Ishqoriy va ishqoriy – yer metallarning nitridlari suvda gidrolizga uchraydi: Mg3N2 + 6H2O -->3Mg(OH)2 +2NH3 Azot kalsiy, alyuminiy va kremniylar bilan faqat yuqori xaroratda reaksiyaga kirishadi. Og’ir metallar (titan, sirkoniy, xrom, niobiy, tantal, toriy va uran) xam azot bilan nitridlar xosil qiladi; lekin bu metallarning nitridlari, ayniqsa toriy nitridi, suvda gidrolizlanmaydi. Ammiak NH3, gidrazin N2H4va azid kislota NH3 azotning vodorodli birikmalaridir. Gidroksilamin (NH2OH) xam azotning vodorodli birikmasi qatoriga kiradi. Ammiak tabiatda oksil moddalarning chirishidan xosil bo'ladi, bundan tashqari, u ammoniy tuzlari ( masalan, ammoniy xlorid) kuchli asoslar ta'siridan parchalanganda ammiak xosil bo'ladi: 2NH4Cl + Ca(OH)2 --> CaCl2+2NH3+2H2O Ammiakli suv – novshadil spirtni kizdirish yuli bilan xam laboratoriyada ammiak olinadi. Ba'zan nitridlar gidroliz qilinganda xam ammiak xosil bo'ladi. Sanoatda ammiak olish asosiy xom ashyo erkin xolatdagi vodorod bilan azotdir. Bu ikki moddadan ammiak sintez qilinadi: N2+3H2 « 2NH3 Ammiak o'ziga xos o’tkir xidli, rangsiz gaz. U suvda juda yaxshi (20o C da 1 l H2O da 700 l NH3) eriydi. Ammiak 20o C da va 8,5 atm bosimda suyuq xolatga o'tadi. Suyuq ammiak ba'zi anorganik moddalarni yaxshi eritadi, shuning uchun turli sintez reaksiyalarida erituvchi sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |