Mavzu: Bank hisobvaraqlarini yuritish bo’yicha shartnoma va uning mazmuni Reja


Download 30.35 Kb.
bet10/11
Sana24.12.2022
Hajmi30.35 Kb.
#1061152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BANR HISOBVARAQ

FORS-MAJOR HOLATLAR
10.1. Tomonlarning hech biri Tomonlarning xohish-irodasi va istaklaridan tashqari yuzaga kelgan, oldindan koʻrib boʻlmagan va oqilona choralar bilan oldini olib boʻlmagan holatlar, shu jumladan suv toshqinlari, yongʻinlar, zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlar, urush, epidemiyalar va epizootiyalar natijasida yuzaga kelgan holatlarda shartlangan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun boshqa Tomon oldida javobgar boʻlmaydi.

SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, UNI OʻZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI
11.1. Mazkur Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi, u nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi.
11.2. Mazkur shartnoma mijozning arizasi boʻyicha yoki Mijoz tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganda sud tartibida bekor qilinadi.
11.3. Mazkur Shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar faqat yozma shaklda kiritilib, Tomonlar imzolangan boʻlsagina kuchga ega boʻladi.
11.4. Mazkur Shartnoma Mijoz tomonidan unga koʻrsatiladigan bank xizmatlari bilan bogʻliq barcha toʻlovlar amalga oshirilganidan keyin istalgan paytda belgilangan tartibda bekor qilinishi mumkin.
11.5. Shartnoma bekor qilinganidan keyin Bank hisobvaraqni yopadi, Mijozning arizasiga, shuningdek ushbu shartnomaning 11.6-bandida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq 7 (yetti) kundan kechiktirmasdan unga hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarining qoldigʻini beradi yoki uning topshirigʻi boʻyicha pul mablagʻlarining qoldigʻini boshqa hisobvaraqqa oʻtkazadi. Shartnomaning bekor qilinishi Mijoz hisobvaragʻining yopilishi uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Agar Mijoz shartnoma bekor qilingan kundan boshlab 7 (yetti) ish kuni ichida pul mablagʻlarini boshqa hisobvaraqqa oʻtkazish haqida Bankka yozma koʻrsatma bermasa, unda Bank Mijozning hisobvaragʻidagi mablagʻlar qoldigʻini “Harakatsiz depozit majburiyatlari” hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
11.6. Agar ushbu shartnoma boʻyicha Mijozga ikkilamchi hisobvaraq shaklida talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻi ochilgan boʻlsa va mazkur hisobvaraqda 6 (olti) oy mobaynida hech qanday operatsiyalar amalga oshirilmasa va unda pul mablagʻlari boʻlmasa, Mijoz Bankka qoʻshimcha xabarnoma taqdim qilmagan holda ushbu hisobvaraqni yopish boʻyicha topshiriq beradi. Shu munosabat bilan shartnomaning mazkur bandi Mijozning ikkilamchi hisobvaraqni yopish boʻyicha arizasi deb tan olinadi va yopish uchun asos hisoblanadi.


Download 30.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling