Bank huquqi tayyorladi: “Bank ishi” kafedrasi katta o’qituvchisi Umurzakova A. O


BANK HUQUQINING TAMOYILLARI VA MANBALARI


Download 0.87 Mb.
bet7/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1061719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Mavzu“Bank huquqi” fanining predmeti va vazifalari

3.BANK HUQUQINING TAMOYILLARI VA MANBALARI

  • Bank huquqining tamoyillari banklar faoliyatining huquqiy munosabatlarini muvofiqlashtirishni o‘zida aks ettiradi. Umumiy olgan holda uning quyidagi tamoyillari mavjud:
  • a) mulkiy dahlsizlik tamoyili. Bu norma Konstitutsiyada belgilangan bo‘lib u banklar faoliyatiga ham taaluqli hisoblanadi;
  • b) raqobatni rag‘batlantirish va monopolizatsiyani ta’qiqlash yoki unga yo‘l qo‘ymaslik;
  • v) Iqtisodiy (bank ) faoliyatini erkin yuritish tamoyili; va boshqalar.
  • Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan muvofiqlashtirishga oid maxsus tamoyillari:
  • a) bank tizimini shakllantirish va rivojlantirish tamoyillari:
  • — O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini ikki pog‘onali darajada tashkil etish tamoyili;
  • — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining davlat hokimiyati organlaridan mustaqilligi;
  • b) bank faoliyatini amalga oshirish tamoyillari:
  • — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mas’ullik tamoyili;
  • — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining naqd pul emissiyasi bo‘yicha monopol huquqi tamoyili;
  • — davlat hokimiyati organlari va mahalliy hokimiyat organlarining kredit tashkilotlar faoliyatiga aralashmasligi tamoyili;
  • bank faoliyati, kreditlash jarayonlarining litsenziyalashtirilganligi tamoyili;.
  • bank sirini saqlash tamoyili;
  • — bank mablag‘larining muddatliligi va qaytarilishi tamoyili va boshqalar.

YUqoridagilardan kelib chiqqan holda banklarning boshqa sub’ektlar bilan iqtisodiy munosabatlari jihatdan bank xuquqi sohasida amal qiladigan tamoyillarga quyidagi uch gurux tamoyillarni kiritish mumkin:

  • YUqoridagilardan kelib chiqqan holda banklarning boshqa sub’ektlar bilan iqtisodiy munosabatlari jihatdan bank xuquqi sohasida amal qiladigan tamoyillarga quyidagi uch gurux tamoyillarni kiritish mumkin:
  • - Tijorat banklari bilan O‘zbekiston Respublikasi MB, Moliya vazirligi, DSq, bojxona qo‘mitasi o‘rtasidagi munosabat tamoyillari;
  • -Tijorat banklari bilan boshqa kredit muassasalari o‘rtasidagi munosabat tamoyillari;
  • -Tijort banklari uning mijozlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan munosabat tamoyillari.
  • Bulardan tashqari barcha turdagi bank faoliyatiga talluqli bo‘lgan umumiy tamoyillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
  • -Bank faoliyatida qonunlarga qat’iy amal qilish tamoili;
  • -Bank operatsiyalarining maqsadga muvofiq bo‘lishi lozimligi;
  • -Bank axborotlarining dahlsizligi va qonun bilan muhofazalanishi.
  • -Bank faoliyati tadbirkorlik faoliyatining muayyan shakli ekanligi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling