O`quv mashg`uloti rejasi
|
1.Silindrning yon va to`la sirti
2.Konusning yon va to`la sirti
3. Masalalar .
|
O`quv mashg`ulotining maqsadi:
ta`limiy- “Aylanish jismlari” mavzusini takrorlash va umumlashtirish , o`quvchilarda aylanish jismlarining yon va to`la sirtlarini topishga doir masalalarni yechish ko`nikmasini shakllantirish;
rivojlantiruvchi-o`quvchilarning aylanish jismlari haqidagi bilimlarini, darslik ustida mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritish ko`nikmalarini rivojlantirish, ko`zlangan maqsad ga erishishga intilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish usullarini qo`llash ko`nikmasini shakllantirish;
tarbiyaviy-silindr va konusning yon,to`la sirtiga doir turli masalalarni yechish bilan o`quv chilarning ilmiy dunyo qarashini kengaytirish, matematik tafakkurini rivojlantirish, o`quv chilarning kasbiy bilimlaridan foydalanib, o`rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg`otish.
|
Pedagogik vazifalar:
O`quvchilarni silindrning yon va to`la sirtiga doir nazariy bilimlar bilan tanishtiradi.
Konusning yon va to`la sirtiga doir nazariy bilimlar bilan tanishtiradi.
Silindr va konusning yon va to`la sirtiga doir masalalarni ishlab ko`rsatadi.
Egallangan ko`nikmalar darajasini testlar orqali tekshiradi.
|
O`quv faoliyatining natijalari:
O`quvchi:
1.Silindr va konusning yon va to`la sirtiga doir nazariy bilimlarga ega bo`ladi.
2. Konusning yon va to`la sirtiga doir nazariy
bilimlarga ega bo`ladi.
3. Silindr va konusning yon va to`la sirtiga doir masalalarni ishlashni o`rganadi.
4. Berilgan testlarni yechish orqali bilimini tekshiradi va mustahkamlab oladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |