni taqozo etadi. Bunda siyosiy partiyalarning asosi bo‘lgan boshlang‘ich tashkilotlar rahbarlarining izchil faoliyatiga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. Partiyaning ana shu bo‘g‘ini ijtimoiy himoyaning adolatli yo‘lga qo‘yilishida jamoatchilik nazoratchisi vazifasini o‘tashi mumkin bo‘lgan mahalla tizimiga real yordam berishi mumkin.
Dunyoning global muammolari keskin tus olayotgan bir davrda ijtimoiy siyosat masalasi insoniyat taqdirida muhim rol o‘ynamoqda. Ana shunday bir sharoitda O‘zbekiston o‘zining tarixiy an’analariga, urf-odatlariga va qadriyatlariga tayangan holda o‘zi tanlagan yo‘ldan sobitqadamlik, izchillik va bosqichma-bosqichlik tamoyillari asosida olg‘a intilmoqda. Respublikamiz Prezidentining «... men respublika Prezidenti sifatida odamlarning ocharchilikka duch kelishiga yo‘l qo‘ymayman. Davlat o‘z fuqarolarini muhofaza qilishga qodir bo‘lsagina davlat bo‘ladi. Bu borada boshqacha yo‘l yo‘q...»6, deya ta’kidlashi O‘zbekistonda davlat siyosatining qanday yo‘nalishda olib borilayotganini yaqqol ko‘rsatadi.
Mustaqillik davrida ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirishda davlat va hokimiyat tashkilotlari, keng jamoatchilik va fuqarolarning hamkorligi tubdan o‘zgardi. O‘zbek xalqining ijtimoiy-iqtisodiy va ma’muriy birligi bo‘lgan mahalla orqali ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarga, nogiron va boquvchisini yo‘qotganlarga maqsadli madad ko‘rsatish tizimi shakllantirildi.
O‘zbekistonning Davlat byudjetida maxsus “Ijtimoiy himoya” bandi belgilangan bo‘lib, bu dunyo tajribasida yagona hisoblanadi. Chunki o‘zbek milliy qadriyatlarini bu kabi insonparvarliksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Byudjetda ko‘zda tutilgan xarajatlardan tashqari, hukumatimiz tomonidan har yili yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirishga qaratilgan maxsus qarorlar qabul qilinmoqda.
Respublikadagi hokimiyat idoralari, nodavlat notijorat tashkilotlari, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar tashkilotlari, keng jamoatchilik va siyosiy partiyalar ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish jarayonida o‘zlarining amaliy takliflari, fikr-mulohazalari va tashabbuslari bilan faol qatnashishlari talab etiladi.
Aholini ijtimoiy himoyalash nafaqat davlat va nodavlat tashkilotlar, balki har bir kishining insoniylik burchi va vazifasidir. O‘zbekistonda yangi jamiyat qurish, demokratik huquqiy davlat tuzish, iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazish maqsadida o‘zimizga xos va mos yo‘l tanlangani bejizga emas. Bunda barcha harakatlarning dasturilamali bo‘lmish besh tamoyildan biri – aholining ijtimoiy himoyasini ta’min etgan holda bozor munosabatlariga bosqichmabosqich o‘tish alohida ta’kidlangan. Prezidentimiz tomonidan ta’kidlanganidek, «O‘z-o‘zidan ravshanki, ijtimoiy himoya masalasi – bu faqat davlat va hokimiyat tashkilotlari, ijtimoiy ta’minot va xayriya muassasalarining ishi bo‘lib qolmasligi lozim. «Ijtimoiy» degan so‘zning ko‘pchilikka, jamoatchilikka mansub degan ma’noni ifoda etishini inobatga oladigan bo‘lsak, bu o‘ta muhim masala jamiyatimizning, barchamizning burchimizga aylanishi darkor».
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti tizimida maxsus himoya va ijtimoiy kafolatlardan ayniqsa mehnat layoqati cheklanganlar foydalanishlari lozim. Ijtimoiy sohadagi qonunchilik nafaqaxo‘rlarni, kasalmandlarni, ishsizlarni, yoshlarni va bolali ayollarni manfaatlarini kuchli himoya qiladi. Ijtimoiy sohalarni mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilishi tufayli aholining turmush darajasi keskin pasayib ketishining oldi olindi, shuningdek, respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo‘ldi.
Bugungi kunda aholining tarkibi respublikamizdagi barcha ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatmoqda va bu sohadagi muammolarni o‘tkirlashtirmoqda. Bu esa ijtimoiy masalalarni, jumladan, ijtimoiy yordam, pensiya ta’minoti, maorif va sog‘liqni saqlash jarayonlarini isloh etishning ustivor yo‘nalishlar ekanligini belgilab bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasidagi bozor islohotlarining o‘ziga xos jihati ularning inson taraqqiyotiga qaratilganligidir. Hozirgi sharoitdagi ta’lim majmuini, kadrlar tayyorlash ko‘p darajali tizimini rivojlantirish, bu borada yangi kontseptsiyani ro‘yobga chiqarish, iqtisodiyotda zarur siljishlarni amalga oshirishga, jumladan, asosiy ishlab chiqaruvchi kuch - insonni taraqqiy qildirish, uning iqtisodiyotdagi va ijtimoiy sohadagi o‘zgarishlarga doimiy moslashuvini ta’minlashni amalga oshirishga imkon beradi.
Mazkur kontseptsiyada O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni mablag‘ bilan ta’minlashning turli yo‘llari taklif etilgan, ta’limda o‘tkazilayotgan islohotlarni moliyaviy ta’minlash tizimini takomillashtirish muammolarini hal qilish ham nazarda tutilgan. Bu yo‘nalishda xarajatlarni byudjet korxonalari va tashkilotlari , talabalar va ularning homiylari o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha qator chora-tadbirlar qabul qilindi. Ta’lim kreditlari olish va ularni qaytarish, kam ta’minlangan oilalarning farzandlariga va iste’dodli yoshlarga imtiyozlar berishning samarali tizimi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida»gi qarori asosida ta’lim kreditlari berish 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi.
Mazkur dasturni amalga oshirishning zaminida ijtimoiy himoyani kafolatlash masalasini yechish, oliy ta’limni butun choralar bilan takomillashtirish, mazkur tizimni yangi tarixiy sharoitlarda yangicha talablar asosida qayta qurollantirish vazifasi ko‘ndalang qo‘yilmoqda. Bularning barchasi ta’lim tizimida keskin burilish yasash, kelajakda mamlakatni kuchli bilimdon kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi.
Ijtimoiy-madaniy tadbirlarning muhimlaridan biri - ta’lim sohasini rivojlantirishdirki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qo‘ygan istiqbolli rejalar ta’lim xarajatlari o‘sishini xususiyatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek, “xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag‘ va imkoniyat talab qilmoqda, lekin ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi mumkin”.












XULOSA


Ushbu kurs ishimning xulosa qismida yuqorida amalga oshirilgan natijalariga asoslangan holda shuni ta’kidlash lozimki, davlatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha islohotlarning samarali olib borilayotganligi Respublikamizda istiqomat qilayotgan barcha aholining farovon hayot kechirishi uchun bir qancha qulay shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Bu ishlarning amalga oshishida muxtaram yurtboshimiz I. A. Karimovning naqadar oqilona siyosat olib borayotganligini ta’kidlab o‘tishimiz lozim.
Aholining har bir a’zosini turmush sharoitlarini oshirish, bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, salomatligini mustahkamlash, ishchi kuchi sifatida ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish salohiyatini yuksaltirish davlatimizning ijtimoiy siyosatini ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Shu ma’noda, aholi muhofazasini ta’minlashdagi birinchi va asosiy vazifa ham insonni kamol toptirish, uning oila va jamiyatdagi o‘rni hamda nufuzini ko‘tarishga qaratilgan. Jamiyatning insonparvarligi mamlakat iqtisodiy salohiyatining qanchalik yuksakligi bilangina emas, balki bu salohiyat har bir kishining farovon yashashi va har tomonlama rivojlanishi uchun yo‘naltirilgani bilan ham baholanadi.
Jamiyatning rivojlanishi markazida faqat oddiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar emas, avvalo, inson turishi kerakligi ta’kidlanadi. Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni – odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume’tirof etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatliroq qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir.
Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish darajasini oshirish va manzilli yordamlarni kuchaytirishga quyidagilar hisobiga erishish rejalashtirilgan:

  • amal qilayotgan imtiyozlar va nafaqa to‘lovlari tizimini tartibga solish, manzilli xarakterga ega bo‘lmagan imtiyozlarni, avvalambor, bosqichmabosqich ayrim professional guruhlarga taqdim etiladigan imtiyozlarni kamaytirish va shuning hisobiga ko‘proq ehtiyoj sezayotgan oilalarga imtiyozlar hajmini oshirish;

  • joylarda muhtojlarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish, shuningdek, mablag‘larni ijtimoiy himoyaning ayrim moddalari o‘rtasida qayta taqsimlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishda davlat organlari mustaqilligini kengaytirish;

  • o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida kam ta’minlangan oilalarga nafaqa to‘lovlari to‘lashni tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar tayyorlash darajasini oshirish;

  • aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan xayriya tashkilotlari va homiylarning mablag‘larini jalb qilish, bu kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to‘lovlar hajmi va qamrovini oshirishga imkon beradi;

  • ayrim nafaqa to‘lovlari va imtiyozlarni tugatish natijasida bo‘shagan mablag‘larni muhtoj oilalarga manzilli nafaqa to‘lovlarini moliyalashtirish hajmini oshirishga yo‘naltirish.

  • va boshqalar.

O‘zbekiston hukumati o‘z zimmasiga mamlakatimizda kam ta’minlangan toifa miqdorini kamaytirish va jamiyatimiz hayotida insonparvarlik printsiplarining yanada rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida Mingyillik rivojlanish maqsadlari borasida ma’lum bir majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan. Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan, BMTning turli tarkibiy tuzilmalari bu borada moliyaviy yordam berish va mamlakatimizdagi davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali ko‘maklashishga hozirligini izhor etadi. Mamlakatimizda aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsadli chora-tadbirlar hamda yuksak iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda.







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.




  1. Abdullaeva Sh.Z., Safarova Z.B. “Tijorat banklarining moliyaviy resurslarini boshqarish”. T: “Iqtisod-Moliya”.2017. -200 b.

  2. Abdullaeva Sh.Z., Omonov A.A. “Tijorat banklari kapitali va uni boshqarish”. O’quv qo’llanma./ –T.: “Iqtisod-Moliya” 2016.-120b.

  3. Abdullaeva Sh.Z., Qoraliev T.M., Ortiqov U.D. “Bank resurslari va ularni boshqarish”. Monografiya./ –T.: “Iqtisod-Moliya” 2019.-104b.

  4. Абдуллаева Ш., Файзуллаева М., Галак О. Банковский менеджмент и маркетинг. Учебное пособие./ - Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2017. - 182 с.

  5. Abdullayev Yo.A., Qoraliev T.M., va boshqalar “Bank ishi”. O’quv qo’llanma - B.M.: T.: “Iqtisod-Moliya”, 2019. - 576 b.

  6. Белоглазова Г.Н., Кроливецкая Л.П.. «Банковское дело». Москва: ПИТЕР, 2016. 28-стр.

  7. Букато В.И., Львов Ю.И. «Банки и банковские операции в России», Москва, «Финансы и Статистика» нашриёти, 1996 йил 139-бет.

  8. Дуглас X. Банковская политика в области кредитования. – М.: Слово, 2011. – 508 с.

  9. Дерек Ф. Глобальная стратегия банков. – М.: Экономика и финансы, 2017. – 385 c.

  10. Yo’ldoshev M.I.. “Bank huquqi”. Darslik. Тоshkent: Моliya, 2007. – 332 bet.

  11. Лаврушин О.И. Банковское дело: учебник. 2-е изд. Перераб. и доп. / О.И. Лаврушина. – М.: Финансы и статистика, 2018. - 594с.

  12. Лаврушин О.И. Деньги. Кредит. Банки. – М.: КНОРУС, 2007. - 558с.

  13. Moliya-bank tizimini tahlil qilish va baholashda qo’llaniladigan xalqaro me’yorlar, mezonlar va standartlar. O’quv-uslubiy qo’llanma. Prof. A.V.Vaxabov tahriri ostida. – Toshkent: Moliya, 2011.

  14. Николаева Т.П.Банковский маркетинг: учебно-методический комплекс – М: изд. Центр ЕАОИ. 2015 – 224

  15. Нешитой А.С.. «Финансы, денежное обращение и кредит». Москва, 2015. 513-стр.

  16. Norqobilov S., Dadaboeva H., Jo’raev O’. Xalqaro amaliyotda bank nazorati. –T.: “IQTISOD–MOLIYA”, 2007. 35– 71 b.

  17. Omonov A.A. “Tijorat banklarining moliyaviy resurslarini boshqarish”. T.:

“Fan va texnologiya” Monografiya, 2018 yil. 248 b.

  1. Rashidov O.Yu. va boshqalar. Pul, kredit va banklar. O’quv qo’llanma TDIU, “MAX-PRINT” MChJ, 2008.-432 b.

  2. Muxammedov L. Tijorat banklari barqarorligini baholash tizimining rivojlanishi. // Bozor, pul va kredit. – 2011. - №4. 13–16 b.

  3. Масленченков Ю.С. Менеджмент в коммерческом банке. - М.:

Перспектива, 2001. - 190 с.

  1. Польфреман Д., Форд Ф. Основы банковского дело. –М.: Инфра М. 1996. -С. 102-104.

  2. Перехожев В.А. «Конкурентоспособность банковских продуктов на региональном рынке». Автореф. дис. канд. эконом. наук. – СПб., 2014.

  3. Синки Дж. Финансовый менеджмент в коммерческом банке и в индустрии финансовых услуг. Пер. с англ. – Москва: Альпина Бизнес Букс, 2007. – 1018 с.

  4. Qoraliyev T.M.vа boshq. “Bank ishi: Darslik -T.:”Iqtisod-Moliya”,2016.451 b.

  5. To’laganova Sh.,.Boymatova U. “Marketing asoslari”. T: “IQTISODMOLIYA”, 2012. 18-bet




Download 492.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling