3. Baholangan «01X500AA» davlat raqamli Captiva avtotransport vositasiga nisbatan berilgan yakuniy natijaviy ekspertiza xulosasi.
Sizu bizga ma’lim bo’lishicha, baholash hisobotiga nisbatan ekspertizani o‘tkazishda bajaruvchi o‘z majburiyatlari bajarmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi, shuningdek baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qonunchilikda ko’zda tutilan (tutilmagan) holatlar bo’yicha boshqa tarzda buzganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ushbu qonun talabidan kelib chiqib, expertiza xulosasini tayyorlashga kirishamiz.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotda qayd etilishicha 2020-yil 16-yanvar sanasida Toshkent shaharida mulk obyekti baholangan.
|
|
|
Ekspertizani o‘tkazish uchun asos esa baholash to‘g‘risidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish bo’yicha kelib tushgan ariza.
|
|
|
Ekspertiza predmeti esa avtomobil transport vositasi.
|
|
|
Ekspertiza turi: Tahliliy
|
|
|
Ekspert: (F.I.O., lavozimi, baholovchining malaka sertifikati tartib raqami va uning berilgan sanasi) - Sharipov Alisher, malaka sertifikatining tartib raqami BL 002, №0027, RR-0272 DMQ tomonidan taqdim etilgan.
|
|
|
«01 X 500 AA» davlat raqamli Captiva avtotransport vositasi 2013-yilda ishlab chiqarilgan bo’lib, baholash obyekti hisoblanadi.
|
|
|
Bizning kurs ishimiz davomida baholanuvchi obyektga tahlil usulida expertiza xulosasini beramiz, lekin amaliyotda mulk obyektini joylashgan joyga borgan holda baholanuvchi mol-mulkni tekshirish natijalarini qayd etishimiz mukin. Bu esa amaliyotda dala sharoitida ekspertiza o‘tkazish deb yuritiladi.
|
|
|
Ekspert tomonidan hisobotda baholovchi tomonidan u yoki bu baholash yondashuvlaridan foydalanishning (yoki foydalanishni rad etishning) asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosalar keltiriladi.
|
|
|
So‘ngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning to‘g‘riligi va asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosalar keltiriladi. Bundan tashqari, baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning to‘liqligi va haqqoniyligi, hisoblashda baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi.
|
|
|
Expertiza xulosasida joriy etilgan chegirishlar va mukofotlar ham qayd etilishi lozim.
|
|
|
Ushbu bo‘limda ekspert tomonidan hisoblashda baholovchi tomonidan foydalanilgan chegirishlar va mukofotlar miqdorlarini qo‘llaganlikning asoslanganligi va ularning haqqoniyligi, shuningdek ularni aniqlashning haqqoniyligi to‘g‘risidagi xulosalar keltiriladi.
Yuqorida qayd etilgan bo’limlardan tashqari quyidagi ko’rsatkichlar ham muhim omil sifatida qayd etiladi.
|
|
|
Baholashning har qaysi yondashuvi salmog‘ini asoslash:
Bunda baholovchi baholashda qiymatni aniqlashga yondashuvlarda foydalanilgan salmoqni belgilash metodidan foydalanadi. So‘ngra ekspert tomonidan baholovchi belgilagan yondashuvlarining salmog‘ini (koeffitsiyentlarini) asoslanganligi to‘g‘risidagi xulosalar keltiriladi
|
|
|
Alohida qayd etishimiz joizki, ekspert xulosasi faqat ilova qilinayotgan hisobotning to‘liq matnini hisobga olgan holda, unda mavjud bo‘lgan barcha yo‘l qo‘yishlar va cheklashlarni, shuningdek ekspertizani o‘tkazishda foydalanilgan hujjatlarni e’tiborga olib talqin etilishi mumkin.
Sud organlari so‘rovnomalariga ko‘ra bahsli vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasining ishini tashkil etish tartibi alohida belgilangan normativ hujjat asosida amalga oshiriladi.
Unga ko’ra, baholash obyektlari bahosi bo‘yicha materiallarni bahsli vaziyatlarda sud organlari so‘rovlariga ko‘ra ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasi ishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari so‘rovlariga ko‘ra ekspertizadan o‘tkazish sud organlari tomonidan yuborilgan baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarida baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi xulosalarni tahlil qilish va tuzish bo‘yicha tadbirlar yig‘indisi hisoblnadi.
Baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari so‘rovlariga ko‘ra ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ekspert komissiyasi tashkil etiladi.
Baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari so‘rovlariga ko‘ra ekspertizadan o‘tkazish natijalaridan iborat bo‘lgan hujjat ya’ni komissiya xulosasi yakuniy natija hisoblanadi.
Baholovchi tashkilot shtatida turuvchi, ekspertlar reyestriga kiritilgan va ekspert hisobotini tayyorlash uchun Komissiya tomonidan jalb etiladigan baholovchigina ekspert hisoblanadi.
Komissiyaning ekspert a’zosi ya’ni ekspertlar reyestridan Komissiya a’zosi sifatida tasdiqlangan ekspertgina expertiza jarayonlarida bevosita ishtirok etish huquqiga ega bo’ladi.
Baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‘lgan, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Komissiya tomonidan tanlab olingan jismoniy shaxslar ro‘yxati esa ekspertlar reyestri deb yuritiladi.
Ekspertiza o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan materiallar ilova qilingan holda sud organlari tomonidan Komissiyaga taqdim etilgan ekspertiza o‘tkazish to‘g‘risida sud organlarining ajrimi baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari so‘rovlariga ko‘ra ekspertizadan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi.
Komissiyaning doimiy a’zolari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning ekspert a’zosi ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlar orasidan bo‘lgan Komissiyaning doimiy a’zolari tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiyaga Komissiya raisi boshchilik qiladi, u:
Komissiya ishlarini tashkil qiladi;
Komissiya majlisining kun tartibini tasdiqlaydi;
Komissiya majlisi o‘tkaziladigan sana va joyni tayinlaydi;
Komissiya majlislarida raislik qiladi.
Komissiya raisi bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini Komissiya raisining o‘rinbosari bajaradi.
Komissiya a’zolari:
Komissiya ishlarida qatnashadilar;
ekspertlar reyestriga kiritish uchun ekspertlar nomzodlarini ko‘rib chiqadilar;
ekspertlarning bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadilar;
ekspertlar ishlari natijalarini muhokama qiladilar;
Komissiya qarorlarini qabul qilish to‘g‘risida ovoz berishlarda qatnashadilar.
Komissiya majlisi, agar unda a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa vakolatli hisoblanadi.
Komissiya qarori majlisda qatnashgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya a’zosining Komissiya qabul qilgan qarordan farq qiladigan alohida fikr-mulohazasi Komissiya majlisining protokolida aks ettiriladi yoki yozma ravishda alohida rasmiylashtiriladi va u Komissiya majlisi protokolining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi, u Komissiya ishlari bo‘yicha hujjatlarning belgilangan tartibga muvofiq yuritilishi va saqlanishini amalga oshiradi.
Komissiya majlislarni ekspertizadan o‘tkazish uchun materiallar to‘planishiga qarab o‘tkazadi.
Ekspertlar reyestriga kiritish uchun ekspertlarni tanlab olish tanlov asosida amalga oshiriladi. Ekspertlarni tanlov asosida tanlab olish Komissiya tomonidan, talab qilinadigan ekspertlar sonidan kelib chiqqan holda har yili kamida bir marta amalga oshiriladi hamda qatnashchilar tarkibi va tanlov takliflarini berish shakli bo‘yicha ochiq hisoblanadi. Tanlov bo‘yicha tanlab olishda qatnashish istagini bildirgan ekspertlar uchun quyidagi talablar belgilanadi:
baholovchi lavozimida kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lish;
baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun baholovchining malaka sertifikati to‘xtatilganligi yoki bekor qilinganligi hollarining mavjud emasligi;
talabgor baholovchi tashkilot shtatida turishi kerak;
talabgor baholovchi lavozimida qatnashgan har xil turdagi mol-mulkni baholash to‘g‘risidagi kamida yigirmata hisobotning mavjud bo‘lishi.
Talabgorlar tanlov bo‘yicha tanlab olishda qatnashish uchun Komissiyaning ishchi organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
tanlov asosida tanlab olishda qatnashish yuzasidan buyurtmanoma, unda talabgor ekspert sifatida ishlarni amalga oshirish uchun tayyor bo‘lgan respublika hududlari ko‘rsatiladi;
baholovchining malaka sertifikati nusxasi;
mehnat daftarchasining nusxasi;
talabgor ularda baholovchi lavozimida qatnashgan baholash to‘g‘risidagi hisobotlarga oid ma’lumotlar.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha hujjatlar tanlov bo‘yicha tanlab olish o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’londa ko‘rsatilgan manzilga bir nusxada taqdim etiladi. Buyurtmanomaga talabgor tomonidan imzolangan taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxati ikki nusxada ilova qilinadi.
Talabgorlarning tanlov bo‘yicha tanlab olishda qatnashish bo‘yicha hujjatlari Komissiyaning ishchi organi tomonidan tanlov bo‘yicha tanlab olishning o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon ommaviy-axborot vositalarida chop etilgan kundan boshlab o‘ttiz kalendar kun mobaynida ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxatning ikkinchi nusxasi talabgorga hujjatlar qabul qilingan kunda, hujjatlar qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda qaytariladi.
Tanlov bo‘yicha tanlab olish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqichda Komissiyaning ishchi organi tomonidan talabgorlardan hujjatlar qabul qilib olinadi, shuningdek taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi o‘rganiladi. Komissiyaning ishchi organi tomonidan talabgorlarning Nizom talablariga muvofiq bo‘lgan hujjatlari keyinchalik qaror qabul qilish uchun Komissiyaga taqdim etiladi;
Ikkinchi bosqichda Komissiya a’zolari o‘z majlisida talabgorlarning hujjatlarini o‘rganadilar va tanlov bo‘yicha tanlab oladilar. Tanlov bo‘yicha tanlovdan o‘tgan talabgorlar Komissiya qarori bilan ekspertlar reyestriga kiritiladilar.
Tanlov bo‘yicha tanlab olish yakunlari Komissiya protokoli bilan tasdiqlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rasmiy saytiga joylashtiriladi va tanlov bo‘yicha tanlab olish natijalari tasdiqlangan sanadan keyin besh kun mobaynida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Baholovchining malaka sertifikati amal qilishini to‘xtatish yoki uni bekor qilish ushbu ekspertni ekspertlar reyestridan chiqarishga olib keladi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Xulosa
“Baholash faoliyatining qo’shimcha xizmatlari” fani doirasida “Baholangan ko’char mulk obyektiga nisbatan ekspertiza xulosasini tayyorlash” mavzusi doirasida ham nazariy ham amaliy bilimlarni o’rganish natijasida biz kredit resurslarining ta’minlanishi uchun ko’char mulk qiymatini baholashning asosiy xususiyatlarini hamda ekspertiza jarayoniga bog’liq munosabatlarni tartibga soluvchi xuquqiy mexanizmlarninig mazmun mohiyati, xususiyatlari va jihatlarini mustaqil ravishda o’rgandik.
Mazkur kurs ishi doirasida mavzuni tahliliy ochib berish va tizimlashtirish asosida quyidagi xulosalar shakllantirildi:
Bugungi kunda ko’char mulk obyekti hisoblangan avtotransport vositalari qiymatini baholashda bir qancha muammolar vujudga kelmoqda. Chunki ko’char mulk qiymatini baholash omillarining o’zgaruvchanligi va daromad usulini qo’llashda muayyan ma’lumotlar bazasining yo’qligi bunga ta’sir ko’rsatmoqda.
Mashina va uskunalarning baholash obyektlari sifatida quyidagi mulk turlari ishtirok etishi mumkin:
- funktsional mustaqil mashinalar, agregatlar va o‘rnatilgan uskunalar;
- texnologik jarayonga asosan, texnologik mashinalarni va yordamchi uskunalarni bir avtomatik tizimda birlashtiruvchi texnologik komplekslar;
-inventar ob‘ektlarini mujassamlashtirgan, ishlab chiqarish strukturasining mashina va dastgohlari;
Mashina va uskunalarni baholashda jahon tajribasida, bozor qiymatining uch turi qo‘llaniladi:
- davomiy foydalanishga asoslangan bozor qiymati;
- o‘rnatilgan uskunaning asoslangan bozor qiymati;
- o‘rnini almashtirish (ko‘chirish)dagi bozor qiymati.
Kurs ishi doirasida o’tkazilgan expertiza va unda ekspertning yakuniy xulosasiga ko’ra «Gold assessment» MCHJ baxolovchi tashkilot tomonidan tayyorlangan baholash hisoboti va baholash obyekti sifatida o’rganilgan 2013-yil ishlab chiqarilgan, davlat raqami «01 X 500 AA» Captiva rusumli avtotransport vositasi baholash to’g’risidagi axborot manbalariga to’laligicha javob berib, baxolash hisoboti xaqqoniy deb e’tirof etilgan.
| |
Do'stlaringiz bilan baham: |