Mavzu: Bakteriya va viruslar suv o`tlari ularning turlari va tabiatdagi ahamiyati. Lishayniklarning umumiy tavsiloti. Zambrug`lar
Download 1.7 Mb.
|
BAKTERIYA VIRUSLAR
Lishayniklarni ko`payishiL. jinsiy, jinssiz vegetativ koʻpayadi. Jinssiz koʻpayishda L. zamburugʻi sporalari xaltachalarda (xaltachali L.) yoki baʼzan, bazidiyalarda (bazidiyali L.) hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayishda konidiyalar va piknosporalar vujudga keladi. Zamburugʻ sporalari usadi va oʻziga mos suvoʻt turi bilan birlashib, yangi L. tallomi — vegetativ tana hosil qiladi, L. tallomning kichik qismi orqali vegetativ koʻpayadi. L.dagi suvoʻtlar boʻlinib, yashil suvoʻtlar esa avtosporalar hosil qilib koʻpayadi. Jinsiy koʻpayishda L. tanasidagi suvoʻtlar va zamburugʻlar alohida koʻpayadi.Lishayniklarning 26 000 ga yaqin turi ma’lum. Lishayniklarning tanasi, ranggi va shakli har xil. Lishayniklar sporalar yordami bilan shuningdek vegiltatib yo’l bilan ko’payadigan avtotrof organizmlardir. Vegetativ ko’payish lishaynik tallomida hosil boiadigan o’simtalar va ularning qulay sharoitga tushib rivojlanishi bilan boradi. Lishayniklar tashqi ko’rinishiga ko’ra uchta turga bo’linadi (18-rasm): 1. Yopishqoq; 2. Bargsimon; 3. Butasimon. Lishayniklar barcha joylarda o’sadigan o’simliklar bo’lib, tabiatda juda keng tarqalgan. Ular boshqa o’simliklar yashay olmaydigan sharoitda ham uchraydi. Lishayniklar tosh va qoyalarda. Cho’1 va dashtlarda, daraxt va buta po’stloqlarida o’sadi. Lishayniklar tundra va o’rmon tundrada keng tarqalgan. Ulardan (Kladonia turkumi) shimol bug’ulari uchun oziqa sifatida foydalaniladi. Unimsiz joylarda yashovchi lishayniklar boshqa o’simliklar ham jamoasini shakllanishiga imkon yaratadi. Lishayniklar substratdan va atrof-muhitdan turli kimyoviy elementlarni, shu jumladan radioaktiv moddalarni ham to’plash xususiyatiga ega. Toza havoni talab etuvchi lishayniklardan atmosfera havosining ifloslanganlik darajasini aniqlashda indikator sifatida foydalanish mumkin. Ba’zi bir lishayniklar to’qimachilikda bo’yoq sifatida, tibbiyotda va atir-upa sanoatida ishlatiladi. Shuningdek, o’rmonlarda ayniqsa, qarag’ayzorlarda va daraxt kesilgan maydonlarda lishayniklar yaxlit qoplam hosil qiladi. Bunda kladoniyaning (Cladonia) bir necha turlari qatnashadi. Daraxt po’stlog’ida soqolli usneya (Usneya barbata), tasmasimon everniya(Evernia prunastri) lar yashil-sarg’ish hamda tillarang — Xantoria parientina sariq qoplam hosil qiladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling