Mavzu: Bank hisobvaraqlarini yuritish bo’yicha shartnoma va uning mazmuni Reja
Download 30.35 Kb.
|
BANR HISOBVARAQ
Bank hisobvarag‘i — bank tomonidan shartnomaga muvofiq mijozga ochilgan hisobvaraq bo‘lib, unga ko‘ra bank mijozning hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini qabul qilish va hisobga kiritish, mijozning hisobvarag‘idan tegishli pul mablag‘larini o‘tkazish hamda berish va hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi topshiriqlarini bajarish majburiyatini zimmasiga oladi.
Bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish orqali bank mijoz (hisobvaraq egasi) hisobvarag‘iga kelib tushgan pul mablag‘larini qabul qilish va kiritib qo‘yish, mijozning hisobvarag‘idagi tegishli mablag‘larni o‘tkazish va berish hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi topshiriqlarni bajaradi. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida bank hisobvarag‘i shartnomasi namunasi tayyorlangan bo‘lib, namunadagi so‘rovnomalar aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so‘zlardan foydalangan holda to‘ldirilishi, kelgusida nizolar va tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi. Jismoniy shaxslar hisob-kitob va bank xizmatlarini ko’rsatish uchun bankni mustaqil tanlash hamda bir yoki bir nechta banklarda milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish huquqiga ega. Milliy yoki chet el valyutasida hisobvaraq ochish uchun ariza va shaxsni tasdiqlovchi hujjat shaxsan mijoz tomonidan bankka topshiriladi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasi olib qolinib, asli qaytariladi. Bankda hisobvaraq ochish uchun shartnoma tuziladi. Bank hisobvarag‘i shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak. Shartnomaning bir nusxasi mijozga beriladi. Shartnoma tuzish uchun kerakli hujjatlarni bankka taqdim qilgan holda shartnoma tuzilgandan keyin bank 1 ish kuni ichida hisobvaraq ochib berishi lozim. Hisobvaraq ochganlik uchun to‘lov undirilmaydi. Fuqarolar banklarda quyidagi turdagi hisobvaraqlar ochishlari mumkin: Download 30.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling