Mavzu: Badiiy asar tili Kirish I bob. Badiiy asar tili


“MIRZO ULUG’BEK” TRAGEDIYASIDA NUTQDA HAQORAT EMASIGA USLUBIY XOSLANISHI


Download 66.43 Kb.
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi66.43 Kb.
#1495114
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi F

2.2 “MIRZO ULUG’BEK” TRAGEDIYASIDA NUTQDA HAQORAT EMASIGA USLUBIY XOSLANISHI
Mirzo Ulug'bek - Amir Temurning suyukli nabirasi, ya'ni to'rtinchi o'g'li Shohrux Mirzoning farzandi, u bobosi Temurning barcha yurishlarida ishtirok etgan. Buyuk olim va hukmdor haqida tarixiy maTumotlarni ko'plab keltirish mumkin. Bu ishni tarixchi olimlarimizga qo'yaylik-da, suhbatimizni yuqorida siz tanishib chiqqan drama voqealari xususida davom ettiraylik. Ushbu sahna mazmunidan ma'lum bo'lganidek, ulug' adibimiz Maqsud Shayxzoda mazkur asarni yaratishda jiddiy tayyorgarlik ko'rgani, dramani yozishda behisob ilmiy-tarixiy manbalarga tayangani ko'rinib turibdi. Adib asarda Ulug'bek yashagan davrni, u hukmronlik qilgan saroy muhitini ko'z o'ngimizda yaqqol gavdalantirgan. Mirzo Ulug'bek hayotida ko'p voqealar yuz bergan. U oliy hukmdor, buyuk olim sifatida ko'p narsalarni o'z boshidan kechirgan. Bularni besh pardali tarixiy fojiaga sig'dirib bo'lmasligini bilgan M. Shayxzoda ushbu asarga asosan ikki yo'nalishdagi voqealarni, ya'ni saroy ixtiloflari va buyuk olim olib borgan ilmiy izlanishlarni yoritishga jazm qilgan.
Shayxzodaning so‘z qo‘llash san’atida bir necha yo‘nalishlar ma’lum bo‘lib qoladi. Birinchidan, lug‘atlarda mavjud, ammo nutqimizda, jumladan badiiy nutqda ham kammahsul hisoblanadigan so‘zlarga murojaat qilinadi. Ularga faollik bag‘ishlanadi, yangi va qo‘shimcha ma’nolar yuklanadi, yashash imkoniyatlari kengaytiriladi.
Bu podaning qo’ychivoni oy degan xumpar.
Goh to’nini yag’iri nega tashlab kezadi
Ikkinchidan, tilimizda mavjud bo‘lgan qoliplar o’rniga arxaik so’zlardan foydalanafi
osmon: Marxabo ey samovatning oltin yo’lchisi
Nega beling shuncha bukik,charchab qoldingmi ?
tarixiy: U sehrgar pardalarning orqa yog’ida
Ko’p aksiriy husnlar bor biz bexabarmiz;
So’z: Bilib qo’ying: Sakkokiyning nafas ashore
Bizning turkey tilimizda zang bosmas gavhar kabi.

Yuqorida keltirilgan misollarning biridagi so‘zlar ga e’tiborni qaratish


ham ma’qul bo‘ladi. Chunki u ham buyuk Shayxzodaning qalamida badiiyatning
alohida bir namunasidek jaranglaydi
So‘zlar matnda turli holatlarda ham alohida, ham birikma tarkibida qo‘llangan va har ikki holatda ham uning semantikasida asosan o‘zgarishlar yuz bergan, o‘z ma’nosida esa kam qo‘llanilgan.
Har bir xalqning, millatning ma’naviy xazinasi hisoblanmish maqollarga
murojaat qilish ushbu asarda ham bor. Ammo ularning ko‘pchiligining asarda
ishtiroki o‘zgacha. Nazarimizda, har biri aniq bir mo‘ljal bilan keltirilganki, bu,
birinchi navbatda. Asar mavzusi bilan bog‘liq. Ular asosan asar personajlarining
hayotini, maslagini, e’tiqodini, dunyoqarashini mujassam qiladi. Shuning
uchun ham aksariyat qismi qahramonlar tilida berilgan.
Biz ko‘pchilik badiiy asarlarni o‘qiganimizda, odatda, keltirilgan
maqollarning suhbat mavzusiga mosligini kuzatamiz. Ammo ularning Shayxzoda
qalamida ma’lum tematik yo‘nalishga bo‘ysundirilishi ibratlidir. Asarda tarixiy
voqealar hikoya qilinmoqda. Tabiiyki, asosiy suhbat mavzusi hayot va o‘lim
haqida, botirlik, qahramon va qo‘rqoqlik, xiyonat haqida, dushman va do‘st haqida bo‘ladi.
Ayrim o‘rinlarda biz sinonim sifatida qarayotgan so‘zlarni Shayxzoda ne
darajada aniqlik bilan, ma’lum bir holatning nozik ifodasi sifatida qo‘llaganini
ko‘rib hayratlanasiz: garanglanmoq-garangsimoq-gandiraklamoq, gandiraklash garang bo‘lishdan keyingi hodisa, garangsish esa ko‘pincha eshitish bilan bog‘liq. Qazinmoqdagi –in qo‘shimchasi esa o‘zlik darajasini hosil qilmoqda, bu bilan ma’no umuman qazish yoki kovlashga emas, balki o‘zi uchun, o‘ziga chuqur, okop kovlashga kelib taqalmoqda.
Xuddi mana shunday holatlarda buyuk so‘z san’atkori bo‘lgan Shaxzodaning
tilga bo‘lgan e’tibori va undan foydalanishdagi mas’uliyati va mahorati yana ham
aniq seziladi.
Uslub — inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-birlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilma-xil koʻrinishlarining paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq uslubi tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) uslub deb yuritiladi. Vazifaviy uslub deganda, tildan farq qiladigan qandaydir alohida narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi.
Vazifaviy uslub nutq koʻrinishlarining asosiy vazifalariga, yaʼni aloqa, xabar berish, taʼsir etish vositasi boʻlishiga koʻra turli qismlarga boʻlinadi. Adabiy tilning quyidagi vazifaviy uslublari mavjud: 1) soʻzlashuv uslubi; 2) rasmiy uslub; 3) ilmiy uslub; 4) publitsistik uslub; 5) badiiy uslub. Vazifaviy uslubni nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. Soʻzlashuv uslubi — kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining oʻziga xos amal qilishidir. Vazifaviy uslubning bu turi oʻziga xos ish koʻrsatish sharoiti, yaʼni fikr olishuvning bevositaligi, til vositalarini saylab ishlatilmasligi bilan, shuningdek, ohang vositalari, mimika, imo-ishora kabilardan keng foydalanish, oddiy leksik va frazeologik birliklarning, ekspressivemotsional vositalarning keng ishlatilishi bilan ajralib turadi. Masalan, farzand — jujuq, dunyodan oʻtmoq — jon bermoq, imtihondan oʻta olmaslik — imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan soʻzlashuv uslubiga xos. Soʻzlashuv uslubi fonetik, leksik, morfologik va sintaktik oʻziga xosliklarga ega. Rasmiy uslub (rasmiy ish qogʻozlari uslubi) — hozirgi oʻzbek adabiy tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir koʻrinishidir. Qonunlar matnlari, farmonlar, buyruq va koʻrsatmalar, shartnomalar, har xil rasmiy hujjatlar, tashkilotlar oʻrtasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Bu uslub boshqa uslubdan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy uslubda soʻz va soʻz shakllarini qoʻllashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish, erkalash qoʻshimchalarini olgan soʻzlar, koʻtarinki, tantanavor yoki shevaga oid soʻzlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan soʻzlar, oʻxshatish, mubolagʻa kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qogʻozlari matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmuniy toʻliqlikdan iborat zaruriy sifatlari undagi oʻziga xos soʻz qoʻllash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali taʼmin etiladi. Bu uslubdagi gap qurilishi, odatda, tasniflovchi, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga asoslanadi. Shuning uchun ham rasmiy ish qogʻozlari (hujjatlar)da nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq boʻlakli gaplar koʻp qoʻllanadi. Rasmiy gap tarkibida odatdagi soʻz tartibiga qatʼiy rioya qilinadi. Rasmiy uslubda soʻroq va undov gaplar deyarli qoʻllanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Matn birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Rasmiy ish qogʻozlari matnini tuzishda turgʻunlashgan, qoliplashgan soʻz birikmalaridan keng foydalaniladi. Masalan, buyruqda"... soʻm maosh bilan... lavozimiga tayinlansin", yoki xizmat yozishmalarida "Sizga...ni maʼlum qilamiz". "...ga korxona kafolat beradi" kabi qoliplashgan tuzilmalar qoʻllanishi mumkin. Bizlar buni yaxshi bilishimiz zarur. Ilmiy uslub — fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifaviy uslubdir. Bu uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq taʼriflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy uslubning bu turi terminologik va mavhum leksikaning, murakkab sintaktik tuzilmalarning qoʻllanishi, soʻzlarning asosan aniq, toʻgʻri maʼnoda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va shu kabilar bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy uslub oʻz ichida quyidagi mayda uslublarga boʻlinadi: ilmiy ish uslubi, ilmiy-texnik uslub, ilmiy-ommabop uslub, ilmiy-publitsistik uslub. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi atamalarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir.
Publitsistik uslub vazifaviy uslubning bir turi boʻlib, u ijtimoiy, siyosiy soʻz va iboralarning qoʻllanishi, janrlarning xilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va shu kabilar belgilar bilan xarakterlanadi. Publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, majlislardagi nutqlar va shu kabilarda oʻz ifodasini topadi. Ijtimoiy-siyosiy bilimlarni targʻib qiluvchi va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga koʻproq taʼsir etadi. Publitsistik uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy oʻrinni egallaydi, yaʼni qisqa, loʻnda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publitsistik uslubda til vositalaridan foydalanishda muallifning individual uslubi deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherk, felyeton, badiiy publitsistik makrlarda tez koʻzga tashlanadi. Badiiy uslubda ham bu holat mavjud; rasmiy uslubda esa bunday xususiyat yoʻq. Publitsistik uslub baʼzi qoʻllanma va ilmiy adabiyotlarda "ommabop uslub", "matbuot uslubi" kabi atamalar bilan ham nomlanadi.
Badiiy uslub — tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa uslubga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning koʻp ishlatilishi, soʻzlarning obrazli, koʻchmametaforik qoʻllanishi va shu kabi belgilari bilan ajralib turadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud boʻlgan barcha lugʻaviy birliklarning ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga — estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq uslubining oʻziga xos xususiyati deb qarash kerak boʻladi, chunki ana shunday imkoniyat boshqa vazifaviy uslubda chegaralangandir. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dagʻal soʻzlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlmagani holda ularni badiiy uslubda oʻrni bilan qoʻllash mumkin. Vazifaviy uslubning hech birida til oʻzining tuzilish jihatlari, lugʻat tarkibi, yaʼni soʻzning maʼno boyligi va rang-barangligini, toʻgʻri va koʻchma maʼnolarni badiiy nutq uslubidagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, yaʼni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida soʻz ishlatish va soʻz tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib boʻlmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, soʻz tanlash yoʻsini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga bogʻlik boʻladi. Masalan, bayon shaklida yozilgan roman, hikoyaning til vositalari bilan satirik yoki yumoristik asarning til vositalari bir xil emas. Bulardan tashqari, sinonim soʻzlarning u yoki bunisidan foydalanish ham badiiy asar janriga bogʻliq. Masalan, bashar, samo, oraz, mujda soʻzlari, asosan, nazmda qoʻllanadi. Nasrda yoki soʻzlashuv nutqida esa bularning ma'nodoshlari — odam, osmon, yuz, shamol, xushxabar soʻzlari keng qoʻllanadi. Badiiy nutq uslubida yozilgan asarlarni tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalari — inversiya, takror, oʻxshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradatsiya, ellipsis, ritorik soʻroqlarning badiiy uslubda faol qoʻllanishi bu uslubning oʻziga xos tarkibi mavjudligini koʻrsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Xulosa
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, badiiy asar tili asar qimmatini belgilovchi eng muhim unsur hisoblanib, uning badiiyligi hamda ommaviyligi ham aynan tili orqali anglashiladi. Badiiy asarda syujet, kompozitsiya, portret va peyzaj tasvirining barchasi uning tili orqali ochib beriladi. Hamma ma`lumotlar uning tili orqali tasvirlanadi. Badiiylik, dastavval, asarning tilida namoyon bo`ladi. Professor H.Umurov har qanday milliy tilni uchga ya`ni, jonli (xalq) tili, adabiy til, badiiy til tarzida bo`lib tahlil etishni taklif etgan bo`lsa-da, badiiy asar tilida har uchalasi ham qo`llanadi, bu esa badiiy asar tilining yanada tushunarli, kitobxon qalbiga yaqin bo`lishini taminlaydi. Badiiy asar tili qaysi adabiy turga mansubligiga ko`ra ham farqlanib turadi. Nasriy asarlar tili jonli muloqot tili, so`zlashuv uslubiga oid birliklarning ko`pligibilan xarakterlansa, nazmiy asarlarda badiiylik ustuvor ahamiyat kasb etadi. Drammatik asarlar tilida esa har ikki xil holatni ko`rishimiz mumkin. biz "badiiy asar tili" dеganimiz holda, aslida gap badiiy nutq haqida borayotgani ma'lum, chunki til unsurlari ma'lum kontеkstni hosil qilgach, nutq hodisasiga aylanadi. Badiiy nutqning farqlanganligi shuki, unda muallif nutqi va qahramonlar nutqi ajratiladi. Ta'kidlash kеrakki, mazkur farqlanish asosan epik va liro-epik xaraktеrdagi asarlarga xosdir. Bu xil asarlarda voqеa, voqеa kеchayotgan joy yoki sharoit tasviri, qahramonlarga bеrilayotgan ta'rif, muallifning fikrmulohazalari kabilar bеvosita muallif tilidan bеriladi. Muallif obrazi asarda tasvirlangan badiiy voqеlikni yaxlitlashtiruvchi subyеktiv asos bo`lganidеk, avtor nutqi asarning moddiy tarafini yaxlitlashtiruvchi unsurdir. Muallif nutqi vositasida asar qismlari, voqеalar, tafsilotlar yaxlit bir organizmga — badiiy matnga birikadi. Muallif nutqi grammatik jihatdan adabiy til normalariga yaqinlashadi, biroq uning adabiy til normalariga to`la muvofiq bo`lishini talab qilishlik xato bo`lur edi. Zеro, yozuvchi milliy til imkoniyatlarini kеngaytirishga, o`zining his-kеchinmalarini, o`y-hislarini imkon qadar yorqin ifodalashga intilarkan adabiy til normalaridan chеkinishi mumkin. Va ayni shu chеkinishlar vaqti kеlib adabiy til normasiga aylanishi mumkinligi ham ehtimoldan yiroq emas. Pеrsonajlar nutqini individuallashtirish zarurati badiiy asar tilidagi diffеrеnsatsiyalanganlikni yanada orttiradi. Chunki asardagi har bir pеrsonajning nutqi uning xaraktеr xususiyatlariga, dunyoqarashi, muhiti, ma'naviy qiyofasi, madaniy-ma'rifiy darajasi kabi jihatlarga muvofiq bo`lishi lozim. Sababki, epik va dramatik asarlarda qahramon xaraktеrini yaratishning asosiy vositalaridan biri pеrsonaj nutqi sanaladi. Badiiy nutq ritmik tashkillanishi jihatidan ikki shaklda: sochma(nasr) va tizma(nazm) shakllarda mavjuddir. Nasriy nutq tuzilishi jihatidan kundalik muloqot tiliga o`xshash bo`lsa, shе'riy nutq muayyan bir o`lchovga solingan, hissiy to`yintirilgan nutq sanaladi. Nasriy nutq epik va dramatik asarlarning asosiy nutq shakli hisoblanadi. Shu bilan birga, shе'riy yo`lda ham epik va dramatik asarlar yaratilishi mumkinligini unutmaslik kеrak. Shе'riy nutq esa lirik asarlarning asosiy nutq shaklidir. Badiiy nutq shakllari haqida gapirganda, uning yana monologik va dialogik shakllari ham farqlanadi. Monologik nutq shakli bir odam tilidan aytilayotgan nutqni bildirsa, dialogik nutq shakli suhbat-muloqot chog`idagi bir nеcha kishining nutqini anglatadi. Lirik asarlarda monologik nutq, dramatik asarlarda dialogik nutq еtakchilik qilsa, epik asarlarda ularning har ikkisi ham kеng o`rin tutadi. Bunda muallif nutqi asosan monologik shaklda bo`lsa, pеrsonajlar nutqi asosan dialogik shakldadir. Badiiy asar tilida fonetik, leksik hamda Grammatik vositalar ham muhim ahamiyatga ega. Kitobxon tasavvurida asarning yanada yaqqolroq namoyon bo`lishida lingvistik birliklar ham o`z o`rniga egaligi asosiy qismda misollar asosida dalillab ko`rsatib o`tilgan. Umuman olganda, badiiy asar tili asarning nechog`lik umrboqiy bo`lishini belgilovchi muhim omillardan biri sanaladi. Badiiiy asar tilining mukammal bo`lishi esa yozuvchi mahoratiga bog`liqdir.


Download 66.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling