Mavzu: Badiiy adabiyot va mifologik tafakkur Mundareja: Kirish I bob. Mifologik va badiiy adabiyot munosabatlari
Bolalar folklorida mifologik elementlar
Download 276 Kb.
|
Badiiy adabiyot va mifologik tafakkur
1.2. Bolalar folklorida mifologik elementlar
Bolalar folklori - bu kichik hajmdagi, bolalarning o'zi va ular uchun tuzilgan va ijro etiladigan janrlarning umumlashtirilgan nomi. Bolalar folklorining janrlariga beshikdan o'spirinlikgacha bo'lgan bola hayotiga hamroh bo'ladigan qo'shiqlar va she'rlar kiradi: rasmlar, ashulalar, teaserlar, beshiklar, kichkina itlar, jumlalar, bolalar bog'chalari va sanoq qofiyalari. Bolalar folklori — ogʻzaki ijod namunalari. Odatda bolalar yoki ular uchun kattalar tomonidan yaratiladi. Folklor janrining tarkibiy kismi. Oʻzbek Bolalar folklori alla, ertak, ermaklar, tez aytish, topishmoq, bolalar oʻyin qoʻshiqlari, erkalama, masharalama va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Bolalar folklori bolaning tinglashiga, aytib yurishiga, oʻiiniga, qoʻshigʻiga moslangan boʻladi. Oʻzbekistonda Bolalar folklori namunalari toʻplam holida 1932 yildan nashr etila boshladi. Kattalar tomonidan yaratiladigan alla, ovutmachoq va erkalamalar onalar mehrmuhabbati bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularda goʻdakning istiqboliga oid orzuumidlar, bola yashayotgan muhit oʻz ifodasini topadi. Bolani belash, oʻtqazish, atakchechak yurgizish, sakratish, oʻynatish va ovutishlarda "Toytoy", "Bordibordi" va boshqa ovutmachoklar aytiladi. Bolalar qoʻshiqlarining koʻplari yil fasllari bilan boglik. "Boychechak", "Oftob chiqsi olamga", "Chittigul", "Laylak keldi, yoz boʻldi", "Qurbaqa", "Qaldirgʻoch" kabi qoʻshiqlarni bolalar tom boshida, dalalarda, qishloq koʻchalarida aytishadi. Ular bahor kelishi, yomgʻir yogʻishi, quyoshning olamni isitishi, ilk chechak, birinchi qor kabi fasl va tabiat hodisalari bilan bogʻliq. "Bu bogʻchada olicha", "Zuvzuv boragʻon", "Chamandagul", "Oq sholi, koʻk sholi" va boshqa qoʻshiklar turli davrda aytilaveradi. Ularda ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik, hunar va sanʼat bilan bogʻliq mehnat jarayonlari, kattalar xattiharakatlariga taqlid aks etadi. Oʻyinlar ham, qoʻshiqlar ham bolalarning akliy va jismoniy kamolatga yetishiga yordam beradi, ularda zavq uygʻotadi. Oʻyinlar Bolalar folklori ning murakkab turi boʻlib, ularda drama va musiqa unsurlari chatishib ketadi. Oʻyinlarni kichik yoshdagi bolalar "Choriy chambar", "Hakkalakam" kabi sanama oʻyinidan, katta bolalar "Qushim boshi" degan topishmoqdan boshlaydi. Bolalar bogʻchalari, maktablarda oʻyinlardan keng foydalaniladi. Bolalar folklori yosh avlodni intizomli, jasur, qatʼiyatli, qiyinchiliklarni yengishga, oʻrtoqlariga yordam berishga tayyor boʻlish singari yaxshi sifatlarga ega boʻlib oʻsishlariga yordam beradi. Uning ayrim namunalari maktab darsliklari va oʻqish kitoblariga kiritilgan. Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida mifologik dunyoqarash unsurlari.Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asaridagi she’riy parchalarturkiy xalqlarning eng nodir adabiy yodgorligi bo’lishidan tashqari, qadimgi davr haqida ma’lumot beruvchi asosiy manbadir. Devondagi Alp Er To’nga nomi bilan bog’liq parchalar tugal bir asarni tashkil etgan degan fikrlar bor. Alp Er To’nga tarixiy shaxs bo’lib, ayrim manbalarga ko’ra eramizdan oldingi VII asrlarda yashagan bu shaxs haqida ko’plab sarlarda ma’lumot beriladi. Jumladan, Mahmud Koshg’ariy o’z asarida Alp er To’nganing forscha nomi Afrosiyob ekanini ta’kidlaydi. Alp turkcha bahodir, To’nga yo’lbarsga o’xshash hayvon. U kuchlilikda filni yiqitadi. Er –shijoatli odamdir. Alp Er To’nganing ma’nosi “yo’lbars kabi kuchli, bahodir er kishi demakdir Uning asl ismi Maday bo’lgan. Eronliklar uni Afrosiyob deb atashgan. Firdavsiyning “Shohnoma” asarida ham Afrosiyob Turonning podshosi bo’lganligi, uning mard, jasur va tadbirkor podshoh bo’lganligi haqida ma’lumotlar beriladi. Umuman, Alp er To’nga haqida Sharq adabiyotida ko’plab asarlar yozilgan. Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” kitobida Alp er To’nga haqida yozilgan dostondan ko’plab parchalar keltirilgan. Bularda Alp er To’nganing qahramonliklari, Turon tuprog’ini chet el bosqinchilaridan himoya qilishi, Eron bilan olib borgan janglari hikoya qilinadi.Turkiy xalqlarning kelib chiqishi haqida bir necha afsonalar bor. Ulardan birida quyidagi voqea bayon etiladi: “G’arbiy dengiz qirg’og’ida yashagan turkiylarning otaboblari qo’shni qabilalar tomonidan qirib tashlandi. Faqat o’n yoshli bola yashirinib tirik qoldi. O’sha yerda yashaydigan urg’ochi bo’ri unga xotin bo’ldi. Ochlikdan qutqarish, dushmanlardan yashirinish uchun bo’ri o’sha bolani olib Turfon tog’lariga qochib ketdi. Tog’da bir g’or bor edi. U yerda urg’ochi bo’ri o’nta bola tug’di. Bolalarning otasi o’sha qutqarilgan turk edi. Bo’ri bolalari Turfondagi ayollarga uylandi. Har bir boladan bir urug’ kelib chiqdi. O’g’illaridan birining ismi Ashin edi. Uning nomi hamma qabila nomini anglatadigan bo’ldi. Ashin boshqa aka-ukalariga qaraganda qobiliyatliroq, ham aqlliroq edi. Shu sababli Ashin yangi qabilaning dohiysi bo’lib qoldi. Urug’ soni asta-sekin bir necha yuz kishiga yetdi. Ashinning merosxo’rlaridan biri, qabila dohiysi Asyan shad bo’ri avlodlarini Turfondan Oltoy yerlariga olib keldi. Bo’ri avlodlari bu yerda jujanlarning fuqarosiga aylanib, ularga temir qazib berar edilar. Oltoyda ular turk nomini oldilar. Afsonaga ko’ra, “turk” so’zi Oltoy tog’ining eng qadimgi nomidan kelib chiqqan” Yana bir afsonada ham bo’ri kulti amoyon bo’ladi: Turk qabilasining ota-bobolari shajarasi So saltanatiga borib taqaladi. Bu saltanat Oltoyning shimolida joylashgan edi. Qabila boshlig’i Abanbuning o’n yettita ukasi bor bo’lib, shulardan biri Ichasin Ishid “Bo’ri o’g’li” deb nom olgan edi. So saltanati dushmanlar tomonidan kunpayakun qilindi. Omon Qolganlari qirilib ketdilar. Bo’ri o’g’li juda tadbirkor edi. Shu sababli imkoniyat topib, urug’ini qiyin ahvoldan olib chiqdi.Uning o’g’illaridan biri Oqqush bo’lib, Abakan daryosi bo’ylarida hukmronlik qildi. Ikkinchi o’g’li sa egu saltanatiga asos soldi. Bu saltanat Kama daryosi bo’ylarida edi. Uchinchi o’g’li esa Chjuchje daryosi bo’ylarida hukmronlik qildi. Katta o’g’li Nudulu shad G’arbiy Sayanga o’rnashdi. Nudulu shadning o’nta xotini bo’gan.Uning o’g’illari onasining qabilasi nomini oldilar. Eng kichik xotining o’g’-li Ashin edi. Nudulu shad vafotidan keyin taxtga birontasi o’tirishi kerak edi.Shunda aka-ukalar, kimki kuchli va epchil bo’lsa, o’sha urug’ yo’lboshchisi bo’ladi, deb qaror qildilar. Musobaqada Ashin g’alaba qildi. U Asyan shad nomini olib, urug’ boshi bo’ldi. Uning vafotidan keyin esa o’g’li Tuu taxtga o’tirdi. Tuuning o’g’li Tumin (Bo’min) turk hoqonligiga asos soldi” Hodi Zarif o’zbek folklorshunosligi asoschisi. Zarifov Xodi Tillayevich (1905.20.03 - Toshkent - 1972.13.01) - o’zbek folklorshunosligi asoschisi. O’zbek xalq og’zaki ijodi asarlarining to’plovchisi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967), filologiya fanlari doktori (1965), proffesor (1967). Eski va yangi usuldagi maktablarda boshlang’ich ta'lim olgan. Boku o’qituvchilar seminarida o’qigan (1923-1926). O’zbekistondagi maorif, va madaniyat muassasalarida ishlagan (1926-1930). Moskvadagi sobiq Ittifoq xalqlari markaziy muzeyida ilmiy xodim (1930-1931), O’zbekiston Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti etnografiya sho’'basi boshlig’i (1931-1934), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va Adabiyot institutida folklor bo’limi mudiri (1934- 1939; 1956-1965; 1960-1972), direktor (1944-1948), direktor o’rinbosari (1955-1962), ensiklopediya bo’limi boshlig’i (1965-1968), Navoiy ko’rgazmasi (Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi) ning birinchi direktori (1939-1956), Sharq qo’lyozmalari (Sharqshunoslik) institutining direktor o’rinbosari (1943-1944), Navoiy ijodini o’rganish qo’mitasining ilmiy kotibi (1957-1972). Zarifov Xodi o’zbek xalq baxshilaridan «Yusuf bilan Ahmad», «Yodgor», «Ravshan», «Rustamxon», «Ochildov» kabi mashhur dostonlarni yozib olgan, shuningdek, ertak, qo’shiq va maqollar, dialektologiya oid materiallar, tarixga oid hujjat va yodnomalar to’plagan. Ergash Jumanbulbul o’g’li, Fozil Yo’ldosh o’g’li, Nurmon Abduvoy o’g’li, Abdulla Nurali o’g’li, Xolyor Abdukarim o’g’li, Ahmad baxshi Matnazar o’g’li, Bola baxshi kabi xalq san'atkorlari, ular ijodi haqida ilmiy maqolalar yozgan. O’zbek eposi masalalari, baxshilik san'ati, xalq shoirlarining epik repertuarining g’oyaviy-badiiy mundarijasi, o’zbek folklorshunosligining asosiy taraqqiyot yo’llarini tadqiq etishga alohida e'tibor bergan. Zarifov Xodi o’zbek folklorshunosligida o’z maktabini yaratdi. O’zbek adabiyoti tarixi, dialektologiya, leksikologiya, arxeologiya masalalariga oid ilmiy ishlar muallifi («Lug’at ham termin to’plovchilarga qo’llanma», 1934; «Lutfiy va Navoiy», 1948; «Folklor va arxeologiya materiallarini qiyosiy o’rganishga doir», 1958 va boshqalar).Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi o’zbek folklori bo’limiga Zarifov Xodining yodgorlik byusti (muallif A. Shoymurodov, 1984) qo’yilgan. Toshkent ko’chalaridan biriga uning nomi berilgan. Hodi Zarif oʻzbek xalq baxshilaridan “Yusuf bilan Ahmad”, “Yodgor”, “Ravshan”, “Rustamxon”, “Ochildov”, “Malika ayyor”, “Jizzax qoʻzgʻoloni” kabi mashhur dostonlarni yozib olgan, shuningdek, ertak, qoʻshiq va maqollar, dialektologiya va etnografiyaga oid materiallar, tarixga oid hujjat va yodnomalar toʻplagan. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Nurmon Abduvoy oʻgʻli, Abdulla Nurali oʻgʻli, Xolyor Abdukarim oʻgʻli, Ahmad baxshi Matnazar oʻgʻli, Bola baxshi kabi xalq sanʼatkorlari, ular ijodi haqida ilmiy maqolalar yozgan. Hodi Zarif (Zarifov Hodi Tillayevich) (1905.20.3 — Toshkent — 1972.13.1) — oʻzbek folklorshunosligi asoschisi. Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi asarlarining toʻplovchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), filol. fanlari dri (1965), prof. (1967). Eski va yangi usuldagi maktablarda boshlangʻich taʼlim olgan. Boku oʻqituvchilar seminariyasida oʻqigan (1923—26). Oʻzbekistondagi maorif, va madaniyat muassasalarida ishlagan (1926—30). Moskvadagi sobiq Ittifoq xalqlari markaziy muzeyida ilmiy xodim (1930—31), Oʻzbekiston Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti etnografiya shoʻbasi boshligʻi (1931—34), Oʻzbekiston FA Til va Adabiyot in-tida folklor boʻlimi mudiri (1934— 39; 1956—65; 1960—72), direktor (1944—48), direktor oʻrinbosari (1955—62), ensiklopediya boʻlimi boshligʻi (1965—68), Navoiy koʻrgazmasi (Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi)ning birinchi direktori (1939—56), Sharq qoʻlyozmalari (Sharqshunoslik) institutining direktor oʻrinbosari (1943—44), Navoiy ijodini oʻrganish qoʻmitasining ilmiy kotibi (1957—72). Hodi Zarif oʻzbek xalq baxshilaridan “Yusuf bilan Ahmad”, “Yodgor”, “Ravshan”, “Rustamxon”, “Ochildov”, “Malika ayyor”, “Jizzax qoʻzgʻoloni” kabi mashhur dostonlarni yozib olgan, shuningdek, ertak, qoʻshiq va maqollar, dialektologiya va etnografiyaga oid materiallar, tarixga oid hujjat va yodnomalar toʻplagan. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli, Fozil Yoʻldosh oʻgʻli, Nurmon Abduvoy oʻgʻli, Abdulla Nurali oʻgʻli, Xolyor Abdukarim oʻgʻli, Ahmad baxshi Matnazar oʻgʻli, Bola baxshi kabi xalq sanʼatkorlari, ular ijodi haqida ilmiy maqolalar yozgan. Oʻzbek eposi masalalari, baxshilik sanʼati, xalq shoirlarining epik repertuarining gʻoyaviybadiiy mundarijasi, oʻzbek folklorshunosligining asosiy taraqqiyet yoʻlla rini tadqiq etish ga alohida eʼtibor bergan. Hodi Zarif oʻzbek folklorshunosligida oʻz maktabini yaratdi. Oʻzbek adabiyoti tarixi, dialektologiya, leksikologiya, etnografiya va arxeologiya masalalariga oid ilmiy ishlar muallifi (“Lugʻat ham termin toʻplovchilarga qoʻllanma”, 1934; “Lutfiy va Navoiy”, 1948; “Folklor va arxeologiya mate riallarini qiyosiy oʻrganishga doyr”, 1958 va b.). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973). Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi oʻzbek folklori boʻlimiga Hodi Zarifning yodgorlik byusti (muallif A. Shoymurodov, 1984) qoʻyilgan. Toshkent koʻchalaridan biriga uning nomi berilgan. To’ra Mirzayev – folklorshunos. To’ra Mirzaev 1936-yilda tug’ilgan. Buxoro davlat pedagogika institutini 1957-yilda tamomlagan. 1960-yilgacha Surxondaryo viloyatida o’qituvchilik qilgan. 1961-yildan buyon O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot institutida aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, bo’lim mudiri, institut direktori vazifalarida ishlagan. O’zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor To’ra Mirzaevning “Alpomish” dostonining o’zbek variantlari”, “Xalq baxshilarining epik repertuari”, “Doston va baxshi” monogarafiyalari hamda yigirmadan ortiq risola va kitoblari nashr etilgan.3 Folklorshunosligimiz tarixida birinchi marta dostonning akademik nashri tayyorlandi. “Fan” nashriyotida chop etilayotgan 53 bosma taboq hajmidagi bu kitob yaqin kunlarda kitobxonlar qo’liga borib yetadi. Dostonning Po’lkan va Ergash Jumanbulbul o’g’li, Berdi baxshi, Bekmurod Jo’raboy o’g’li variantlari alohida-alohida kitob sifatida nashr etilmoqda. Ulkan dostonchi Saidmurod Panoh o’g’li varianti “Yodgor” dostoni bilan birgalikda lotincha imlodagi yangi o’zbek alifbosida nashrga tayyorlandi. Shuningdek, dostonning qoraqalpoq versiyasining G’iyos Jirov variantidan parchalar nota yozuvi bilan birgalikda kitob holida chop etildi. Professor Fayzulla Karomatli tayyorlagan bu xildagi nashr fol`klorshunosligimiz tarixida birinchi marta amalga oshirildi. Shu kunlarda “Alpomish” — o’zbek xalq qahramonlik eposi” nomli tadqiqotlar to’plami, “Alpomish” dostoni va jahon xalqlari epik ijodiyoti” mavzuidagi xalqaro konferentsiya ma’ruzalarining tezislari chop etilmoqda. Atoqli o’zbek olimi Hodi Zarifning aniqlashicha, jonli og’zaki ijro sharoitlarida asrlar davomida kuylab kelinayotgan “Alpomish” dostoni ilmiy doiralarga 1890 yildagina ma’lum bo’lgan. Fayzullayeva M, Rahimova Z, Rustamova M. “ Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini o’stirish”. Toshkent-2010. 120-257 bet 3 Download 276 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling