Mavzu. Bank inqirozlari


-jadval: AQSHning inqirozga karshi choralar dasturi (American Recovery


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana17.06.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1533167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
19- mavzu Банк инқирозлари

3-jadval: AQSHning inqirozga karshi choralar dasturi (American Recovery 
and Reinvestment Act) 
№ 
 
Yo‘nalishlari 
Mlrd. AQSH 
dollari 
 
Salmog‘i 
1

 
Soliq yukini engillashtirish 
 
288 
 
37% 
 

 
SHtatlar va mahalliy hokimiyat 
organlarini soliqlardan ozod qilish 
144 
 
18% 
 
3

 
Infratuzilma va fan 
 
111 
 
14% 
 
4

 
Ijtimoiy himoya 
 
81 
 
10% 
 
5

 
Sog‘liqni saqlash 
 
59 
 
7% 
 
6

 
Ta’lim 
 
53 
 
7% 
 
7

 
Energetika 
 
43 
 
5% 
 
8

 
Boshqalar 
 

 
1% 
 
 
 
Jami 
 
787 
 
100% 
 
Obama rejasida ko‗zda tutilgan chora-tadbirlar: 

3 mln. ish joylarini saqlab qolish va tashkil etish; 

sog‗liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish; 

muqobil manbalardan energiya ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yish va 3 yil 
mobaynida uning hajmini ikki baravarga oshirish; 

federal mulkka taalluqli bo‗lgan (maktablar bilan birga) binoinshootlarning 
75 foizini va 1 mln. xususiy uylarni ta‘mirlash; 

7 mln. talabalar uchun grantlar tizimini moliyalashtirish hajmini oshirish
ta‘lim uchun to‗lovlar bo‗yicha soliqlarni kamaytirish; 

infratuzilmaga keng kulamli investitsiyalarni amalga oshirish, xususan, 
yullar, kupriklar, jamoat transport tizimini kurish va kayta ta‘mirlash, temir yul va 
aeroportlarni modernizatsiyalash; 

soliklardan ozod kilish (solik kreditlari), solik stavkasini pasaytirish orkali 
uy xujaliklarining tulov kobiliyatini oshirish; 

yetarli darajadagi shaffoflik, monitoring va javobgarlik darajasini ta‘minlash 
imkonini berishi lozim. 
Jahon moliyaviy inqirozi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bank tizimiga xam 
jiddiy ta‘sir o‗tkazdi. Bunga javoban Yevropada banklarni qutkarish choralari 
ko‗rildi. G.Braun boshchiligidagi Angliya xukumatining inqirozga karshi 
choralarida bank tizimi ustidan kuchli davlat nazoratini ta‘minlash asosiy 


bo‗g‗inga aylandi. Braun dasturi (510 mlrd. AQSH dollari) 290 mlrd. dollar 
mikdoridagi mablarlarni Britaniya banklari muammoli aktivlarini sotib olishga
220 mlrd. dollarni esa banklarning kayta kapitallashuviga, kreditlash, investitsiya 
va iste‘mol talabini kullabkuvvatlashga safarbar etishni kuzda tutdi. 
Buyuk Britaniyada inqirozga karshi choralar doirasida davlatning bank 
kapitalidagi ulushi dastlab Northern Rock Bank ipoteka bankida, so‗ngra Bradford 
& Bingleyda oshirildi. Keyinchalik esa mamlakatdagi ikkinchi yirik bank Royal 
Bank of Scotland (RBS)da davlatning ulushi 58%dan 70%ga, Lloyds Bank 
Groupda 40%dan 45%ga oshirildi. Birok bu kabi choralar doimo xam barkarorlikni 
kafolatlay olmaydi. RBS 11,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida rekord darajadagi 
zarar kurganini e‘lon kilgach, uning aksiyalari kursi 67 foizga pasaydi. 
AQSH, SHveysariya, Germaniya, Islandiya va boshqa davlatlar Buyuk 
Britaniya "modeli"ga ergashdilar. Germaniya xukumati bankrotlik taxdid 
solayotgan banklarni milliylashtirishni kullabkuvvatladi. CHunki Germaniyaning 
birgina Hipo Real Estate banki aksiyalari 89 foizga kadrsizlanib ulgurgandi. Yirik 
banklardan Aareal va Commerzbankning kapitallashuvi moe ravishda 21 va 42 
foizga kamaydi. Kansler A.Merkel 2009- yilning fevral oyida zarurat turilganda 
vaktinchalik muammoli banklarni milliylashtirish yulidan borish mumkinligini 
ham ma‘lum kildi.
Fransiya xukumati mamlakatning muxim axamiyatga ega etakchi 
kompaniyalarini kullabkuvvatlash yulidan bordi. 2009- yilning fevral oyida 
mamlakatning yirik avtomobil ishlab chikaruvchi korporatsiyalari PSA Peugeot 
Citroen va Renaultga moliyaviy kumak berildi. Korporatsiyalar bank kredit 
stavkalari 1112 foiz atrofida bulgan sharoitda 67 foiz stavkasida 6 mlrd. Yevro 
miqdorida moliyaviy mablaglarni oladigan bulishdi. Bunga javob tarikasida 
korporatsiyalar zavodlarini yopmaslikni kafolatlash, kreditlar buyicha tulovlar 
vaktiga kadar xodimlar sonini kiskartirishdan voz kechish, dividendlar va 
raxbariyat mukofotlarini kiskartirish majburiyatini olishdi. 
Italiyada UniCredit, Fransiyada Natixis (mamlakatning turtinchi yirik banki), 
Irlandiyada Allied Irish Bank va Bank og Ireland og‗ir xolatga tushib koldi. 
Fransiyada banklar va biznesga tezkor yordam loyixasi 380 mlrd. dollar ajratishni 
kuzda tutdi. Niderlandiya, Belgiya va Lyuksemburgda yirik Belgiya banki Fortis 
(ushbu bank aktivlari mamlakat YAIMdan 2,5 baravar kup 1,5 trln. dollar) 
kutkarish uchun 16,1 mlrd. dollar ajratildi. Bundan tashkari, Belgiya xukumati 
ikkinchi yirik bank Dexiani kutkarish choralarini kurdi. 


AQSHda J.Bush modeli neoliberal monetaristik prinsiplarga, xususan, bank 
tizimiga davlat mablaglarini safarbar etishga asoslangan bulsa, YYevropada, 
masalan, N.Sarkozi "moliyaviy kapitalizm" modelidan voz kechib, amalga oshirish 
murakkab bulgan "tadbirkorlik kapitalizmi" modeli bilan chikdi. Buyuk Britaniya 
Bosh vaziri J.Braun davlat tomonidan moliyaviy ragbatlantirish choralarini kurish 
va bunday yordamni oluvchi muassasalarning kapitali tarkibida davlat ulushini 
oshirish orkali samarali davlat nazoratini ta‘minlashga xarakat kildi. 
YYevropada inqirozga karshi moliyaviy ko‗mak hajmi dastlab 600 mlrd. 
AQSH dollari miqdorida baxolandi, biroq inqiroz sur‘atlarining oshishi natijasida u 
1,5 trln. AQSH dollariga etdi. 
2009 -yilning yakuniga kelib global moliyaviy inqiroz sharoitida Yevropa 
Ittifoki uchun yangi muammolar va sinovlar davri boshlandi. Bu erda gap Gretsiya 
davlatidagi byudjet inqirozi xakida ketmokda. 2009 -yilning yakuniga kelib 
Gretsiyada byudjet defitsiti YAIMga nisbatan 12 foizdan oshdi. Ayni paytda
davlat karzi Gretsiyada 110 foizdan oshgan edi. Bunday sharoitda Gretsiya 
xukumati karzlarni kayta moliyalash va defitsitni koplash uchun moliyaviy 
resurslarni jalb kilishda qiyinchiliklarga yuz tuta boshladi. Albatta, bunda Yevropa 
Ittifokiningbeminnatyordamini kutish amri maxol. Birok Ittifokka a‘zo bulish 
uchun Maastrixt kelishuvida ifodalangan talablardan biri davlat byudjeti defitsiti 
YAIMning 3 foizidan oshmasligi bulib, Gretsiyaning Ittifokda kolishi uning 
byudjet inqirozidan ^ay sur‘atda chikib ketishiga boglik bulib koladi. Ayni paytda, 
bu nafakat Gretsiyaning muammosi, balki butun Ittifok barkarorligi va 
xayotiyligini ta‘minlay olish muammosi sanaladi. Boshkacharok aytganda
Yevropadagi integratsiyalashuvning zamonaviy boskichida bir a‘zo mamlakatda 
yuzaga keladigan fiskal muammo yagona pulkredit siyosati amalga oshiriladigan 
xududda kanday bartaraf etilishi boshka a‘zo davlatlar uchun xam birdek 
muximdir. Chunki YYevrohududda fiskal muammo tez sur‘atlarda va samarali 
bartaraf etilmasa, Ittifokning kelajagi xam xavf ostida kolishi mumkin. 
YYevrohududning 16 davlati moliya vazirlarining muzokaralaridan so‗ng 
Gretsiyaga uch yil muddatga 110 mlrd. Yevro miqdorida yordam paketi 
ajratiladigan bo‗ldi. 
Albatta, YYevropa Ittifoqi tomonidan Gretsiyaga ko‗rsatiladigan yordam 
oddiy kreditdan boshqa narsa emas. Ammo ajratiladigan kreditning foiz stavkasi 
bozordagi mavjud stavkadan pastroq bo‗ladi (qariyb 5 foiz atrofida). 
Gretsiyaga ajratiladigan yordam paketida Yevrohududning ulushi 80 mlrd. 
Yevroni tashkil etib, yordamning qolgan qismi (30 mlrd. Yevro) XVF tomonidan 


joriy yilda ajratiladigan bo‗ldi. XVF rahbari ushbu qarorni Yevrohududni qutqarish 
chorasi ekanligini e‘tirof etdi. Bunga javoban Gretsiya hukumatidan mehnat va 
pensiya qonunchiligini erkinlashtirish talab etilmoqda. CHunki ushbu choralar 
yaqin ikki yil mobaynida byudjet defitsitini 20 mlrd. Yevroga qisqartirish imkonini 
beradi. 
Gretsiyadagi defolt holati e‘tirof etilgandan so‗ng ozgina fursat o‗tib, Standart 
& Poor‘s reyting agentligi tomonidan Ispaniya va Portugaliya uchun kreditga 
layoqatlilik reytingining pasaytirilishi Yevropa Ittifoqidagi moliyaviy inqirozning 
kuchayishiga sabab bo‗ldi. Vaholanki, Fitch reyting agentligi Gretsiyaning suveren 
reytingini VVV+gacha pasaytirgan edi. Bu esa, Gretsiyaning A+ reytingiga ega 
bo‗lgan Malayziyadan ham kreditga layoqatlilik bo‗yicha orqada ekanligini 
ko‗rsatadi. 
Yevrohudud o‗zining Markaziy bankiga ega bo‗lgani holda, yagona 
g‗aznachilikka ega emas. Bu esa byudjet intizomi buzilgan hozirgi sharoitda Yevro 
uchun og‗ir sinov davri boshlanganligini bildiradi. Vaholanki, yagona pulkredit 
siyosati qo‗llaniladigan Yevrohudud a‘zo davlat uchun ham muayyan 
qiyinchiliklarni tug‗dirayotganli gini ta‘kidlash lozim. CHunki agar Gretsiya 
o‗zining Markaziy banki orqali mustaqil pulkredit siyosatini amalga oshirish 
imkoniyatiga ega bo‗lganda, byudjet defitsiti bilan bog‗liq muammolarni 
inflyasiyaga yo‗l qo‗yib berish, Markaziy bankdan kredit jalb qilish (garchi maqbul 
sanalmasa ham), devalvatsiya sur‘atlarini oshirish hisobiga engillashtirishi mumkin 
edi. 
Bundan ko‗rinadiki, valyutaviy integratsiyalashuvning yorqin namunasi 
sifatida e‘tirof etiladigan Yevropa Ittifoqida ham fiskal muammolarni samarali hal 
etishning takomillashgan mexanizmi mavjud emas ekan. Bundan tashqari, 
Gretsiyada byudjetning qisqarishi iqtisodiy faollikka salbiy ta‘sir ko‗rsatgani 
holda, soliq tushumlarining kamayishiga va qarzning YAIMga nisbati 
ko‗rsatkichining yanada yomonlashishiga olib kelishi mumkin. 
Moliya institutlari axborot to‘plashni to‘xtatganda va qarz ajratganda 
moliyaviy betartiblik oshadi, assemmetrik axbrotlar muammosi moliya tizimini 
qobiliyatini cheklaydi. Qarzlar kamayib borishi bilan, qarz oluvchilarning 
investitsion imkoniyati cheklanadi va ularning sarflari kamayadi va natijada 
moliyaviy faollik pasayadi. 



Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling