Mavzu. Badiiy asar tili Reja: So’zlarning leksik ma’nosi 2


Download 372.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.01.2023
Hajmi372.94 Kb.
#1075622
  1   2   3   4
Bog'liq
6-maruza nazariy



Mavzu. Badiiy asar tili 
 
Reja: 
1. So’zlarning leksik ma’nosi 
2. Omonim, sinonim, antonim; jargon, sheva, kasb-kor, qo’pol so’zlar va h. 
Leksikologiya ilmining uqtirishicha
1
, so’zning ikki xil – grammatik va leksik ma’nolari 
bo’ladi. Jumladan, “O’rik gulladi” gapining grammatik ma’nosi deganda, “O’rik” turdosh 
ot, bosh kelishik shaklida kelgan, son jihatidan birlikdir. “Gulladi” fe’l so’z turkumiga 
oiddir, o’tgan zamon, uchunchi shaxs birlik, o’timsiz, aniqlik maylini bildirishi tushuniladi; 
leksik ma’nosi deganda, “o’rik” - meva daraxtining bir turini, “gulladi” so’zi esa o’rikning 
gul ochishga kirishganligini bildiradi. 
So’zning faqat leksik jihatini ko’zdan kechirganimizda ham, u o’ta murakkabdir, ya’ni 
so’z har qanday ma’noga ega bo’lsa-da, uning mavqyei darajasi bir xil emas, ularning 
barchasi ham muayyan tushunchani bir xilda ifoda qila olmaydi. Jumladan, “barno, zebo, 
go’zal, malak” sinonimlari – “chiroylik” tushunchasini tashiydi, lekin “malak” so’zi o’z 
sinonimlaridan ifodadagi belgi (“chiroylilik”) darajasining judayam ortiqligini, undan 
pastrog’ini “barno”, “barno”dan pastrog’ini “go’zal” ifoda qiladi. Masalan, h.Olimjonning 
Oyguli turishi bilan hammayoq ravshan bo’lib ketadi va bu go’zalni ko’rgan podshoning aqli 
shoshadi, chunki u: 
Bunday go’zal yulduzni, 
Bunchalik barno qizni, 
Aslo ko’rmagan edi, 
Ishrat surmagan edi.
tasvirida “go’zal”ga nisbatan “barno” so’zi “chiroylilik” tushunchasini bir bahya 
balandlatadi va shu insoniylashgan (yuqorida insoniylashmagan biron bir narsa adabiyotga 
daxldor bo’lmasligini ko’rgandek) xislati bilan kitobxonda emosional (hissiy) tuyg’uni 
tiriltiradi. 
1
Н.Ражабов. Она тили. Т., “ФАН”, 1999, 36-56 бетлар.


Demoqchimizki, adabiyot uchun so’zning asl va ko’chma ma’nolari, ya’ni leksik 
ma’nosi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Aniqrog’i tasavvur qilishingiz uchun, shuni
aytish yetarlidir: “anor, shirin, yemoq” kabi so’zlar predmet, belgi, harakat va holat haqida 
ma’lumot beradi, asl ma’nosini bildiradi. Bu so’zlardagi ma’no xususiyatlarini odamga 
ko’chirilsa (insoniylashtirilsa), ko’chma ma’noda ishlatilsa – “Anor yuzli, shirin so’zli 
Oybek yemoqqa kirishdi”, desak, “Oybek” degan odam (tushuncha)ning ko’rinishini, 
sifatini, holatini ongimizda in’ikos ettiramiz, aniq tasavvur qilamiz. 
Adabiy asar tilining obrazliligini, ta’sirdorligini, muallif va qahramonlar nutqining 
badiiyligini, oqibatda, muayyan g’oyaning tirikligini ta’minlashda shakldosh (omonim), 
ma’nodosh (sinonim), zid (antonim), eskirgan (arxaizm), tarixiy (istorizm), yangi 
(neologizm), sheva (dialektizm) va shu kabi so’zlarning ham ahamiyati beqiyosdir. Ularning 
jami maxsus leksik boylik (resurs)lar deb yuritiladi. 
1. Omonim (yunon. Homos – bir xil va onyuma – nom shakli (talaffuzi va yozilishi) bir 
xil, ammo ma’nolari har xil so’zlar va iboralardir. 
Qo’lingdan kelguncha chiqar yaxshi ot, 
Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot. 
Nasihat yod qilib ol, farzandim, 
Yolg’iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot. 
Fozil Yo’ldosh o’g’lining “Ravshan”idan keltirilgan bu nasihatomuz tuyuqning 
birinchi misrasidagi “ot” - “nom” ma’nosida, ikkinchi misradagi “ot” - “qo’y” (“itqit”, 
“otib yubor”) ma’nosida, to’rtinchi misrada “ot”-“hayvon” ma’nosida qo’llanilmoqda. 
Badiiy asarda so’zlarning yoki ayrim harflarning talaffuzi va yozilishidagi o’xshashligi 
asosida bir xil yoki o’xshash shaklda ham turli ma’nolar ifodalanishi mumkin: 
Qizarib pishgan olmadi, 
Olmadan nega olmadi? 
Olmagani xo’p bo’bdi,
Endi kelsa – olma dih 
(Birinchisida “olma” (meva), ikkinchisida “olmadi” (uzmadi), to’rtinchisida 
“olmasin”). 
Omonim ko’p ma’noli so’zlar (polisemantizm)ga ham o’xshab ketadi. Ko’p ma’noli 
so’zlardan bittasi “jon” so’zidir. “O’zbek tilining izohli lug’ati”da uning (I tom, 286-287 


betlar) o’n uch xil ma’nosi qayd qilingan: 1. Din va falsafada: tandan jon chiqib, ruhga 
aylanib abadiy yashaydigan narsa; 2. Sezuvchi, his etuvchi tan, badan; 3. hayot, hayot-
mamot; 4. Kishi, odam; 5. Qo’shimcha aniqlovchilar bilan qo’llanib “bosh”, “jussa” (qiz 
joning bilan qayon borasan?) ma’nolarini ifodalaydi. 6. Ko’chma ma’nolarda: kuch, quvvat, 
mador; 7. Yaxshi ko’radigan, sevimli, yoqimli kishi yoki narsa; 8. Biror ish, soha yoki 
doirada ilhomlantiruvchi, tashkil etuvchi, tashkilotchi shaxs; 9. hayot manbai, hayot 
bag’iщlovchi narsa va sh.k. 
Ko’rinadiki, “jon” so’zining hamma ko’chma ma’nolari uning asl ma’nosidan kelib 
chiqadi, ular o’rtasida ichki bog’lanish bo’ladi. omonimlarga bu xususiyat xos emas. Shu 
sababga ko’ra yuqoridagi “ot” va “olmadi” so’zlari-omonim, “jon” so’zi esa-
polisemantizmdir. 
2. Sinonim (yunon. Synonymas-bir xil) – shakli (talaffuzi va yozilishi, hissiy buyog’i 
va ohangi) har xil bo’lgan, ma’nodosh so’zlardir. Jumladan, barno, dilbar, zebo, gulyuz, 
dildor, dilnavoz, dilozor, malak, nigor, pari, parivash, sanam, sitamgar, ma’shuqa, farishta 
kabi so’zlar “yor” va “go’zal” ma’nolarini ifodalagan. Ikki yoki undan ortiq ma’nodosh 
so’zlarning kelishi sinonimik qatorni va shu qatordagi so’zlardan adabiy tilda eng ko’p 
ishlatiladigan bosh (dominanta) so’zni tashkil qiladi. Beg’ubor, zilol, musaffo, nafis, 
jilvakor, fusunkor sinonimik qatorning bosh so’zi “beg’ubor”dir. 
Chappar urib gullagan bog’in, 
O’par edim Vatan tuprog’in. 
Bu shundayin ajib diyordir, 
Buning qiziq hikmati bordir. 
Shunday o’lka doim bor bo’lsin, 
Shunday o’lka elga yor bo’lsin. 
“Vatan” ma’nosi “Vatan” so’zidan tashqari “diyor”, “o’lka” so’zlari orqali qirralarini 
chuqurlashtirgan, bir-biriga muvofiqligi-musiqiylikni yuzaga chiqarganki, uni to’lib-toshib 
kuylaysan, odamh 
3. Antonim (yunon. Antonimos-qarshi nom, zid) deganda bir-biriga qarama-qarshi, 
teskari ma’nolarni ifodalovchi so’z va iboralar tushuniladi: jumladan, E.Vohidovning 
“Yomonning so’zi” she’ri shunday boshlanadi: 
Sen yaxshisan, 


Men yomondirman, 
Sen borsanki men omondirman. 
Meni qattol yaratgan hayot, 
Seni qilgan ojiz, benajot. 
Sen-niholsan, zavoling o’zim, 
Sen-tiriklik, men esa-o’lim. 
Kunduz bo’lsang, men tun bo’laman, 
Sen bor bo’lsang, butun bo’laman. 
Beomonman, lekin omonman, 
Chunki sendek men ham insonman. 
Bu bandda “yaxshi-yomon”, “qattol-ojiz”, “tirik-o’lik”, “kunduz-tun” kabi bir-biriga 
zid so’zlarning ketma-ket kelishi, “Yomon”ning ichki dunyosini bo’rttirib va yorqin qilib 
ifodalashga yordamga kelayapti, eng asosiysi, “Yomon”ni borlig’icha namoyon bo’lishiga 
imkoniyat yaratayapti. 
Mumtoz adabiyotda ham bu vosita ko’plab qo’llanilgan bo’lib, u tazod deb yuritilgan. 
Tazodda qarama-qarshi qo’yilgan ikki taraf (obraz, predmet, hodisa) ayni zamonda uzviy 
ravishda bir-biriga bog’lanib kelgan. 

Download 372.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling