Mavzu: bank inqirozlari


Savdo qoidalarining buzilishi


Download 24.24 Kb.
bet3/7
Sana09.05.2023
Hajmi24.24 Kb.
#1449146
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bank inqirozlari мавзу маьруза (7)

Savdo qoidalarining buzilishi. Mazkur holat bank inqirozlarini boshidan kechirgan deyarli barcha mamlakatlarda kuzatildi. Eksport tarkibida asosiy o'rin egallovchi moddalar bo'yicha narxlarning keskin tushishi eksport qiluvchi korxonalar va ularga xizmat ko'rsatuvchi banklar faoliyatiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatdi.
Xorijiy investitsiyalami jalb etishda moliviy bozorlarni liberalizatsiyalash. Mazkur holatning barcha ijobiy tomonlarini hisobga olgan holda yana shuni ta'kidlash mumkinki, Lotin Amerikasi (80-90 yillarning birinchi yarmi) va Janubiy-Sharqiy Osiyo (1997-1998 yy.) mamlakatlari tajribasi shuni ko'rsatadiki, qisqa muddatli spekulyativ pullar va portfel investitsiyalar moliyaviy tizimning foiz stavkalari va valyuta kurslari tebranishlariga bo'lgan ta'sirchanligini oshiradi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalarning chiqib ketishi iqtisodiyotni tang ahvolga keltirib qo'yadi.
Belgilangan valyuta kursi. Bunday sharoitda mamlakatda narxlar barqarorligini ta'minlash maqsadida valyuta kursini sun'iy ravishda ushlab turilishi Markaziy bank valyuta zahiralari kamayishiga sabab bo'ladi. Tashqi qarzlar bilan bog'liq hisob-kitoblarda muammolar kuchayib, parallel valyuta bozori vujudga keladi. Bu esa, o'z navbatida foiz stavkalarining oshishi va qarzdorlar toiovga layoqatliligining yomonlashuviga olib keladi.
Yuqorida qayd etib o'tilganlardan kelib chiqib, bank tizimida inqirozni vujudga keltiruvchi turli omillarning ta'sir darajasini quyidagi jadval ma'lumotlari orqali yoritib o'tamiz.


Bank inqirozlarini vujudga K.V.Rudiy tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko'ra bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat:

  • qadrsiz milliy valyuta;

  • dollarizatsiya darajasining yuqoriligi;

  • katta miqdordagi tashqi qarz;

  • yuqori byudjet defitsiti;

  • YalM o'sish sur'atining pastligi;

  • banklarni tartibga solishning zaifligi;

- moliyaviy bozorlarning rivojlanmaganligi va ixtisoslashgan
moliya-kredit muassasalari.
Bank inqirozlarining salbiy oqibatlari, ularning turlari va shakllari
Mamlakat iqtisodiyotiga bank inqirozlarining ta'sirini aniqlash uchun ularning ta'sir doiralari, shuningdek, ularni yuzaga keltiruvchi omillarini tahlil qilish kerak.
Oqibatlariga ko'ra, bank inqirozlarini uch guruhga ajratish mumkin: mikroiqtisodiy darajada ta'sir etuvchi, makroiqtisodiy darajada tarqaluvchi, iqtisodiyotning demonetizatsiyasi va inflyatsiya darajalarining oshishiga olib keluvchi byudjet-moliya tizimining masshtabli nobarqarorligiga olib keladi.
Iqtisodiyotda bank inqirozlarining salbiy oqibatlari Kaminskiy va Reynxartlar tomonidan empirik tadqiq etilib, ularning fikricha bank inqirozlarining oqibatlari quyidagilardan iborat:

  • depozitlarning olinishi;

  • pulga bo'lgan talabning pasayishi;

  • depozitlarga nisbatan pul oqimlarining o'sishi;

  • kreditlash hajmining pasayishi;

  • foiz stavkalarining o'sishi;

  • M2 agregatining o'sishi va iqtisodiy faollikning tushib ketishi. Ba'zi bir rivojlanayorgan mamlakatlarda bank boshqaruvi bir kishi qo'lida boisa va banklar shaxsiy "hamyon" yoki sanoat guruhlarining piramida sxemasi funksiyalarini bajarganda bu sharoitlar yomonroq natijalar ham keltirishi mumkin edi. Bu sharoitlarda o'z mijozlarini kreditlash "insayderlik" mahfiy ma'lumotlar asosida operatsiya amalga oshiriladi va ochiqdan ochiq qalloblik jazolanmay qolaveradi. Shunday qilib, davlat banklari tijorat tamoyillariga asolanmagan, balki siyosiy mezonlariga asoslangan "asosiy agentlik"ga aylanib, boshqa yuqori darajadagi boshqaruvga ega banklarning ichki muhiti, shuningdek, moliyaviy barqarorlikka tahdid soladi.


Download 24.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling