Mavzu: Ayol borki, olam munavvar! Maqsad


Download 1.09 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi1.09 Mb.
#229805
Bog'liq
8-mart


Mavzu: Ayol borki, olam munavvar!

Maqsad: o’quvchilarning onalarga bo’lgan mehr-muhabbati, e’tiborini oshirish,ulug’lashga,qadriga yetishga o’rgatish.

Tadbirning borishi:

1-boshlovchi:

Assalom mo’tabar aziz onalar

Assalom –olamning oily kalomi!

Ta’zim aylagayman, sizga ,ey ustoz,

Bu mening samimiy ko’nglim salomi!



2-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlar, qadrli mehmonlar ,bilimga chanqoq tengdoshlar, lobar qizlar.Bugungi “Ayol borki ,olam munavvar!” deb nomlangan tadbir-bellashuvimizga xush kelibsiz!

1-boshlovchi: Ona diyorimizga sharqdan bahor nasimi esib kelmoqda,olamni bezamoq uchun firdavs yo’lini ochdi.

2-boshlovchi: Oq rang ketib,bo’z yerni alvon rang qopladi,olam o’ziga oro berib bezanmoq taraddudiga tushdi.

1-boshlovchi: Yashar ko’k maysa

Eh qanday maza!

O’rik gullaydi

Bu qaysi fasl?

O’quvchilar birgalikda: Bahor

Zarina:

Bahor keldi elimizga

Quvonch to’ldi dilimizga

Keling qushlar

Uching qushlar

Bizlar do’stmiz doim sizga



“Bahor keldi” qo’shig’iga raqs.



  1. boshlovchi : Bahor tarovati bilan yashargan yurtimiz go’shalarida o’zgacha shodiyona. Latofatli ayollarimiz bu shodiyonaning sababchisidir.Barcha ayollarni ,lobar qizlarn 8i-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni, Mehr-muhabbat va nafosat bayrami bilan tabriklaymiz!

Shamsiddin:

Barno qizlar ,oy qizlar

Yuzlari shirmoy qizlar

Qalbim qo’shig’I sizga

Go’zallikka boy qizlar

Bayramingiz muborak!

Ayyomingiz muborak!

Akbar:


Siz singlimu-opamsiz

Siz –bo’lajak onasiz

Yorug’ jahon mevasi

Farzand uchun yonasiz!

Bayraamingiz muborak!

Ayyomingiz muborak!

2-boshlovchi:Ayol-Alloh taolo yaratgan tabiatning eng buyuk mo’jizasi.Tabiat aziz ayollarimizga munislik va mushfiqlikni,ezgulik va nafosatni abadiy fazilat qilib bergan.

1-boshlovchi: Har bir inson ko’nglini munavvar qilguvchi,oilada ,balki butun jamiyatda ahillik,totuvlik,mehr-oqibat bag’ishlaguvchi ham ayoldir!

Ey ulug’ zot ta’rifingga

So’z topolmay tilim lol

Qarashlaring jonga orom

Borlig’imsan, sen iqbol!

Ayol- ona qarshisida

Aytaylik ta’zim bajo

Panohingda o’zing asra

Olloh!Senga iltijo!

Tog’lar sendan o’rganar

Duoingdan el ko’karar

Qarg’ishing yorar toshni

Millatning jon tomiri

Sen Vatanga timsolsan

Yurtning o’chmas chirog’i

Momo Havo ayolsan

Odam Ato nasliga

Yaratgandan iqbolsan

Bu beor dunyoda

Halovatli xayolsan

Belanchak qushqaningda

Hur farishta misilsan

Go’zallik ko’zgusida



Charaqlagan xilolsan

1-boshlovchi: Ayolning ona zotiga xos fazilatlarini sanab ado etib bo’lmasa kerak.U o’z nomi bilan hayot davomchisi.,go’zallik timsoli.

2-boshlovchi: Ona . Bu so’zda olam-olam ma’no bor.Onalik eng ulug’ baxtdir.

1-boshlovchi: Onalarning farzandda haqlari juda ko’pdir. Onalarga esa ko’p narsa kerak emas. Farzandi kamoli-ona iqboli.

Onalar chiqib she’r aytadilar:

1-ona


O’g’lim toleingda ikkinchi onang

Boshingda parvona mualliming bor

Ubilan yorug;dir qorong’u xonang

U to’shar umringni yo’llariga zar

2-ona

Men senga shunchaki ko’zlar berganman



Muallim o’rgatar ko’ra olmoqni

Dilbandim men senga ona bo’lganman

Senga o’rgatar u ona demoqni

3-ona


Men senga tilingni berganligim rost

Dono so’zlamoqni u o’rgatadi

Men senga qo’llaring berganligim rost

Qalam ushlamoqni u o’rgatadi

4-ona

Men senga sut berganligim rost, u esa =ziyo



Uningsiz yo’llaring bo’lmas oydin oq

Seni sevmog’imni biladi dunyo

Ammo u sevadi mendan ortiqroq

5-ona


Go’daklik chog’ingda bo’lganman bedor

Ham senga bag’shida etganman hayot

U esa yashashni o’rgatar ming bor

Seni deb bezovta yashar umrbod



2-boshlovchi:

Sinfdoshlar boshlaylik

Yalla navo-nazmini

Savol-javob,topishmoq

Topag’onlar bazmini

1-boshlovchi: Endi navbat tadbirimizning bellashuv qismiga. Bunda sinfimiz qizlari berilgan shartlar bo’yicha bellshadilar.

2-boshlovchi:

Marhamat bellashuv qatnashchilari bilan tanishing:

Sultonnazarova Mohinur

Madrimova Indira

Dushamova Dildora

Karimboyeva Xurshida

Komilova Gulhayo



Bellashuv shartlari bilan tanishing:

  1. Harflarga she’rlar.(Bunda qatnashchilar tanlagan harf bilan boshlanadigan she’r aytadi)

  2. Pazandachilik

. Men ingliz tilini o’rgandim” sharti,Bunda qatnashchilar 5ta so’zni ingliz tilida yozadilar

Bellashuvni hakamlar baholab boradi.



Shartlar bo’yicha hakamlar g’olibni aniqlashadi.Qatnashchilar rag’batlantiriladi.

Shodiyor:

Ona huzuriga shoshilib intiq

Poylarin tavof etmoqlik kerak

Onaday mehribon, onaday mushfiq

Toki ko’ksimizda urarkan yurak

Munis onalarning aksi-tal’ati,

Ko’rinar farzandning bo’yi-bastida

Ona bu –dunyoning noyobi xilqati

Jannat -onalarning oyog’I ostida



O’quvchilar “Bolalarning onasi” qo’shig’ini jonli ijro qilishadi.
Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling