Mavzu: Badiiy adabiyot va mifologik tafakkur Mundareja: Kirish I bob. Mifologik va badiiy adabiyot munosabatlari
Download 276 Kb.
|
Badiiy adabiyot va mifologik tafakkur
- Bu sahifa navigatsiya:
- I Bob. Mifologik va badiiy adabiyot munosabatlari
Kurs ishining obyekti. Badiiy adabiyot va mifologik tafakkurni rivojlantirish.
Kurs ishining predmeti. Mifologik va badiiy adabiyot munosabatlari ustida ishlash metodlari, mazmuni, shakl va usullari. Kurs ishining maqsadi. Mifologik va badiiy adabiyot metodlardan foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017 yil 67-68 bet1 I Bob. Mifologik va badiiy adabiyot munosabatlari Mustaqillik yillarida xalq og’zaki ijodining davlat maqomiga erishishi, mifologik tasavur va bilimlarni o’rganish Mif XIX asrga kelganda ilmiy o‘rganildi, Uning tabiati, genezisi, mazmun-mohiyati, yo‘nalishlari haqida ilmiy mulohazalar o‘rtaga tashlandi. Natijada fanda mifologik maktab nomi bilan ataladigan alohida yo‘nalish paydo bo‘ldi. U haqida o‘zbek adabiyotgunos olimlari – D. Quronov, Z. Mamajonov va M. Sheraliyevalar tomonidan tayyorlangan “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da quyidagilarni o‘qish mumkin. “Mifologik maktab” – XIX asr Yevropa adabiyotshunosligida vujudga kelgan ilmiy yo‘nalish. Mifologik maktabning falsafiy negizini F.Shelling, A.Shlegel va F.Shlegel kabi mutafakkirlar ta’limoti tashkil etadi. Bu mutafakkirlar estetikasida miflar juda katta o‘rin tutadi. Ularga ko‘ra, adabiyot va san’atning vujudga kelishiga miflar asos bo‘lgan, mif – poeziyaning javharidir. Ma’lumki, romantizm ekzotikaga moyillik bilan xarakterlanadi, ayni shu narsa xalq og‘zaki ijodiga qiziqish kuchayganining bosh omili bo‘ldi. Zero, klassitsizm davri sig‘ingan antik etalonlardan, ma’rifatchilik topingan aql kultidan bezgan romantizm vakillari xalq og‘zaki ijodida chinakam ekzotika, bitmas-tuganmas xazinani ko‘rdilar. Shuning uchun xalq og’zaki ijodi namunalarini to‘plash va nashr qilish, ularni atroflicha tadqiq etish ishlari avj oldi. Bunda nemis olimlari – aka-uka Grimmlar, ayniqsa, jonbozlik ko’rsatdilar: 1812-yilda ular To’plagan ertaklarning ilk jildi chop etildi; folklorshunoslik sohasidagi tadqiqotlari asosida “Nemis mifologiyasi” (1835) asari yaratilib, unga mifologik maktabning nazariy qarashlari tugal shakllantirildi. Aka ukalar adabiyotning paydo bo’lishini nemis romantizm falsafasidagi xalq ruhi tushunchasi bilan bog‘laydilar: g‘aybdan ilhomlantiriluvchi xalq ruhi avval miflarni yaratadi, keyin esa miflardan epos, ertak, lirik qo‘shiq va h.k. boshqa janrlar tug‘iladi; ilohiy ilhom tufayli yaralgani uchun ham folklor – xalq ruhining anglanmagan ijod mahsuli, uning shaxssizligi ham shu bilan bog‘liqdir. Aka uka Grimmlar turli xalqlar folklorini qiyosiy o‘rganishadi, ularda kuzatiluvchi o‘xshashliklarni esa, xuddi barcha hind-Yevropa tillari uchun umumiy bobo til (sanskrit) bo‘lgani kabi, barcha xalqlar (xususan, hind-Yevropa xalqlari) uchun umumiy qadimgi mifologiya mavjud bo‘lgani bilan izohlashadi. Yevropaning turli mamlakatlarida ko‘plab izdoshlari bo‘lgan mifologik maktabning ilmiy izlanishlari, asosan, ikki (etimologik va analogik) yo‘nalishda kechdi. Birinchi yo‘nalish (A.Kun, M.Myuller, F.Buslayev va b.) o‘z oldiga qadimgi miflar mazmunini tiklash, ularning paydo bo‘lish sabablarini aniqlashni maqsad qilib qo‘ysa, ikkinchisi (V.Shvars, V.Manxard va b.) turli xalqlar folklorini qiyosiy o‘rganish orqali o‘xshashliklarni aniqlash yo‘lidan bordi. M.m.ning bir qator qarashlarini keyingi davr adabiyotshunosligi inkor qilgan bo‘lsa-da, u adabiy nazariy tafakkur taraqqiyotida sezilarli iz qoldirdi. Jumladan, xalq og zaki ijodi namunalarini yozib olish va chop etish ishlarining yo‘lga qo‘yilgani, mifologiya, folklor va yozma adabiyot namunalarini qiyosiy o‘rganishning boshlab berilgani bevosita mifologik maktab. Faoliyati bilan bog‘liqdir. Shuningdek, M.m.ning nazariy qarashlarini ijodiy rivojlantirib (ritual-mifologik tanqid) yoki inkor qilgan holda (sayyor syujetlar nazariyasi) yangi yo‘nalishlarning maydonga chiqqani ham uning adabiyotshunoslik rivojiga jiddiy ta’sir etganinini ko‘rsatadi” Folklor, mif va yozma adabiyot mushtarakligi. Bu uch tushuncha bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Chunki mifologik qarashlardan folklor kelib chiqqani kabi, yozma adabiyot ham, o‘z navbatida, har ikkalasi bulog‘idan hali-hanuz suv ichib keladi. Jahon adabiyotida mif va folklorda aks etgan g‘oyalarga suyanib, ulardan ta’sirlanibyozilgan asarlar ko‘p. Homerning “Iliada” va “Odisseya”si, Esxilning “Zanjirband Prometey”, Safoklning “Shoh Edip”, Evripidning “Medeya”, Dantening “Ilohiy komediya”, Navoiyning “Lison ut-tayr”, Gyotening “Faust”, Tomas Manning “Sehrli tog‘” romani asarlarining negizida mif yotadi. Yoki Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani boshqa ko‘plab ildizlar qatori, o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan oziqlanganligi, yozuvchining o‘z e’tirofidan tashqari, asarning shundoq kompoziyasiyasidan bilinib turadi. Mazkur tamoyil hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Bugungi o‘zbek adabiyotida ham qadimgi afsonalarga murojaat qilish tez-tez uchrab turibdi. Kengesboy Karimovning “Ulug‘ dasht bo‘rilari”, Xurshid Do‘stmuhammadning “Sizif” kabi romanlari, Nazar Eshonqulning “Vola” kabi hikoyalarida Sharq va G‘arb afsonalariga yangi, zamonaviy mazmun yuklashga harakat qilingan. K.Karimovning romanida bo‘ri afsonasiga murojaat bor. Ma’lumki, qadimgi turklar, italyanlar va kavkazliklarda bo‘riga alohida munosabat mavjud bo‘lib, bu kult ming yillar mobaynida shakllangan. Chunonchi, qadimgi turklarning bo‘ri haqidagi turli afsonalaridan biriga ko‘ra, turkiylarning 92 urug‘i ota bo‘ridan tarqagan ekan, yoki yana bir boshqa asotir aytadiki, turkiylar ona bo‘ri va dushman tomonidan qirib tashlangan urug‘dan tirik qolgan 10 yoshli o‘g‘il boladan to‘ragan. Ona bo‘ri joni omon qolgan bolani qo‘l-oyoqlari kesib tashlangan holda topib oladi. Uni bo‘ri parvarishlab boqib oladi. Oradan vaqtlar o‘tib esa, ona bo‘ri bolalaydi. Afsona turkiylarning ana shu tarzda paydo bo‘lganligini aytadi. Bo‘ri kultining tug‘ilish sababi shunday izohlanadi. K.Karimovning romanida shu asotir keltiriladi va yozuvchi badiiy niyatining ochilishiga xizmat qildiriladi. “Xo‘sh, zamonaviy yozuvchi nima uchun miflarga murojaat qiladi?” degan haqli savol tug‘iladi. Axir, miflar qadim tafakkur shaklining mahsuli bo‘lsa, undan keyin bashar ahli diniy va ilmiy tafakkur shakllarini bildi. Hozirda chaqmoq chaqishi yo shamol turishini hech kim Olimp tog‘idagi ilohlarning kayfiyatiga, kun va tunni esa bahaybat devning qo‘lini ko‘tarib tushirishiga bog‘lamaydi. Bularning hammasiga bugungi insonning aniq ilmiy isbotlari bor. Yani ilmiy tafakkur insoniyatni xurofotning to‘ridan xalos qildi, ekin nega haligacha miflar yashayapti? Chunki shunday miflar borki, ularning zimnida bugungi kun muammolariga eng qisqa va eng ishonarli javoblar yashiringan bo‘ladi. Hozirda, yuksak darajada rivoj topgan zamonaviy dunyoda ham bashariyat qarshisida shunday shafqatsiz (javobsiz) savollar paydo bo‘lib turadiki, ularning yechimiga eng ko‘p miflar yaqin kelishi kishini hayratlantiradi. Shuning uchun ham biz miflarga murojaat qilamiz. Yuqorida keltirilgan “Pandora haqidagi mif”ni yoki bilgamishning boqiy hayot suvini qidirishidan so‘zlaguvchi afsonani oling, yoki ijod tabiatini tushuntirib berishga qaratilgan mif-afsonalar ham G‘arbda, ham Sharqda mavjud. Yunon mifiga ko‘ra, jazoga mustahiq etilgan odam misdan yasalgan ho‘kiz ichiga solinib, ostidan olov yoqiladi. Mis ho‘kiz qizib, jazolanuvchiga mislsiz azob beradi. U dod soladi, ammo ho‘kizning og‘ziyu burnida shunday maxsus teshkichalar bor bo‘lib, odamning faryodi ulardan chiqarkan, quloqqa yaqadigan hush nolaga aylanadi. Bu yoqda – maydonda esa, ishtiyoqmand xaloyiq yoqimli nolani jon quloqlari bilan eshitib huzurlanadi. Bu mifni mis ho‘kiz ichida faryod chekayotgan odam – ijodkor, uning ohu nolasidan rohatlanayotganlar esa o‘quvchi, deya tushunish-tushuntirish ham mumkin.2 Inson dunyoga kelgan kunidan boshlab, to hayotining eng so‘nggi lahzasigacha o‘zi mansub xalqning qadriyatlari, an’analari ichida ulg‘ayadi, kamol topadi. Hatto o‘zini folklorga begona deb bilgan, bu atama ta’rifidan mutloqa yiroq bo‘lgan kishi shu an’analar ichida ulg‘aygan, uning ongi, shurri shu qadim an’analari tas’sirida shakllangan bo‘ladi. Har bir sohaning o‘z tarixi bo‘lganidan, folklorshunoslik borasidagi izlanishlarning ham o‘z ildizlari mavjud. Bu izlanishlar ildizi olis o‘tmishga borib taqaladi. Mahmud Koshg‘ariy zamonidan to bugungi kungacha xalq og‘zaki ijodi haqida nimaiki aytilgan, yozilgan bo‘lsa bularning bari o‘zek xalq og‘zaki ijodini o‘rganishga o‘zining munosib ulushini qushgan. Mamlakatimiz mustaqillikka erishish ostonasida birinchi Prezidentimiz tomonida ko‘plab hayotbash farmonlar bilan bir qatorda, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va Navro‘z bayramini qayta tiklanishi xalqimizning ma’naviy hayotida katta iz qoldirdi. Shubhasiz, aytish mumkinki, bugun mamlakatimiz iqtisodiy, madaniy sohada nimaiki yutuqlarga, yuksalishlarga erishgan bo‘lsa, ana shu sayi harakatlarning alohida o‘rni bor. Zero, til millat tafakkurining shakllantiruvchi bir mezondir. Til va tafakkur bir biriga bog‘liq jarayon. Millatning til ravnaqi shubhasiz uning badiiy asarlarida namoyon bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodi ana shunday tafakkurni shakllantiruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Babayeva D. R. “Bolalar nutqini o’stirish nazariyasi va metodikasi”. Toshkent “ Barkamol fayz media”. 2018 25-69 bet 2 Folklor turli davrlarda turlicha o‘rganilgan, turlicha yondoshuvlar bo‘lgan, biroq mustaqillikdan keyin u tom ma’noda yangicha mazmun va mohiyat kashf etdi. «Alpomish» dostonining ming yilligi alqaro miqyosda keng nishonlandi, «O‘zbekiston xalq baxshisi» degan unvon joriy etildi. Bu esa milliy ma’naviyatimizning asoslaridan biri bo‘lgan xalq ijodining yuksalishiga xizmat qildi. «Alpomish» dostoni millatimizning o‘zligini namoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir, –deb yozadi birinchi Perezidentimiz Islom Karimov o‘zining «Yuksak ma’aniyat – yengilmas kuch» kitobida. – Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas doston bo‘lsa, «Alpomish» ana shu dostonning shoh bayti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi». Bu nafaqt «Alpomish» dostoniga, balki, butun folklor asariga, milliy – ma’anaviyatimizga berilgan yuksak bahodir. Shuning ham mustaqillikka erishganimizdan keyin folklor milliy ma’anaviyatimizni shakllantiruvchi asosiy omillardan biri sifatida o‘rganib kelinmoqda. Mustaqillik davridan oldin folklor asarlari o‘rganilmaganmi, nashr etilmaganmi degan haqli savol tug‘ilishi tabiiy. O‘rganilgan, tadqiq etilgan va nashr ham etilgan. Biroq, bu nashrlar mukammal nashrlar emasdi. Ularda ko‘plab qisqartirishlar, buzib talqin qilinishlarga yo‘l qo‘yilgandi. Birgina misol: „Rustamxon” dostonining fol’klor arxivida saqlanyotgan qo‘lyozmasida Sultonxonning farzandli bo‘lish oldidan tush ko‘rgani shunday tasvirlanadi.„ Sultonxon ul kecha yotib tush ko‘rdi. U tushida shunday ayon bo‘ldi.Bu xudoy bergan farzanding, Qurudum mamlakatiga safar qilsang, o‘n to‘rt jil deganda borib kelsang shu bolang turadi, bo‘lmasa nobud bo‘ladi”. .). Bu tush motivi Sultonxonning Qurudum malakatiga safarga chiqishining sababini hamda tug‘ilayotgan farzand Rustamning oddiy farzand emas, - ilohiyot bilan bog‘liqligini ko‘rsatuvchi muhim bir jihatdir. Aytish mumkinki, doston ana tush motivi bilan boshlanadi va doston so‘ngidagi voqealar shu tush bilan bog‘liq holda kechadi.Biroq „Rustamxon” dostonining 1965-yilgi va 1985-yilgi nashrlarida bu motiv tushirib qoldirilgan. Oqibatda Sultonxonning safarga chiqishi ham noayon bo‘lib qoladi, yoxud qulyozmada: Ko‘rolmaysan, bildim yolg‘iz qo‘zingdi, Kelgin sarson opa, endi birga jilayik, - deya Ximchaoyim Xuroyimga murojaat qiladi. Bu murojaatda „ Sarson, sargordan, ya’ni avvora bo‘lgan opa,kelgin, birga yig‘laylik ” , -deyilayapti. Nashrda esa oxirgi misra: „ Kelgin, chopson, opa , endi birga yig‘laylik ” - tarzida berilganki, oqibatda chopson so‘zining misradagi ma’nosi noaniq bo‘lib qolgan. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Folklorni tadqiq etish borasida mafkuraviy tazyiq va chegaralanishlar ta’siri yaqqol sezilib turadi. Shuning uchun mustaqillik davri folklorshunosligi tamomila bir yangi folklorshunoslikdir. Bugungi kunda ham faol ijod qilib kelayotgan T.Mirzayev, O.Safarov, O.Madayev, M.Jo‘rayev, SH.Turdimov, J. Eshonqulov kabi folklorshunos olimlarning izlanishlarini alohida ta’kidlab o‘tish joiz. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari»ning 100 jildligi nashr etish yo‘lga qo‘yildi. Bu loyihaning amalga oshishi shubhasiz mamlakatimiz ma’naviy hayotida ulkan voqea bo‘ladi. Bugungi kunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kitobxonlikka, umuman ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Zero, ma’aniyat masalalari hamm davrda eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib kelgan. XX asar boshida ma’rifatparvar jadidchilar til, adabiyot va tarbiya masalasi o‘z davri uchun muhimligini urg‘ulashgan. Bu bejizga emas, millatning mavjudligi, erkinligi, ozodligi, taraqqiyoti uning tilidan, tafakkuri – ma’aniviyatidan boshlanadi. Biz bugun global jamiyatda yashayapmiz. Tilimizga, madaniyatimizga, o‘zligimizga bo‘layotgan ma’anaviy tahdid ko‘lami ham globaldir. Biz har qancha ma’aniyat to‘g‘risida qayg‘urmaylik, jon koyitmaylik bizni qurshab turgan muhit ommaviy madaniyat ta’siri ostida ekan, bolalarimiz tili va tafakkuri shu madaniyat ostida shakllanayotgan ekan bizning qilayotgan barcha urinishlarimiz o‘z samarasini bermaydi. Shu ma’noda bugungi folklorni o‘rganish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi. Inson ma’aniyatini yuksaltirishda folklorning o‘rni haqida gap ketar ekan, aslida bu jarayon bolaning tug‘ilishidan boshlanadi. Momolarimiz, onalarimiz aytgan allalar, erkalamalar, aytimlar, topishmoqlar, tez aytishlar, ertak va qo‘shiqlar bolaning tili, dunyoqarashining shakllanishiga xizmat qiladi. Xalq o‘yinlari esa bolaning ham aqlan, ham jismonan ulg‘ayishi uchun muhim omillardan biridir. Bola ana shu qadim an’ana va qadriyatlar ichida voya yetadi, biroq bugungi global jamiyatda ulg‘aygani sari go‘yo bu muhitga begona bo‘la boshlaydi. Bu begonalik eng avvola har qadamda o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatayotgan ommaviy madaniyat ta’siridan boshlanadi. Bularning barchasi ma’anaviyat ravnaqiga emas, aksiga xizmat qiladi. Bu muammolarni bartarf etish uchun esa, ta’lim jarayonining barcha bug‘inlarida, maktabgacha ta’limdan to oliy o‘quv yurtida til o‘qitishda, o‘rganishda folklorga va yana folklorga qaytib ish ko‘rish lozim bo‘ladi. Xalqning til boyligi birinchi galda uning folkorida namoyon bo‘ladi. Biror bir xalqning qanday xalqligini bilish uchun uning folklorini o‘rganish zarur. Folklorda xalqning til imkoniyatlari, mushohadi tarzi, ijodiy quvvati aks etgan bo‘ladi. Og‘zakilik, variantlilik folklorning o‘ziga xos xusiyati bo‘lib u xalq ijodi namunalari bevosita jonli ijro jarayoni bilan bog‘liq ekanligini urg‘ulaydi, ya’ni folklor asarlariga turg‘unlik xos emas, u har galgi ijroda o‘zgaradi, yangilanadi, bu esa badiiy til imkoniyatlarining yuksak namoyishi demakdir. Shuning uchun aytish mumkinki, folklor - shunchaki so‘z san’ati namunasigina emas, balki xalqining til zahirasi, tushuncha va tafakkur tarzini bor bo‘y basti bilan o‘zida aks ettirgan, olis o‘tmishdan to bugungi kungacha jonli holatda xalqning o‘zi bilan birga yashab kelayotgan doimiy harakatdagi tarixi va madaniyati hamdir. Folklor asarlarida birinchi navbatda mifologik tafakkurdan poetic tafakkurga o‘tish jarayoni aks etgan ekan, demak til tarixini o‘rganishda xalq ijodi namunlariga suyanib ish ko‘rish lozim bo‘ladi. Tildagi hech bir so‘z o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, u zarurat tufayli tarixiy taraqqiyot jarayonida yuzaga keladi va yoki o‘zlashadi. Download 276 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling