Mavzu: Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o'qish. Apellyatsiya shartlari


Download 12.08 Kb.
bet5/5
Sana14.12.2022
Hajmi12.08 Kb.
#1006263
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish Diana

Apellyatsiya shartlari
Qonunchilikka ko‘ra, test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 21-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) bo‘lgan muddatda apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Apellyatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.
Apellyatsiya shikoyati ko‘rilayotgan abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto‘g‘ri bajarilgan javoblar ro‘yxati hamda test sinovlarida abituriyentga taqdim etilgan test topshiriqlari kitobi beriladi.
Taqdim etilgan hujjatlar asosida abituriyent o‘zining har bir noto‘g‘ri deb hisoblangan test topshirig‘iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va qabul qilib olgan barcha test materiallari bilan birga apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi.
Apellyatsiya shikoyati apellyatsiya komissiyasi tomonidan faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.
Abituriyentning yozma javoblari o‘z tasdig‘ini topmagan bo‘lsa, apellyatsiya komissiyasi test sinovlari natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish va apellyatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Abituriyent murojaat qilganda unga apellyatsiya shikoyati bo‘yicha qabul qilingan qarordan ko‘chirma beriladi.
Abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi Davlat test markaziga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo‘lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o‘zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi.
Apellyatsiya tartibi quyidagicha:
test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar 21-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega;
Nizomda apellyatsiya shikoyatlari yozma yoki elektron shaklda berilishi aytilgan. Ammo elektron ariza berishning tatibi yoʻq, faqat yozma (qogʻozda) qabul qilishadi. Shuni abituriyentlarning shaxsiy kabineti yoki DTM sayti orqali yoʻlga qoʻyish shunchalar qiyinmi?
abituriyent xabarnomada belgilangan kunda oʻzining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart;
abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari notoʻgʻri bajarilgan javoblar roʻyxati hamda test topshiriqlari kitobi beriladi;
abituriyent oʻzining har bir notoʻgʻri deb hisoblangan test topshirigʻiga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi;
apellyatsiya shikoyati faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida koʻrib chiqiladi. Ilgari ota-onasi yoki ustozlariga ruxsat berilardi, keyinchalik buni taqiqlab qoʻyishdi;
abituriyentning yozma javoblari oʻz tasdigʻini topmagan boʻlsa, shikoyatni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi;
abituriyent murojaat qilganda unga qarordan koʻchirma beriladi;
abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi DTMga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan boʻlsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki oʻzining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.
Download 12.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling