Azotning davriy sistemadagi o’rni. Azot D.I.Mendeleyev davriy sistemasining II davr V guruh asosiy guruh elementi hisoblanadi. Sanoatdaazot havodan olinadi.azot rangsiz, hidsiz va mazasiz gazdir, suvda oz eriydi. Azot odatdagi temperaturada inert gaz. Qizdirilganda u metallarga nisbatan aktivlashadi. Ba’zi metallar bilan birikib nitridlar hosil qiladi. 3Ca + N2 = Ca3N2 Azot yuqori darajada vodorod, kislorod bilan birikadi. Azot ammiak ishlab chiqarish uchun elektr sanoatida elektr lampalarini to’ldirish, benzin omborlarida benzinni boshqa idishga haydash, laboratoriyalarda inert muhit, ya’ni oson oksidlanuvchi moddalarni havo kislorodi ta’siridan himoya qiluvchi muhit yaratish uchun ishlatiladi. Olinishi Labaratoriyada azot ammoniy nitratni qizdirib olinadi, reaksiya ikki bosqichda boradi. NH4Cl(kons) + NaNO2(kons) NH4NO2 + NaCl NH4 NO2 N2 + 2H2O Shuningdek, Br2 ta’sirida ammiakni oksidlab olinadi. 2NH3 + 3Br2 → 6HBr + N2 Juda toza azot olish uchun natriy azitni termik parchalash usulidan foydalaniladi. 2NaN3 2Na + 3N2 Sanoatda azot suyultirilgan havoni rektifikatsiyalash yo’li bilan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |