Mavzu: Badiiy asar tili Kirish I bob. Badiiy asar tili
Та’sirchanlik (emotsionallik)
Download 66.43 Kb.
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi F
Та’sirchanlik (emotsionallik). Badiiy asarning bosh xususiyati- ta'sirchanlik, dedik. Haqiqatan ham, san’at asari o ‘quvchini, tomoshabinni yoki eshituvchini befarq qoldirishi, unda ijobiy yoki salbiy hislar uyg‘otmasligi mumkin emas. Bu ta’sirchanlik haqiqiy badiiy asarda shunchalik zo'rki, biz bir marotaba o‘qigan badiiy asarlarimizning qahramonlarini yoki ularda tasvirlangan hayotiy holatlar va manzaralarni bir umr eslab qolamiz. Badiiy asarning ana shu xususiyati „ta’sirchanlik” (emotsionallik) deb ataladi. San’atning asosiy xususiyati — ta'sirchanlik badiiy asar tilida ham bosh xususiyat bo'lib qoladi. Adabiyot asaridan oladigan dastlabki zavqimiz, bizda tug‘iladigan hayajon uning tili bilan bog`liq. Inson va predmet tasvirining aniqligi va yorqinligi o‘quvchini lazzatlantiradi, bizda qayg‘u yoki shodlik hislarini uyg‘otadi.
Adabiy asarning o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri serqatlamlilikdir. Badiiy asarda hayot o`zining butun ko‘lami, xilma-xilligi va rango-rangligi bilan tasvirlangani sababli badiiy asarning tili yangi bir sifat kasb etadi. Bu, serqatlamlilikdir. Badiiy asar tilida muallifning o'z tilidan boshlab jamiyatdagi ko‘p tabaqalarning tili, ularning asardan olgan o‘rniga qarab, o`z xususiyatlari bilan mavjuddir. Har bir ijtimoiy tabaqaga mansub personajlarning tili adabiy asar tilida o`ziga xos bir qatlamni tashkil etadi. Adabiy asarda xalq tilining boyligi va imkoniyatlari ijtimoiy ong mahsulotining hech bir sohasida ko'rilmagan darajada to`lalik bilan jamg`ariladi. Serqatlamlilik badiiy asar tilining katta ma'rifiy va estetik qimmatini ta'minlaydi. Adabiy asar tilining emotsionalligiga sabab uning obrazliligidir. Obrazlilik, serqatlamlilik bilan bir qatorda, badiiy asarning ta'sir kuchini oshiradi. Hayotni uning o'z shakllarida ko‘rsatish vazifasi badiiy asar tilidan obrazlilikni talab qiladi, ya'ni yozuvchi hayotni, kishilarni, ularning keehinmalarini, tabiat manzaralarini shunday tasvirlashi lozimki, bu tasvir natijasida yozuvchi ifodalamoqchi bo‘lgan manzara bizning ko‘z oldimizda ham yorqin namoyon bo'lsin. Yozuvchi faqat qalam bilan yozmaydi, balki so 'z bilan surat chizadi. Surat chizganda ham, rassomga o'xshab, odamlarni beharakat tasvirlamaydi, balki ularni muttasil harakatda, o ‘zaro uzluksiz to'qnashuvlarda, sinflar, guruhlar, alohida shaxslar kurashida tasvirlashga intiladi. Download 66.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling