Bank huquqi tayyorladi: “Bank ishi” kafedrasi katta o’qituvchisi Umurzakova A. O


BANK HUQUQI TUSHUNCHASI, UNING PREDMETI VA VAZIFALARI


Download 0.87 Mb.
bet5/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1061719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Mavzu“Bank huquqi” fanining predmeti va vazifalari

2.BANK HUQUQI TUSHUNCHASI, UNING PREDMETI VA VAZIFALARI

  • Mamlakatimizda bank faoliyatini xuquqiy jihatdan ta’minlashda va bankka oid ijtimoiy munosabatlarni tartibga solinishida O‘zbekiston milliy xuquq tizimining tarmoqlaridan biri bo‘lgan bank xuquqi muhim o‘rin tutadi. Bank xuquqining xuquq soxasi, qonunchilik tarmog‘i sifatidagi tushunchasi va uning predmetiga yuridik adabiyotlarda turlicha yondoshuvlar, xar hil ta’riflar mavjudligini kuzatish mumkin. Uning tushunchasi va predmeti doirasini to‘g‘ri aniqlash muhim nazariy xamda amaliy ahamiyatiga egadir. Chunki faqat shu yo‘l bilangina uning boshqa xuquq soxalaridan tub farqlarini aniqlash, o‘ziga xos vazifalari xamda muammolarini belgilash mumkin bo‘ladi.

Bank huquqiga ta’rif berish va uning predmeti doirasini aniqlashda faqat bir tomonlama hamda yuzaki yondoshuvga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bank xuquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar doirasini aniqlash chog‘ida bank faoliyati bir tomondan: - markaziy bank orqali tijorat banklarini boshqarish xamda nazorat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladigan davlatning ommaviy xuquqiy faoliyati ekanligi; - markaziy bank va tijorat banklari o‘rtasidagi ma’muriy, boshqaruv munosabatlaridan iborat ekanligi, -bank faoliyatining bosh maqsadi – tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga xususiy huquqiy qoidalar va prinsiplar asosida ko‘rsatiladigan erkin bank xizmatidan iboratligi nazarda tutilmog‘i lozim.

  • Bank xuquqi tarmog‘i predmetini aniqlash chog‘ida bu soxada tadqiqotlar olib boruvchi olimlar ikki xil yondoshuvni namoyish etadilar.
  • Bir guruxi bank xuquqi sobiq ittifoq davlati davrida ommaviy xuquq soxalaridan bo‘lgan davlat xuquqi, ma’muriy xuquq, moliya xuquqi tarkibiy qismlaridan iborat ekanligini e’tiborga olib yondoshsalar.
  • Ikkinchisi, bank faoliyati erkin va mustaqil bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bank xizmati ko‘rsatishga, bunda asosan shartnomaviylik tamoillariga amal qilishlik, ya’ni xususiy xuquqiy asoslar etakchi o‘rin tutishiga ko‘proq e’tibor beradilar.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling