Mavzu: Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o'qish. Apellyatsiya shartlari


Download 12.08 Kb.
bet1/5
Sana14.12.2022
Hajmi12.08 Kb.
#1006263
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish Diana


Mavzu: Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o'qish. Apellyatsiya shartlari
O’quvchilarni baholashning turlari va tamoyillari.
Pedagogika-psixologiya fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi:
1. O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga harab davlat ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchilarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan ta’limiy maqsad bajariladi.
3. Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, ularda ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqish paydo bo‘ladi. SHuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining ajralmas qismidir.
Ana shu vazifalardan kelib chiqib o‘quvchilar o‘quv faoliyatini hisobga olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan.
Har bir fan bo‘yicha o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi:
joriy nazorat;
oraliq nazorat;
yakuniy nazorat.
Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilib, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi.
Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo‘lib, o‘rganilgan mavzular bo‘yicha yozma, og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi.
O’quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi mumkin.

Download 12.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling