Mavzu. Badiiy asar tili Reja: So’zlarning leksik ma’nosi 2


Download 372.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.01.2023
Hajmi372.94 Kb.
#1075622
1   2   3   4
Bog'liq
6-maruza nazariy

“Men poetman, bu qizlarni 
Yaxshi bilaman. 
hammasini ochen-ochen 
2
Абдулла Қодирий. Кичик асарлар, Т., Ғафур Ғулом номидаги бадиий адабиёт нашриёти, 1969,71-бет.


Yaxshi ko’raman. 
Qizlar esa kimni sevar? 
Voobщye neznayu. 
Birortasini kamon bilan 
Otib ko’zlayu 
Bu dunyoda ves yaxshilik 
Qizlarga bo’lsin. 
Menga o’xshab har yigit 
Shoir bo’p ketsin.” 
7. Buzilgan so’z – jargon yoki argo (fr. Jargon-buzilgan til)lar, ayni paytda, abdal 
tili-sun’iy til bo’lib, ma’lum guruh kishilarigagina tushunarli bo’ladi. Talabalar orasida 
ishlatiladigan “o’tdi, o’tmadi, yiqildi, tildan dumi bor, tankasi zo’r, ko’kidan oladi” kabi so’z 
va iboralarning haqiqiy ma’nosini boshqa guruh odamlari (dehqonlar, bazzozlar, 
savdogarlar) tushunmaydi. 
“ - hye, vahima qilaverma, yo’li ko’p. “... changalda sho’rva” degan gap bor. Mana 
bizning filologiyamizda besh marta qayta-qayta imtihon qilishdi. Oxiri “3” qo’yib berishdi-
yu, ular ham, “tanka”miz ham, o’zimiz ham tinchidik. Sen meni topibsanmi, “tankamiz” 
dumni yo’qotish yo’lini topadi. Zo’r odam, kallasiyam juda ishlaydi-dah 
- Dugon, o’sha “tankang”ga boraylik. Mengayam yordam qilsang, o’lib qolmasman... 
sengayam ko’kidan bor. 
- Yur, qani o’quv bo’limiga boraylik-chih”
1
Ushbu hangomada ham ikki talaba dialogi orqali ilm topguncha, “tanka” (“baho”ni 
qo’ydirib beruvchi)ni izlovchilar ustidan kulingan... 
8. Kasb-hunarga oid o’zlar – Professionalizm(rus.-biror kasbga oid)lar asarda 
tasvirlanayotgan qahramonning kasbini, ish hunarini ifodalaydigan so’z va so’z 
birikmalarining jamidir. har bir kasb-hunarning o’ziga xos atamalari bo’lishi tabiiydir. 
Jumladan, futbol o’yini bilan bog’liq(himoyachi, yarim himoyachi, hujumchi, darvozabon, 
jarima, final kabi), o’qituvchilik bilan bog’liq(daftar, qalam, qog’oz, baho, test, nazorat, joriy 
nazorat, kafedra, dekanat, rektorat, o’quv bo’limi, stipendiya, talaba kabi) so’zlar borki, 
1
Ҳотам Умр. Тирик нусхалар ва безовта қатралар, С., “Суғдиёна”, 1999, 33-бет. 


ularni muayyan qahramon nomidan ishlatish shu qahramon kasbi-hunarini aniqlashtiradi, 
demakki, qahramonni yaxlitlashtirishda qo’l keladi: 
“Bir necha kun shu yo’sin ikkilanib yurg’ach, nihoyat o’zimga tushunilmagan bir 
savq(yo’nalish) ostida va’damni ifoga ham boshlabman, bir kiyim shohi, deb o’ttuz kiyim 
bo’laturg’an ipakni bo’yash, tanda, arqoq, go’la mashaqqatlari ko’zimga ko’rinmabdir. 
Va’damni ikki kun ilgariyoq shohini to’qib, uning kelar yo’lini poylar edim, ul kelmas 
edi...”
1
Usta Alimning ushbu hikoyasi(nutqi)dan biz uning shohi to’quvchi usta ekanligini 
uning ishqi Saodatga tushganini bilib olamiz. 
9. Sheva so’z – dialektika(mahalliy so’zlar) muayyan bir xududda yashovchi 
kishilarga, ularning shevasiga xos bo’lgan, adabiy tilga mansub bo’lmagan so’z va 
iboralardir... 
Jumladan, 
Xorazm 
shevasida 
“gashir”(“sabzi”), 
“yo’mirta”(“tuxum”), 
“galingiz”(“kelingiz”) kabi so’zlar ko’p uchraydi. Sheva so’zlar-asar qahramonlari tilida 
me’yorida ishlatilsa, ularning manzil-makonlarini va nutqini o’ziga xosligini to’liq ochib 
beradi. Bunday mahorat Asqad Muxtorning “Tug’ilish” romanidagi Xoldor obrazini 
yaratishda yaqqol ko’zga tashlanadi: 
“ - Sariyev Juman? 
- Slesar 
- Xoldor Jo - Jo... 
- Shatta Jonsug’urov pamilamAmolaykim kasbim ko’p. Uchtasinila aytay. Avval 
do’kon mudiri o’g’onmaninnay iskaladda zavdishekspiditr...” 

Download 372.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling