Mavzu: bank inqirozlari
Download 24.24 Kb.
|
Bank inqirozlari мавзу маьруза (7)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bosqichning
1-bosqichning asosiy yo'nalishi vaziyatni stabillashtirish va jamoatchilik ishonchini tiklashdan iborat. Bunda bank likvidliligini ta'minlashga bo'lgan ehtiyojni qondirishda tezkor ravishda likvidlilikni ta'minlashga yordam ko'rsatish va ortiqcha likvidlilik sterilizatsiya qilinishi kerak. Shuningdek, inqiroz sabablarini aniqlash va ularni hal etish kerak. 1-bosqichda amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
omonatchilar manfaatlarini himoya qilish; ishonchli makroiqtisodiy siyosatni tashkil etish; kapital chiqib ketishini cheklash bo'yicha choralarni belgilab olish; faoliyatini qayta tiklash imkoniyatiga ega bo'lmagan muassasa-larni tugatish; o'rta muddatli restrukturizatsiya dasturini qabul qilish; ishonchni tiklash uchun siyosat yuritishda shaffof bo'lish; agarda yuqorida ko'rsatilgan choralarning barchasi samarasiz yakun topsa, oxirgi chora sifatida administrativ (ma'muriy) choralarni qo'llash kerak. 2-bosqichning asosiy yo'nalishi byudjet xarajatlarini minimal-lashtirish orqali sektorlar davomiyligi va samaradorligini tiklashdan iborat. Bunda institutsional va huquqiy tuzilmalar banklar ustuvorligini ta'minlaydigan qonunchilik hujjatlari, aktivlar transferi va ularni baholashni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar hamda buxgalteriya hisobi va audit qoidalarini qabul qilishlari kerak. 2-bosqichda amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar quyidagilardan iborat. Banklar diagnostikasida: -bir xil mezonlarni qo'llash; -o'rta muddatli maqsadlarni ko'zlash (foyda olish imkoni bo'lgan); -maxsus auditorlar rolini ko'chaytirish kerak. Barqaror va yetarli darajada kapitallashuv darajasiga ega bo 'Imagan banklar: -vaqtinchalik restrukturizatsiya rejasini ishlab chiqish, xususiy kapitalni jalb qilish; intensiv hisobot va monitoring yuritishni nazorat qilish kerak. Nobarqaror va to 'lov layoqatliligiga ega bo 'Imagan banklar: tugatilishi yuzasidan qisqa muddatda bir qarorga kelish; -tugatilishi yuzasidan rozilik beruvchi yuqori tashkilotga murojaat qilish; -depozitlar ishonchli bankka o'tkazib berilishi kerak. Shuningdek, banklar kapitallashuvida davlat mablag'laridan foydalanishni amalga oshirish kerak. Download 24.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling