Mavzu: Bank huquqi uslublari Reja


Download 33.83 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi33.83 Kb.
#1206652
Bog'liq
Bank ishi


Mavzu: Bank huquqi uslublari


Reja:


1.Banklarning paydo bo‘lishi va bank huquqining shakllanishi
2. Bank huquqi tushunchasi, uning predmeti va vazifalari
3. Bank huquqining tamoyillari va manbalari

Banklar va ularning kelib chiqishi, banklarning ilk faoliyati hamda bugungi


kundagi yuksak axborot texnologiyalariga asoslangan banklar va bank tizimi, ular
amalga oshirayotgan operatsiyalar, ko‘rsatayotgan xizmatlar, bank kapitali, uning
etarliligi, bank aktivlari, kredit va investitsiyalari, bank passivlari, depozit va
investitsiyalari , banklar faoliyatining samaradorligi, uninng likvidlilik
ko‘rsatkichlari, daromadlari va xarajatlari, bank foydasi,bank risklarini boshqarish
kabi banklar faoliyatining tashkiliy – iqtisodiy jihatlari to‘g‘risida siz etarli bilim
va ko‘nikmalarga egasiz. Ammo, banklar faoliyatida iqtisodchi - bank xodimi
bilishi lozim bo‘lgan bank faoliyatining muhim yo‘nalishi ham mavjud bo‘lib bu -
banklar faoliyatining huquqiy asoslaridir.
Banklar faoliyati bozor munosabatlarining xoxlagan boshqa sub’ektlari
faoliyatidan farq qilib birinchidan, banklarning faoliyati asosiy vositasi yoki
dastagi faqat pul mablag‘lari hisoblanadi. Ikkinchidan, banklar asosan, o‘z
mablag‘lari emas, balki jalb qilingan mablag‘lar yoki mijozlarining mablag‘lariga
tayanib faoliyat olib boradi va shu bois, uchinchidan, banklar o‘z aksiyadorlari va
mijozlari, kreditorlari oldida majburiyatga ega sub’ekt hisoblanadi. Mazkur
majburiyat va mas’uliyatlar bankning har bir faoliyat turini qonuniy asosda,
mas’uliyat bilan tashkil etishni va amalga oshirishni talab etadi. Banklar
faoliyatining huquqiy asoslari qadimiy ildizlarga ega bo‘lib, bular xaqida
Xamurapi qonunlarida ham, qadimgi Misrda papiruslarga yozilgan qonunlarda
ham, Xitoy qo‘lyozmalarida ham ko‘p eslatilgan. Moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish
tarixi insoniyat sivilizatsiyasining erta tongiga, tovar-pul munosabatlari, o‘zaro
tovar ayriboshlash aloqalari yuzaga kela boshlagan davrlarga borib taqalishi shubxasiz. Insoniyat moddiy madaniyati osori-atiqalarini, qadimgi arxeologik manbalarni o‘rganish yuqoridagi fikrga kelishga to‘la asos bo‘ladi .Markaziy Osiyo xududida yashagan va yashab kelayotgan xalqlar hamda elatlar tarixiga oid qadimiy yodgorliklar, bu er insoniyat sivilizatsiyasi beshiklaridan bo‘lganligini, bundan 5 ming yil avval ham rivojlangan ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar qaror topganligini, tovar-pul munosabatlari avj olganligini tasdiqlaydi. Agar biz bank ishi tarixi bo‘yicha ba’zi manbalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning guvoxlik berishlaricha miloddan avvalgi birinchi ming yilliklarda Markaziy Osiyo xududida dastlabki quldorlik davlatlari – Xorazm, Baqtriya, Sug‘d, Parfiya vujudga keldi. Maroqand, Karashota, Marv kabi shaxarlar barpo etildi va u erlarda savdo-sotiq rivoj topdi, pul o‘rnida ishlatiladigan buyumlar muomalaga kiritildi. Axmoniylar xukmronligi davrida Avesto ta’limoti keng tarqaldi va unda odamlar o‘rtasidagi o‘zaro muomalalarga, savdo-sotiq ishlariga katta e’tibor berildi. Kushon podsholigi davrida tilla va kumush tangalar zarb etilib, savdo-sotiq ishlarida keng muomilaga kiritildi. Eftalitlar davlati davrida ham (eramizning I-V asri), Turk xoqonligi davrlarida ham (VI-VIII asrlar) mamlakatimizning tarixiy xududlarida xunarmandchilik, savdo-sotiq ishlari keng rivoj topdi, pul va moliyaviy xizmatlarga oid munosabatlar yanada takomiliga etdi. VIII asr o‘rtalarida Markaziy Osiyoni arab xalifaligi tomonidan bosib olinishi natijasida, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar yangicha asosga – islom aqidalari hamda tamoillariga tayanilgani holda yangicha shakllana boshladi. Markaziy Osiyoning arablar tomonidan isti’lo qilinishi tufayli xalqimiz ma’naviy va madaniy tarixi jiddiy zarar ko‘rgan bo‘lsada, ammo bu xol savdo- sotiqni yanada keng avj olishiga, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni mislsiz kengayishiga olib keldi. Savdo-sotiq va o‘zaro muomala soxasiga islom qadriyatlarini singdirilishi xalollik, insof-diyonat, lafzida turish kabi ijobiy axloqiy mezonlarni qaror topishiga ko‘maklashdi va bu xol savdo-sotiqni keng rivojlanishi uchun qulay sharoit tug‘dirdi. Markaziy Osiyoni XIII asr boshlarida mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingunga qadar yurtimizda savdo-iqtisodiy munosabatlar rivoj topdi, yirik va obod shaxarlar barpo etildi, boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro savdo-madaniy aloqalar keng miqyosda olib borildi. Markaziy Osiyo Chingizxon qo‘shinlari tomonidan bosib olinib, vayron etilgach bu erda chuqur ijtimoiy va iqtisodiy inqiroz yuz berdi, savdo-iqtisodiy aloqalar izdan chiqdi. Bunday xol sal kam ikki asr davom etdi. Sohibqiron Amir Temurning tarix sahnasiga kirib kelishi va yuksak darajada markazlashgan Temur imperiyasini barpo etilishi bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar soxasida keskin yuksalish yuz berdi. Mamlakatlararo aloqalar yanakengaydi. Amir Temur davrida zarb qilingan oltin, kumush tangalar, mis chaqalar savdo-sotiq aloqalarida keng qo‘llanildi. Bu davrlarda savdo, pul bilan bog‘liq o‘zaro munosabatlarga xalollik, vijdonlilikka katta e’tibor berildi, mamlakatda o‘g‘ri-kazzoblar bo‘lmasligi uchun qattiq kurash olib borildi. Sohibqiron Amir Temur aloxida faxr bilan ta’kidlaganidek: «Dunyoning yarmini oldim, saltanatimning u chetidan bu chetiga biror bolakay boshida bir lagan tilla ko‘tarib o‘tadigan bo‘lsa, bir donasiga ham zarar etmaydigan tartib intizom o‘rnatdim». Amir Temur vafotidan so‘ng uning imperiyasi parchalanib ketdi va bu hol barcha sohalarda, shu jumladan savdo-iqtisodiy munosabatlarda ham inqirozlarni yuzaga keltirdi. Xonliklar tarixi davri rivojlanishning sekinlashganligi, tarqoqlik, savdo aloqalarining susayganligi bilan tavsiflanadi. XIX asrning II yarmidan boshlab Rus chorizmini O‘rta Osiyoga kirishga urinishi va nihoyat shu asrning 60-70 yillarida bu erni istilo qilinishi kapitalistik tartibotlarni ham kirib kela boshlashiga sabab bo‘ldi. Markaziy Osiyo, xususan Turkiston o‘lkasi rus savdo-sanoat doiralari uchun arzon xom-ashyo va ish kuchi manbai sifatida jozibali edi. Rossiya imperiyasining mamlakatimizga bostirib kirishi tarixiy, milliy, diniy va axloqiy qadriyatlarimizga o‘nglash qiyin bo‘lgan darajada katta ziyon etkazilganligini, istebdod va bosqinchilar zulmi xalqimizni xaqoratlangan, xamda jarohatlaganligini doimo yodimizda saqlaganimiz xolda chorizm sanoati, zamonaviy mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida ijobiy voqea bo‘lganligi, temir yo‘llar qurilishi o‘zaro iqtisodiy aloqalarni keskin kuchayishiga xizmat qilganligini ham e’tirof etilmog‘i lozim.

Har qanday davlat va jamiyatning iqtisodiy, xo‘jalik tizimida bank muassasalari, xamda ular tomonidan amalga oshiriladigan bank faoliyati muhim


o‘rin tutadi, zeroki jamiyatdagi pul massasi oqimlarining samarali va maqsadli
aylanishi, o‘zaro xisob-kitoblarning bir maromda amalga oshirilishi, bo‘sh
moliyaviy mablag‘larni ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi, xullas moliyaviy
barqarorlikni ta’minlanishi ularsiz mumkin emas. SHu sababli xar bir davlat eng
avvalo mukammal va samarali ishlovchi bank-moliya tizimlari barpo etilishidan
juda manfaatdordir. Tarixiy burilishlar, jamiyat hayotida chuqur o‘zgarishlar
bo‘layotgan davrlarda ayniqsa aniq va samarali ishlaydigan bank-moliya
tizimlarining mavjud bo‘lishi ijtimoiy-iqtisodiy falokatlarga yo‘l qo‘ymaslikning
muhim shartlaridan bo‘lib sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat
mustaqilligini qo‘lga kiritgach, ma’muriy buyruqbozlik va davlat yakka xokimligi tuzumidan erkin bozor munosabatlariga o‘tish davri ham ana shunday tarixiy burilish davrlaridan sanaladi. Bank-moliya muassasalarining o‘tish davridagi ahamiyatini chuqur tushunilgani holda bank-moliya va kredit sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri – erkin bozor tamoyillari va talablariga to‘la mos keluvchi tijorat bank muassasalari tizimi barpo etilishini ta’minlashdan iborat. Bugungi kunda ana shu maqsadga erishish soxasida muayyan yutuqlarga erishilganligi qayd etib o‘tilishi lozim. Jumladan, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Markaziy bank va 29 ta tijorat banklari (5 ta davlat banki, 13 ta aksiyadorlik, 6 ta xususiy banklar, 5 ta chet el kapitali ishtirokidagi banklar) faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Bozor infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi sanaluvchi bank tizimi faoliyatining samarali natijalari ko‘p jihatdan uning qonunchilik asoslarining mukammalligiga va rivojlanish vazifalariga qay darajada mos kelishiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Bank soxasidagi xuquqiy islohotlar bank isloxotlarining asosiy yo‘nalishlaridan sanaladi. Mamlakatimizda bank faoliyatini xuquqiy jihatdan ta’minlashda va bankka oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga solinishida O‘zbekiston milliy xuquq tizimining tarmoqlaridan biri bo‘lgan bank xuquqi muhim o‘rin tutadi. Bank xuquqining xuquq soxasi, qonunchilik tarmog‘i sifatidagi tushunchasi va uning predmetiga yuridik adabiyotlarda
turlicha yondoshuvlar, xar hil ta’riflar mavjudligini kuzatish mumkin. Uning tushunchasi va predmeti doirasini to‘g‘ri aniqlash muhim nazariy xamda amaliy ahamiyatiga egadir. CHunki faqat shu yo‘l bilangina uning boshqa xuquq soxalaridan tub farqlarini aniqlash, o‘ziga xos vazifalari xamda muammolarini belgilash mumkin bo‘ladi. Bank xuquqi tarmog‘I predmetini aniqlash chog‘ida bu soxada tadqiqotlar olib boruvchi olimlar ikki xil yondoshuvni namoyish etadilar. Ulardan bir guruxi bank xuquqi sobiq ittifoq davlati davrida ommaviy xuquq soxalaridan bo‘lgan davlat xuquqi, ma’muriy xuquq, moliya xuquqi tarkibiy qismlaridan iborat ekanligini e’tiborga olib yondoshsalar, ikkinchisi, bank faoliyati erkin va mustaqil bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bank xizmati ko‘rsatishga, bunda asosan shartnomaviylik tamoillariga amal qilishlik, ya’ni xususiy xuquqiy asoslar etakchi o‘rin tutishiga ko‘proq e’tibor beradilar. Biroq, bizning nazarimizda bank xuquqiga ta’rif berish va uning predmeti doirasini aniqlashda faqat bir tomonlama xamda yuzaki yondoshuvga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. CHunki yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek xar qanday huquq soxasini, jumladan, bank huquqi tarmog‘ining predmeti doirasini to‘g‘ri va aniq belgilanishi, shu soxadagi xuquqiy munosabatlar barqarorligini,samarali tartibga solinishini ta’minlashning, xuquqiy munosabat ishtirokchilari xuquqlari va manfaatlarini tezkor ximoya etilishini ta’minlash yo‘li bilan qonuniylik, hamda ijtimoiy adolat qaror topdirilishining asosiy omillaridan bo‘lib sanaladi. Bank xuquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasini aniqlash chog‘ida bank faoliyati bir tomondan, Markaziy bank orqali tijorat banklarini boshqarish xamda nazorat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladigan davlatning ommaviy xuquqiy faoliyati ekanligi, ikkinchi tomondan, Markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi ma’muriy, boshqaruv munosabatlaridan iborat ekanligi, uchinchidan esa, bank faoliyatining bosh maqsadi – tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga xususiy xuquqiy qoidalar va prinsiplar asosida ko‘rsatiladigan erkin bank xizmatidan iboratligi nazarda tutilmog‘i lozim. Bank xuquqi soxasi bilan tartibga solinadigan munosabatlarning ob’ekti bo‘lib, o‘ziga xos ijtimoiy aloqalar, predmeti jismoniy va yuridik shaxslarga, o‘zga ishtirokchilarga bank xizmatlari ko‘rsatilishi bilan bog‘liq faoliyat sanaladi. SHuningdek, bugungi kunda bankdan tashqari turli kredit muassasalari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar ham bank xuquqi soxasi predmeti jumlasiga kiritilmoqda. Banklarning moliyaviy va iqtisodiy munosabatlardagi asosiy funksiyalari ushbu xuquq soxasi predmeti doirasini yanada aniqroq tasavvur qilishga imkon beradi. Bank huquqi vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini jalb etish va qaytarilishi sharti bilan, xaq evaziga, muddatli va maqsadli foydalanish sharti bilan ularni joylashtirish (kredit sifatida berish, investitsiya qilish va xokazo)ning huquiy asoslarini shakllantirish; xisob-kitoblarniamalga oshirish, O‘zbekistonda shakllantirishning huquqiy asoslari;
- pul va qimmatli qog‘ozlar emissiyasi bilan shug‘ullanish;
- qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok etish;
- tegishli asoslarda valyutaga oid munosabatlarni amalga oshirish;
- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bozor talablariga asoslangan xolda boshqa turli
xizmatlar ko‘rsatishning huquqiy asoslarini shakllantirish kiradi.YUqoridagilarni barchasi bank xuquqi soxasi predmeti sanaluvchi ijtimoiy munosabatlar tabiati va mazmunini anglab etishga yordam beradi. Bank xuquqi predmetini aniqlash chog‘ida uning o‘zida bir necha xuquq soxalariga xos bo‘lgan xususiyatlarni jamlaganligi e’tiborga olinmog‘i kerak. Bank xuquqi tijorat banklari bilan ularning mijozlari bo‘lgan yuridik xamda jismoniy shaxslar o‘rtasida fuqarolik qonunchiligi tamoyillariga ko‘ra (ixtiyoriylik, tenglik, foyda olishga intilish) va odatda fuqarolik xuquqiy shartnomalar asosida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga soladi. Ayni paytda bank va uning mijozlari o‘rtasidagimunosabatlar moliya xuquqi, ma’muriy xuquqqa va boshqa xuquq sohalariga xos bo‘lgan elementlari ham tez-tez uchraydi. Masalan, xisobotlar taqdim etish tartibini buzgan mijozlarga nisbatan
jarimalar qo‘llanilishi va boshqalar.

Bank huquqining tamoyillari banklar faoliyatining munosabatlarini muvofiqlashtirishni o‘zida aks ettiradi. Umumiy olgan holda uning quyidagi tamoyillari mavjud:


a) mulkiy dahlsizlik tamoyili. Bu norma Konstitutsiyada belgilangan bo‘lib u banklar faoliyatiga ham taaluqli hisoblanadi;
b) raqobatni rag‘batlantirish va monopolizatsiyani ta’qiqlash yoki unga yo‘l
qo‘ymaslik;

v) Iqtisodiy (bank ) faoliyatini erkin yuritish tamoyili; va boshqalar.


Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan muvofiqlashtirishga oid maxsus tamoyillari:
a) bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish tamoyillari:
— O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini ikki pog‘onali darajada tashkil etish
tamoyili;
— O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining davlat hokimiyati organlaridan
mustaqilligi;
b) bank faoliyatini amalga oshirish tamoyillari:
— O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mas’ullik tamoyili;
— O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining naqd pul emissiyasi bo‘yicha
monopol huquqi tamoyili;
— davlat hokimiyati organlari va mahalliy hokimiyat organlarining kredit
tashkilotlar faoliyatiga aralashmasligi tamoyili;
— bank faoliyati, kreditlash jarayonlarining litsenziyalashtirilganligi tamoyili;.
— bank sirini saqlash tamoyili;
— bank mablag‘larining muddatliligi va qaytarilishi tamoyili va boshqalar.
Bank xuquqida qonuniylik, xuquqlarni suiste’mol qilmaslik, xuquqlardan
foydalanish chog‘ida o‘zgalarga zarar etkazmaslik lozimligi kabi umumxuquqiy
tamoyillarga ham qat’iy amal qilinishi lozim.
Bank xuquqi yangi shakllanib kelayotgan xuquq soxasi bo‘lgani sababli uning
tamoyillari ham hali shakllanish bosqichida va ularni aniq belgilash ancha
mushkul. Bank xuquqi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarda moliya xuquqi,
ma’muriy xuquq, fuqarolik xuquqi va boshqa xuquq soxalari uchun xos bo‘lgan
mezonlarni hamda qadriyatlarni kuzatish mumkin. SHu sababli ushbu tamoyillar ko‘p qirrali va bir qator xuquq soxalariga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. YUqoridagilardan kelib chiqqan holda banklarning boshqa sub’ektlar bilan iqtisodiy munosabatlari jihatdan bank xuquqi sohasida amal qiladigan tamoyillarga quyidagi uch gurux tamoyillarni kiritish mumkin:
- Tijorat banklari bilan O‘zbekiston Respublikasi MB, Moliya vazirligi, DSq,
bojxona qo‘mitasi o‘rtasidagi munosabat tamoyillari;
-Tijorat banklari bilan boshqa kredit muassasalari o‘rtasidagi munosabat tamoyillari;
-Tijort banklari uning mijozlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan
bo‘ladigan munosabat tamoyillari. Bulardan tashqari barcha turdagi bank faoliyatiga talluqli bo‘lgan umumiy tamoyillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
-Bank faoliyatida qonunlarga qat’iy amal qilish tamoili;
-Bank operatsiyalarining maqsadga muvofiq bo‘lishi lozimligi;
-Bank axborotlarining dahlsizligi va qonun bilan muhofazalanishi.
-Bank faoliyati tadbirkorlik faoliyatining muayyan shakli ekanligi.
Tijorat banklari bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, DSq va
bojxona qo‘mitasi bilan o‘zaro munosabatlari mohiyatiga ko‘ra moliyaviy-
ma’muriy munosabat bo‘lganligi tufayli moliya xuquqi va ma’muriy xuquqqa xos
bo‘lgan tamoyillar amal qiladi. Huquqshunoslik fanida bank huquqining manbalari aktlar deb tushuniladi, qonun
normalarini belgilovchi davlat organlari, huquq normalarini belgilovchilardir.
Bank xuquqi milliy xuquq tizimining alohida tarmog‘i sifatida ahloqiy va
xuquqiy g‘oyalarni umumlashtirilgan holda o‘zida ifoda etuvchi tamoillarga
Download 33.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling