Mavzu. Badiiy asar tili Reja: So’zlarning leksik ma’nosi 2


E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo


Download 372.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana02.01.2023
Hajmi372.94 Kb.
#1075622
1   2   3   4
Bog'liq
6-maruza nazariy

E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo 
Sheva birla ko’zlaring jonimni bemor ayladi. 
Ey, Iso payg’ambar nafaslik (Iso payg’ambarning nafaslari jonbaxsh bo’lgan) begim, 
daming (og’zing) birla shifo bergil, chunki jonimni sheva bilan bemor ayladi, mazmunini 
keltirib chiqarish uchun og’iz bilan ko’z qarshilantirilmoqda, ayni paytda, ular bir-biriga 
bog’liq, ikkalasi ham yornikidir. 
4. Eskirgan so’zlar deganda, bugungi kitobxonga tushunarli bo’lmagan, og’zaki 
nutqda deyarli ishlatilmaydigan so’zlar tushuniladi. Bunday so’zlar davr ruhini ifodalashda, 
nutqda turli rang va ruh (mazah, kinoya, masxaralash kabi) berishda asqotadi. Ular ikki 
xildir: 
Birinchisi, tarixiy so’zlar (istorizm)lar – o’tmishda bor bo’lgan narsa va 
tushunchalarning nomini bildirgan, keyinchalik esa tilimizda ishlatilmaydigan, muomala-


munosabatlarda qo’llanilmaydigan so’zlardir: birmiri, botmon, misqol, mingboshi, kanizak, 
yorg’uchoq kabi. 
Buning yaqqol misolini tasavvur qilish uchun “Farhod va Shirin” (A.Navoiy) 
dostonining XXX bobi sarlavhasiga murojaat qilaylik: 
“Farhodning Shopur dasht paymolig’i, balki rahnomolig’i bila Yaman mulkidan 
Arman kishvarig’a azimat qilg’oni va Armanning Eramoso sabza va rayohinidin g’unchadek 
ko’ngli gul-gul ochilg’oni va Armaniya tog’i kamarida xoro qozodurg’on el ajzin ko’rib ul 
kayfiyatin so’rub xoro qozorg’a kamar chust etgani va bu xabarning chustu Shirin 
Mehinbonu bila Shiringa yetgoni” 
“Poymolig’i” - “oshganligi”, “kishvari” - “o’lkasi”, “azimat” - “yo’l olmoq”, “sabza” 
- “maysa” “rayohinidin” - “rayhonlaridin”, “xoro”- “tosh”, “ajzin” - “ojizligi”, “kamar” - 
“bel”, “chust etgani” - “shaylagani” tarzida tushunsakkina XV asrdagi muallif nutqini, uning 
“oliy” uslubiyatining o’ziga xosligini to’liq anglaymiz: “Farhodning Shopur rahnomoligi 
bilan dasht (cho’lu biyobon)larni oshib Yaman mamlakatidan Arman o’lkasiga yo’l olgani, 
Armanning Eramoso (jannatdagiga o’xshash) maysalari va rayhonlaridan ko’ngli gul-gul 
ochilgani va Armaniya tog’i kamarida tosh qaziyotgan el ojizligini ko’rib, kayfiyatlari (holi-
ahvoli)ni so’rab tosh qazishga bel bog’lagani va bu xabarning juda tez Mehinbonu va 
Shiringa yetgani” mazmuni bayon qilinganini tushunamiz. Yuqoridagidek tarixiy so’z va 
iboralar ishlatilmaganda, biz XV asr ruhini, o’sha davr badiiy tilini bu qadar aniq bilmagan 
bo’lardik. Ikkinchisi, eski so’z – arxaizm (yunon. Archaios-qadimgi so’z) – bugungi kunda 
sinonimi ishlatilayotgan, lekin asli ishlatilmayotgan eski so’zlardir, ya’ni aslidagi shakli 
eskirgan, ma’nosi sinonim so’z (yangi shakl)da bo’ladi. Demak, eskirgan (arxaik) so’z 
ma’nodosh so’zlar bilan bog’liq bo’lsa, tarixiy so’zlar, odatda, yakka bo’ladilar. “... Darboza 
ochilib, qo’rboshi ichkariga kirdi. O’rdaning tevarak masohatini biz chamalab ko’rgan edik, 
shuning uchun o’rdaning qay daraja keng bo’lishi ham bizga qiyosan ma’lum. Ammo 
o’rdaning ko’proq qismi darboza tomonda qoldirilib, janubga tortilg’an xatti mustaqil bir 
devor bilan bo’lingan edi...” (“O’tgan kunlar”). Ushbu parcha hokim saroyining yaqqol 
manzarasini aniq tasvirlaydi. “O’rda” so’zining hozirgi sinonimi (shakli) “saroy” bo’lsa, 
“masohat”niki “to’g’ri chiziq”dir. 
5. Yangi so’z – neologizm (yunon. Neos logos – yangi so’z) deganda, san’atkor 
tomonidan yangidan yasalgan, hayot yangiliklarini ifodolovchi yangi so’zlar jami 


tushuniladi. Jumladan, G’afur G’ulom “daryodil, yovyurak, mehnatobod, sharofobod, 
oyoqdosh” kabi so’zlarni yasagan bo’lsa, Maqsud Shayxzoda “xayolxona, ilhomdosh, 
fazoshumul vazifa, huriston, oybachcha, xorazmlashmoq, xayollanmoq, tundalik” kabi 
neologizmlarni kashf etdi. Jamiyatimizning bugungi taraqqiyoti birja, dollar, mafiya, 
terrorizm, repititor, test” kabi yuzlab yangi tushunchalarni ifodalovchi so’z va iboralarni 
yaratdi.
Demak, hayotning yangilanishi – doimo so’zlarning ham yangilanishiga; yozuvchi va 
shoirlarning yangi obrazlarni yaratishga intilishlari ham hamma vaqt yangicha ifodani 
akslantiruvchi so’zlarning yasalishiga olib keladi. Bu – hayotning va adabiyotning 
qonuniyatidir. “- Uchinchi dunyoni Latif – Astral olami deb atashadi. Uning biz 
yashayotgan dunyodan farqi kam. Lekin o’ziga xos jihatlari bor. Bu Latif olamda 
tebranishlar o’ta nozik, jismoniy harakatlarga vaqt sarflanmaydi. Ammo biologik hodisalar 
vaqt bo’yicha kechadi. Bu dunyo moddiyati oyning gravitasion maydonidir. Quyosh 
burjining har bir sayyorasi o’z Latif dunyosiga ega... 
- Shoshmang – shoshmangh – bashoratchi ayolning gapini bo’ldi Asad. – Siz jismoniy 
harakatlarga vaqt sarflamaydi, dedingiz. Buni qanday tushunish kerak? – Latif dunyo 
mavjudotlari birzumdayoq sayyoraning istagan nuqtasida paydo bo’lishi mumkin. Fanda bu 
hodisani teleportasiya, deyishadi”
1

hojiakbar Islom Shayxning “Tutash olamlar” mistik –fantastik romanidan keltirilgan 
ushbu dialogga e’tibor qilsangiz, undagi “Latif Astral olam, gravitasion, teleportasiya” kabi 
neologizmlar – hayotimizdagi yangicha qarashlarning mahsulidir, moddiy dunyomiz bilan 
boqiy (ruhiyat) dunyosining sirlarini o’rganishga intilishning jozibali mevasidir.
Lekin “favqulodda “yangilik” yaratish ishtiyoqidagi ba’zi qalamkashlar “g’uncha 
portladi”ga o’xshash ko’p “kashfiyot” qilishdi. Tushunaman, lekin bunday so’z 
qo’llanilishini nojoiz deb bilaman. Xalq hyech qachon “g’uncha portladi” demaydi. Bu 
zo’rma-zo’rakilikh” (Azim Suyun. O’zlik, “Sharq”, 1999, 111-bet.) Undan qochgan ma’qul. 
5. Dag’al so’z-vulgarizm (lat.-vulgaris- dag’al, qo’pol)lar adabiy tilda 
ishlatilmaydigan haqoratli so’zlar va noto’g’ri tuzilgan, qo’pol jumlalar, dag’al (mantiqsiz 
yoki biri tog’dan, biri bog’dan bo’lgan) fikrlashni ifodalovchi iboralardir. Ular asar 
1
Ҳожиакбар Ислом Шайх. Туташ оламлар, Т., “Ёзувчи”, 1966, 196-бет.


qahramonining qo’polligini, hayosizlagini, axloqsizligini, ma’naviyatdan uzoqligini yaqqol 
ko’rsatadi. Buning isboti Toshpo’lat tajangdir: 
“hoy, qizilboshh Chilimingni berasanmi, yo’qmi, it emgan? Qara-qara, Mahkamh 
Do’nduq ekan-ku anavingh Suyagi barmi, a? Bir piyola choyimiz bor, hovh Itdan tuqqaning 
qaramadi-ku... hoy, kim, Salim kavarning bolasi emasmi, to’lishipti o’ziyam. Sartarosh hoji 
ko’rib qolsa o’ldi, deginh 
- Bodom qavoq – yupqa tomoq, dodimga yetsang-chi. 
- hoy – hoyh”
2
6. Chet so’z – Varvarizm (lat. Varvarus - kelgindi) lar - badiiy asar yozilgan tilga yot 
bo’lgan, boshqa tillardan “bostirib” kirgan so’z, ibora, birikmalardir. Ayniqsa, o’zbek 
tilimizga arab tilidan kirgan (arabizm), fors tilidan kirgan (forsizm), rus tilidan kirgan 
(rusizm) so’zlar ko’pchilikni tashkil qiladilar. Bu so’zlar zamon ruhini berishda, tipik 
xarakterlarning xususiyatlarini individuallashtirishda, ularning ayanchli, kulgili nutqlarini 
bo’rttirishda judayam qo’l keladi. 
Abdulla Qodiriyning “Toshpo’lat tajang nima deydir?” degan chapanilar hayotidan 
hangomalaridan bir shingilini tinglaylik: 
“ - Shu afandichalaringni bittasi sanmi? Shoyi ko’ynakchangni qarah Voy o’sha 
cho’nchakchasiga burnimni qoqayh Kulma, xudoy haqqi, kufrligimni oshirasanh Sen 
xaloyiqni hammang ham tirnog’imni yuzida; Poshsholig’ing shoyi ko’ynakka, deb besh 
so’lkavoyni uzatdimi simint (siyu minutu-A.Q.) Toshpo’lat akangni unutasan, xudoy haqqi, 
unutasanh” (Kichik asarlar, 73-bet).
Toshpo’lat tajangning nutqi (u nutqdagi arabcha, ruscha so’zlar va ularning ko’pini 
buzib talaffuz etishi) - chapaniligini, saviyasi sayozligini, ahloqi buzuqligini, vaysaqiligini, 
johilligini to’liq ifodalay oladi. 
Azamat Qorjovovning quyidagi hazil she’rida ham “poet”ning – lirik qahramonning 
borlig’i kulguli tarzda ifodalangan: 

Download 372.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling