5. BANKGA OID MUNOSABATLARDA NIZOLAR VA ULARNI HAL ETILISHI. - Qonuniylik va ijtimoiy adolatni ta’min etilishi bozor munosabatlari to‘la qaror topishi hamda huquqiy davlat barpo etilishining zaruriy shartlaridandir. Qonuniylik va ijtimoiy adolat tamoyillariga rioya etilishi eng avvvalo xar bir fuqaro, har bir tadbirkorlik sub’ekti huquqlari va manfaatlarini qonuniy himoyalanishini ta’minlay olishida o‘z ifodasini topadi.
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasida; “Xar bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-xarakatlari ustidan sudga shikoyat qilish xuquqi kafolatlanadi” – deb belgilab qo‘yilgan.
- O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida” gi Qonunda tadbirkorlik sub’ektlari haq-xuquqlari himoyalanishi va kafolatlanishi belgilab qo‘yilgan.
- Bank xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabat barcha ishtirokchilarning o‘zaro xuquq hamda majburiyatlari, ularning bajarilishi hamda himoyalanish usullari qonunda nazarda tutilgan.
Bankka oid munosabatlarda xuquqi buzilishi ehtimol shaxslar turiga ko‘ra ularni quyidagicha tasniflash mumkin; - Bankka oid munosabatlarda xuquqi buzilishi ehtimol shaxslar turiga ko‘ra ularni quyidagicha tasniflash mumkin;
- bank mijozi bo‘lgan fuqaro xuquqlarining bank muassasasi tomonidan buzulishi (masalan. Bank xizmati ko‘rsatish qoidalarini buzilishi, mijoz bank sirlarini oshkor etilishi, shartnoma talablarining buzilishi va xokazo.);
- bank mijozi bo‘lgan tadbirkorlik sub’ekti shaxs yoki yakka tadbirkor shaxs xuquqlarini buzilishi (mablag‘larni hisobga olish, bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini buzilishi va boshqalar);
- Davlat soliq. Moliya va boshqa organlari tomonidan tijorat banki huquqlarini buzilishi (masalan, g‘ayriqonuniy tekshirishlar o‘tkazilishi, g‘ayriqonuniy qarorlar qabul qilish orqali bank faoliyatining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilinishi, noqonuniy moliyaviy va boshqa sanksiyalar qo‘llanilishi va xokazolar);
- Tijorat banklari tomonidan soliq va boshqa moliyaviy qonunlarni buzulishi tufayli davlat manfaatlariga zid keluvchi xuquqbuzarlik sodir etilishi (hisob-kitob va hisobotlar yuritish qoidalarini buzilishi, soliq qonunchiligining buzilishi va boshqalar);
- Bank mijozi sanaluvchi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bank oldidagi majburiyatlarni buzilishi shaklidagi (masalan, kreditni o‘z vaqtida qaytarmaslik) xuquqbuzarlik;
- Bankning o‘z xodimlari mehnatga oid xuquqlarini buzilishi, ayni paytda bank xodimlari tomonidan xizmat vazifasini bajarish bilan bog‘liq ravishda bank muassasasiga moddiy zarar etkazilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |