Mavzu: Ayirish a’zolari tizimi, Ayirish jarayonini inson salomatligida tutgan o’rni. Ayirish tizimiga kiruvchi a’zolarning tuzilishi, joylashishi, vazifasi


Download 383.95 Kb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi383.95 Kb.
#238001
1   2   3
Bog'liq
Mavzu buyrak

95-rasm.Chaqaloq buyragi.

1-extremitas superior;

2-margo medialis;

3-a.renalis

4-hilus renalis;

5-v.renalis;

6-ureter;

7-extremitas inferior;

8-facies anterior;

9-margo lateralis.


Bu davrda buyrak koptokchalarini ko’pligi va bir-biriga yaqin joylashganiga qaramay po’stloq qavati yaxshi takomillashmagan, buyrak naychalari yaxshi rivojlanmagan. Bola hayotining birinchi yetti yilida buyrak bo’yiga va eniga bir tekis o’sadi, shuning uchun u o’zining yumaloq shaklini saqlab qoladi. Bolalikning birinchi davrida buyrakning uzunligi 7,9 sm, kengligi uchlarida 5 sm, og’irligi 56 g bo’lsa, o’smirlarda uzunligi 10,7sm, kengligi 5,3 sm, og’irligi 120 g ga yetadi. Buyrakning o’sishi asosan bola hayotining birinchi yili, 5-9 yoshlar va 16-19 yoshlarda po’stloq moddasi o’sishi hisobiga bo’ladi. Bu davrlarda po’stloq modda qalinligi 4 marta, mag’iz moddasi esa faqat 2 marta kattalashadi. Yog’ pardasi bolalikning birinchi davrida paydo bo’lib, 7 yoshda yaxshi bilinadi. Fibroz pardasi 5 yoshda yaxshi bilinib, 10-14 yoshlarda kattalarnikiga o’xshab qoladi.

Yoshga qarab buyrakning joylashishi ham o’zgaradi. Umurtqalar tez o’sgani uchun birinchi yilning oxirida uning yuqori uchi XII umurtqa tanasining o’rtasida bo’lsa, pastki uchi yarim umurtqa yuqori joylashadi. 7 yoshdan so’ng buyrakning umurtqa pog’onasiga nisbati kattalarnikiga o’xshab qoladi.

Yangi tug’ilgan bola buyrak jomi keng, ampula shaklida bo’lib, ko’pincha buyrak tashqarisida joylashadi. U 3 yoshlarda buyrak to’qimasi ichiga kiradi.

Siydik yo’li

Siydik yo’li (ureter) siydikni buyrak jomidan qovuqqa o’tkazib beruvchi naysimon a’zo bo’lib, uzunligi 30-35 sm, kengligi o’rtacha 8 mm. Uning bo’shlig’ini kengligi 3-4 mm. Siydik yo’li qorinpardaning orqasida turadi. Unda uch: qorin, chanoq va qovuq devori ichidagi qismi tafovut qilinadi.

Siydik yo’linig qorin qismi (pars abdominalis) katta bel mushagining oldingi yuzasida yotadi. Uning old tomonida moyak (tuxumdon) arteriyasi va venasi yotadi. Chanoq qismiga o’tish joyida o’ng siydik yo’li ingichka ichak tutqichi ildizi bilan, chapi esa sigmasimon ichak tutqichi bilan kesishadi.

Siydik yo’lining chanoq qismi (pars pelvina) o’ng tomonda o’ng ichki yonbosh arteriyasi va venasining oldidan o’tsa, chap tomonda umumiy yonbosh arteriya va venaning oldidan o’tadi. Kichik chanoq bo’shlig’ida siydik yo’li ichki yonbosh arteriyasining oldida va yopqich arteriyasi va venasining medial tomonida yotadi.

Siydik yo’lining qovuq devori ichidagi qismi (pars intramuralis) qovuq devorini qiya teshib o’tadi. Uning uzunligi 1,5-2 sm.

Siydik yo’lining uch: boshlanish, qorin qismini chanoq qismga o’tgan va qovuq devoriga kirgan sohalarida toraygan joyi bor.

Siydik yo’li devori uch qavatdan iborat. Ichki shilliq qavat (tunica mucosa) bo’ylama burmalar hosil qiladi. O’rta mushak qavati (tunica muscularis) yuqori qismida ikki bo’ylama va halqasimon, pastki qismda esa uch: ichki va tashqi bo’ylama, o’rta halqasimon qavatlardan iborat. Tashqi tomondan adventitsial qavat (tunica adventitia) qoplagan.

Rentgenoanatomiyasi: Siydik yo’li ingichka, aniq va tekis chegarali soya hosil qiladi. Buyrak jomidan chiqqach, o’ng va chap siydik yo’llari bel umurtqalarining ko’ndalang o’simtalariga yaqinlashib, ichkariga qaragan bukilma hosil qiladi. Chanoq bo’shlig’ida u tashqi tomonga qarab bukiladi. Qovuqqa quyilishidan oldin yana ichkariga qarab bukiladi. Siydik yo’lining uchta toraymasi bor: birinchisi buyrak jomini siydik yo’liga o’tish joyida; ikkinchisi kichik chanoqqa kirish sohasida; uchinchisi qovuqqa quyilish joyida.

Yangi tug’ilgan bola siydik yo’li uzunligi 5-7 sm bo’lib, buralma yo’nalishga ega. Chap siydik yo’li o’ngiga nisbatan uzun. Uning yuqori va pastki uchlari toraygan (1-1,5 mm), o’rta qismi esa keng (3 mm). Uning devori yupqa, mushak tonusi past, shuning uchun siydik oqishini qiyinlashtiradi. Uzunligi bir yoshda 10 sm, 4 yoshda 15 sm, balog’at yoshida esa 18-20 sm ga yetadi.

Erta bolalik davrida mushak qavati rivojlanib, ikki qavatga bo’linadi. 8 yoshlarda siydik yo’lini tuzilishi kattalarnikiga o’xshash bo'ladi.

Qovuq (siydik pufagi)

Qovuq (vesica urinaria) toq a’zo (96-rasm) bo’lib, siydik to’plovchi rezervuar vazifasini bajaradi. Uning sig’imi o’rtacha 500-700 ml. Qovuqni qorinning oldingi devoriga qaragan yuqori qismi-uchi (apex vesicae) kengayib, tanasiga (corpus vesicae) o’tadi. Tanasi orqaga va pastga qovuq tubiga (fundus vesicae) davom etadi. Qovuqning pastki qismi quyg’ichsimon torayib siydik chiqaruv nayiga o’tadi. Uning bu qismi qovuq bo’yni (cervix vesicae) deyiladi. Qovuq kichik chanoq bo’shlig’ida qov simfizi orqasida joylashgan bo’lib, oldingi devori undan yog’ kletchatkasi vositasida ajrab turadi. To’lgan qovuq simfizni ustiga ko’tarilib, qorinni oldingi devoriga tegadi. Qovuqning orqa devori erkaklarda to’g’ri ichakka, urug’ pufakchalariga, tubi esa prostata beziga tegib turadi. Ayollarda uning orqa devori bachadon bo’yniga va qinga, tubi esa siydik-tanosil diafragmaga tegib turadi. Qovuq to’lgan holatda qorinparda bilan mezoperitoneal, bo’sh holatda ekstraperitoneal o’raladi. Qîvuq devorining qalinligi 12-15 mm, to’lgan vaqtda tortilib yupqalashadi (2-3mm). Qovuqning devori to’rt qavatdan iborat:

1.Shilliq qavat (tunica mucosa) ichki tomondan qoplab pushti rangda, harakatchan, bo’sh turgan qovuqda burmalar hosil qiladi. Qovuq tubidagi qovuq uchburchagi (trigonum vesicae) sohasida shilliq parda mushak pardaga yopishib turgani uchun burmalar bo’lmaydi. Uchburchakning cho’qqisida siydik chiqaruv nayining ichki teshigi (ostium uretrae internum), pastki burchaklarida esa ikkita siydik yo’li teshiklari (ostia uretere) joylashgan. Shilliq qavatda qovuq bezlari (glandulae vesicalis) bor.2.Shilliq osti qavat (tela submucosa) yaxshi rivojlangan bo’lib, shilliq qavatda burmalar hosil qiladi. Shilliq osti asos qovuq uchburchagi sohasida bo’lmaydi.

3.Mushak qavat (tunica muscularis) uch qavat joylashgan silliq mushak tolalaridan iborat. Ular o’zaro aniq ajralmagan tashqi va ichki bo’ylama, o’rta yaxshi rivojlangan ko’ndalang yo’nalishga ega. Qovuqning bo’yni sohasida halqasimon tolalar siydik chiqaruv nayining ichki teshigi atrofida siydik chiqaruv nayini qisuvchi mushakni (m. sphincter uretrae) hosil qiladi. Qovuqni mushak qavati qisqargan vaqtda a’zoni hajmi kichrayadi va suyuqlik siydik chiqaruv nayi orqali tashqariga chiqariladi. Qovuqning mushak qavati vazifasiga qarab, siydikni haydab chiqaruvchi mushak (m.detrusor vesicae) deb ataladi.

4.Seroz parda (tunica serosa) uni ust tomonidan qoplagan, qolgan sohalarda adventitsial qavat hosil bo’ladi.

Rentgenogrammada qovuq kontrast modda bilan to’latilganida to’g’ri proektsiyada tekis chegarali disk shaklida ko’rinadi. Yon proektsiyada esa noto’gri uchburchak shakliga ega bo’ladi.

Yangi tug’ilgan bola qovug’i duk shaklida bo’lib yuqori joylashgan. Uning katta qismi qov ustida joylashgan. Uchi kindik bilan qov simfizi o’rtasidagi sohaga to’g’ri keladi. Uning tubi takomillashmagan. Shilliq pardasi nisbatan qalin, burmalari yaxshi bilingan. Mushak qavati nisbatan yupqa bo’lib, ko’ndalang qavati kam rivojlangan. Yangi tug’ilgan bola qovug’i hajmi 50-80 sm3, 5 yoshda 180-200 sm3, balog’at yoshida 500-700 sm3 bo’ladi. Uning shakli 1,5-2 yoshda noksimon, 5 yoshda olxo’ri shaklida bo’lsa, 10 yoshda tuxum, o’smirlarda esa kattalarga o’xshash sharsimon shaklni oladi. Qovuqning shaklini bunday o’zgarishi uning mushak qavatini turli yosh davrlarida har xil o’sishiga bog’liq.
Erkaklarning siydik chiqaruv nayi

Erkaklarning siydik chiqaruv nayi (uretra masculina) uzunligi 16-18 sm, kengligi 0,5-0,7sm bo’lgan S simon bukilgan nay shaklida. U qovuq devoridagi siydik chiqaruv nayining ichki teshigidan (ostium urethrae internum) boshlanib, erlik oloti boshchasida joylashgan siydik chiqaruv nayining tashqi teshigi (ostium urethrae externum) bilan tugaydi. Erkaklarning siydik chiqaruv nayi quyidagi qismlardan iborat:

1.Qovuq devori ichidagi qism (pars intramuralis yoki preprostatica) prostata bezigacha davom etadi.

2. prostata qismi (pars prostatica) nayning boshlong’ich qismi bo’lib, qovuqning ostida joylashadi. Bu qism prostata bezi ichidan o’tib uzunligi 3 sm. Bu qismning orqa devorida urug’ tepachasi (coliculus seminalis) joylashgan bo’lib, unga urug’ otuvchi naycha teshigi ochiladi. Urug’ tepachasi atrofida esa prostata bezi chiqaruv naylarining teshiklari joylashadi. Urug’ tepachasining ustida joylashgan ichki qisuvchi mushak (m.sptncter uretrae internus) qisqarganida siydik bilan urug’ suyuqligini qo’shilib ketishdan saqlab turadi.



96-rasm. Qovuq, prostata bezi va siydik chiqaruv nayining prostata qismi.

1-lig.umbilicale medianum;

2-tun.muscularis (stratum longitudinale externum);

3-tun. muscularis(stratum circulare);

4-tun. mucose;

5-trigonum vesicae;

6-uvula vesicae;

7-parenchyma glandularis;

8-crista uretralis;

9-prostata;

10-pars membranasea;

11-ductuli prostatici;

12-utriculus postaticus;

13-ductus ejaculatorius (teshigi);

14-colliculus seminalis;

15-pars prostatica;

16-ostium urethrae internum;

17-ostium ureteris.



3.Siydik chiqaruv nayining parda qismi (pars membranacea) prostata bezi uchi bilan erlik oloti so’g’oni o’rtasida joylashgan bo’lib, eng qisqa (1,5) va tor qismi hisoblanadi. Siydik chiqaruv kanalining parda qismi siydik-tanosil to’sig’idan o’tgan joyda siydik chiqaruv kanalining ixtiyoriy qisuvchi mushakni (m. sphincter uretrae externum) hosil qiluvchi ko’ndalang targ’il mushak tolalari bilan o’ralgan.

4.Siydik chiqaruv nayining g’ovak tana qismi (pars spongiosa) uzunligi 12 sm ga yaqin bo’lib, erlik olotining g’ovak tanasi ichida joylashgan. Erkaklarning siydik chiqaruv nayi erlik oloti boshchasi qismida kengayib, qayiqsimon chuqurchani (fossa navicularis uretrae) hosil qiladi. Erkaklarning siydik chiqaruv kanali S-simon bukilgan bo’lib uch joyda: ichki teshik sohasida, siydik-tanosil to’siqdan o’tgan yerda va tashqi teshigi sohasida toraygan bo’ladi. Siydik nayining ichki yuzasida shilliq qavat (tunica mucosa) bo’lib, unda siydik chiqaruv nayi bezlari (glandulae uretrales) bor. Uning ostida bo’ylama mushak tolalaridan tashkil topgan mushak qavati (tunica muscularis) joylashadi.

Erkaklarning siydik chiqaruv nayi rentgenogrammada siydik yo’ligi nisbatan keng va aniq soya shaklida ko’rinadi.

Yangi tug’ilgan o’g’il bola siydik chiqaruv nayi qovuq yuqori turgani uchun nisbatan uzun (5-6 sm). Uning g’ovak tana qismini uzunligi 4,5 sm. Yoshga qarab uning ayrim qismlari bir xil o’smaydi. G’ovak tana qismi tez o’sib, bolalikning ikkinchi davrida 2 marta kattalashadi. Siydik chiqaruv nayining mushak qavati va tashqi sfinkter 12-13 yoshlarda paydo bo’ladi.



Ayollarning siydik chiqaruv nayi (uretra feminina) uzunligi 2,5-3,5 sm, kengligi 8-12 mm bo’lgan biroz bukilgan nay shaklida. U qovuqning devoridan ichki teshik bilan boshlanib qin teshigidan yuqoriroqda tashqi teshik bilan ochiladi. Ayollar siydik chiqaruv kanali devori shilliq va mushak qavatlardan iborat. Shilliq qavatda (tunica mucosa) bo’ylama burmalar va bezlar bor. Mushak qavati (tunica muscularis) ichki bo’ylama va tashqi halqasimon qavatdan iborat. Ayollar siydik chiqaruv kanali siydik-tanosil to’siqdan o’tgan joyda siydik chiqaruv kanalining ixtiyoriy sfinkterini hosil qiluvchi mushak tolalari bilan o’ralgan.
Download 383.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling