Mavzu: Bakteriya va viruslar suv o`tlari ularning turlari va tabiatdagi ahamiyati. Lishayniklarning umumiy tavsiloti. Zambrug`lar


Yuksak zamburug’lar mitselliysi to’siqli ya’ni, ko’p hujayrali bo’ladi (13-rasm)


Download 1.7 Mb.
bet15/16
Sana26.11.2021
Hajmi1.7 Mb.
#177670
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BAKTERIYA VIRUSLAR

Yuksak zamburug’lar mitselliysi to’siqli ya’ni, ko’p hujayrali bo’ladi (13-rasm).

Achitqi zambumg’li — haqiqiy mitselliysi bo’lmay, tanasi alohida-alohida hujayralardan iborat. Hujayrasi bir yadroli, oval shaklda bo’ladi. Bu zamburug’ kurtaklanish yo’li bilan ko’payadi. Kurtaklanish natijasida hosil bo’lgan yosh hujayralar uzilib ketmay zanjir hosil qiladi (14-rasm). Ular shakarli muhitda yashaydi. Achitqi zamburug’larining faoliyati natijasida shakar spirt va karbonat angidrid gaziga parchalanadi. Ushbu jarayon pivo, vino va novvoychilikda katta amaliy ahamiyatga ega. Spirtli achish jarayonida ajralib chiqqan energiya achitqilarning hayoti uchun zarur. Novvoychilikda xamirga achitqi qo’shib qorilganda ajralib chiqadigan karbonat angidrid gazi xamirni ko’pchishini ya’ni, yengil va g’ovak bo’lishini ta’minlaydi.

Qo’ziqorin zamburug’i tabiatda keng tarqalgan qalpoqchali zambumg’lar hisoblanadi. Uning ichi bo’sh, meva tanasi 10-12 sm bo’lib, oyoqcha va qalpoqchadan iborat (15-rasm). Qo’ziqorin chirindiga boy tuproqlarda saprafit holda hayot kechiradi. Tuproq ostidagi ko’p yillik mitselliysi yoz faslida zaxira sifatida oziq moddalar to’plab, kuzdan boshlab meva tanachalar shakllana boshlaydi.

Ular kelgusi yili bahorda yetilib tuproq yuzasiga chiqadi va sporalarini sochadi. Sporalar qalpoqchaning burishgan tashqi yuzasida ya’ni, burmalardagi katakchalarda hosil bo’ladi. Qo’ziqorin shartli iste’mol qilinadigan zamburug’lar guruhiga kiradi. Eng yaxshi iste’mol qilinadigan zamburug’larga oq zamburug’, oq qayin bilan birga o’sadigan zambumg1 va boshqa zamburug’lar kiradi. Ular oqsilga boy, shuningdek, tarkibida moylar, mine-ral moddalar, mikroelementlardan esa temir, kalsiy, rux va boshqalar mavjud.

Parazit zamburug’lar. Zamburug’lar orasida parazit turlari ham juda ko’p. Ular o’simlik, hayvon va odamlarda turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ayniqsa, parazit zamburug’lar qishloq va o’rmon xo’jaligiga katta zarar yetkazadi.


Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling