- Tayyorladi: “Bank ishi” kafedrasi katta o’qituvchisi Umurzakova A.O.
1-MAVZU:“BANK HUQUQI” FANINING PREDMETI VA VAZIFALARI. BANK HUQUQI, MOHIYATI, TAMOYILLARI VA MANBALARI 1.BANKLARNING PAYDO BO‘LISHI VA BANK HUQUQINING SHAKLLANISHI - O‘zbekiston Respublikasining 1991yil 15 fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun (keyingi qo‘shimcha va o‘zgarishlari bilan) bank soxasidagi islohotlar yo‘nalishlariga mos ravishda bank muassasalari faoliyatini bozor talablariga moslashtirish vazifalarini o‘zida aks ettirdi. Ushbu qonunga ko‘ra SSSR Davlat bankining respublikadagi mintaqaviy bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga aylantirildi va pul emissiyasi, xukumat xisob varag‘lariga xizmat ko‘rsatish, oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, tijorat banklari faoliyati ustidan nazorat olib borish, pul muomilasini va pul-kredit siyosatini amalga oshirish kabi muhim vazifalar yuklatildi.
- Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotida va islohotlar soxasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, O‘zbekistonning rubl zonasidan chiqishi va 1994 yilda o‘z milliy valyutasi – So‘mni muomalaga kiritilishi, moliya soxasidagi islohotlarni chuqurlashtirilishi, uning xuquqiy asoslarini yanada takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. SHunga ko‘ra 1995 yil 21 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonuni, 1996 yil 25 aprelda esa «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunlar Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki kabi xalqaro bank muassasalari tomonidan yuqori baholandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |