Mavzu: Bakteriya va viruslar suv o`tlari ularning turlari va tabiatdagi ahamiyati. Lishayniklarning umumiy tavsiloti. Zambrug`lar
Zang zamburug’i murakkab taraqqiyot davri ya’ni, har xil sporalar va oraliq xo’jayinga ega bo’lishi bilan ajralib turadi
Download 1.7 Mb.
|
BAKTERIYA VIRUSLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki mikoriza ko’pincha o’t o’simliklarda uchraydi. Ammo uning simbioz hayot kechirishdagi roli haqida ma’lumotlar yetarli emas.
Zang zamburug’i murakkab taraqqiyot davri ya’ni, har xil sporalar va oraliq xo’jayinga ega bo’lishi bilan ajralib turadi.
Baborda zang zamburug’i oraliq xo’jayin hisoblangan zirk o’simligida rivojlanishni boshlaydi. Keyinchalik bug’doy o’simligida hayotini davom ettiradi. Butun yoz davomida parazit zambunig’ sarg’ish-qizil (zang) rangdagi sporalar hosil qiladi. Ular bug’doy o’simligining poya va barglarini zararlaydi (16-rasm). Poya va barglardagi dog’lar sporalardagi pigmentlarga bog’liq bo’lib, temirdagi zang dog’ga o’xshab ketadi. Shuning uchun uni zang zamburug’i deb yuritiladi. Zararlangan o’simlik boshoq hosil qilmaydi yoki donlari puch bo’lib qoladi. Parazit zamburug’lar bilan kurashish ham ancha qiyin, chunki ularning yengil sporalari shamol yordamida tarqalib katta maydonlarni zararlaydi. Zang zambumg’lariga qarshi kurashda eng qulay usul — ushbu zamburug’larga chidamli yangi bug’doy navlarini yaratish hisoblanadi. Vertisill. Oq palak — uning spora hosil qiluvchi bandlari halqasimon shoxlangan. Ushbu zamburug’ turli o’simliklarning o’tkazuvchi to’qimalarida parazit holda hayot kechiradi. Zamburug’ o’simliklarni o’ziga xos «vilt» yoki «vertisillyoz» deb atalgan so’lish kasalligiga chalintiradi. Kasallikning asosiy belgisi, barg hujayralarida taranglik holatini yo’qotishi bo’lib, ularda dastlab sarg’ish-jigarrang, so’ngra qo’ng’ir dog’lar paydo bo’ladi, bu uning barglarini erta to’kilishiga sabab bo’ladi. Markaziy Osiyo sharoitida vilt kasal-ligi g’o’zaning ofatidir. Vilt g’o’za ildizi orqali o’tib, poyaning o’zagini zararlaydi va uning normal o’sishini buzadi. Vilt bilan zararlangan o’simlik ko’pincha nobud bo’ladi yoki biror organi so’lib chiriydi. Kasallikka qarshi kurash choralari ho’jaliklarda almashlab ekishni to’g’ri yo’lga qo’yish, viltga chidamli yangi g’o’za navlarini yaratish, yerni chuqur va sifatli shudgor qilish, mahalliy o’g’itlar sepish va boshqalardir. Zamburug’larning ahamiyati. Zamburug’lar tabiatda keng tarqalgan va katta ahamiyatga ega. Ular tabiatda moddalar aylanishida ishtirok etadi. Bakteriyalar bilan birga organik moddalarning: o’simlik qoldiqlari va hayvon jasadlarining parchalanishi asosan zamburug’lar ishtirokida boradi. Tuproqda xilma-xil zamburug’lar guruhi uchraydi. Zamburug’lar saprofitlar sifatida to’nka va ildizlar qoldiqlarida yashaydi. Ba’zi zamburug’lar yuksak o’simliklar bilan simbioz holda yashab, mikoriza hosil qiladi. Ammo ba’zi bir zamburug’lar o’rmon xo’jaligiga zarar keltiradi. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko’ra yog’ochni chirituvchi zamburug’lar uning 30% ni mutlaqo yaroqsiz holga keltirishi mumkin ekan. Mikoriza — yuksak o’simliklar ildizi bilan zamburug’larning simbioz hayot kechirishidan iborat. Quruqlikda tarqalgan ko’pchilik o’simliklar tuproqdagi zamburug’lar bilan ana shunday hamkorlikda yashaydi. Mikorizaning tuzilishiga ko’ra ikki asosiy turi ajratiladi: tashqi (ektotrof) va ichki (endotrof)- Ektotrof mikorizada o’simlik ildizining uchki qismini zich g’ilof ko’rinishida zamburug’ mitselliysi o’rab oladi. Endotrof mikorizada zamburug’ ildizning ichki to’qimalariga kirib oladi. Tashqi mikoriza asosan o’rmonlardagi qayin, eman va nina bargli daraxtlarda uchraydi. Zamburug’ daraxt ildizidan karbon suv va vitaminlarni o’zlashtiradi. Shu bilan birga tuproqning gumusi tarkibidagi oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislotalarning bir qismi o’simlik tomonidan o’zlashtiriladi. Bundan tashqari zamburug’ daraxtning ildiz tizimini, shimish yuzasini oshiradi, bu esa o’z navbatida unumsiz tuproqlarda o’sayotgan o’simlik uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ichki mikoriza ko’pincha o’t o’simliklarda uchraydi. Ammo uning simbioz hayot kechirishdagi roli haqida ma’lumotlar yetarli emas. Ba’zi bir zamburug’lar parazit organizmlar sifatida o’simlik va hayvonlarda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. Iste’mol qilinadigan zamburug’lar ozuqa ahamiyatiga ega. Zamburug’larning ba’zi turlaridan antibiotiklar va vitaminlar olishda, shuningdek, achitqilardan turmushda kcng foydalaniladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling