Mavzu: Bank kartalarining turlari va ular bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirishdagi muammolar


Download 0.57 Mb.
bet9/10
Sana03.12.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1800919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
VISA Electron — debet lineykasidagi eng oddiy kartalardan biri. U internetda toʻlov vositasi sifatida MDH hududida mashhurdir, chunki unda qoʻshimcha funksiyalar nazarda tutilmagan boʻlib, tegishlicha xizmati arzonroq boʻladi. VISA Electron bilan ham naqd pulni olib chiqib ketish mumkin boʻlsa ham, u nazoratning yuqori darajasi sababli koʻproq nolga teng yoki cheklangan bank tarixiga ega mijozlarga beriladi. Bu internet tarmogʻi orqali xaridlarni amalga oshiruvchi va hozircha chet elga ketishni rejalashtirmagan shaxslar uchun aʼlo variantdir.
VISA Classic — foydalinish mumkin boʻlgan koʻplab xizmatlarga ega optimal karta. Undan ham tarmoqda, ham terminallarda haq toʻlashda va bankomatlarda operatsiyalar bajarishda foydalanish mumkin. Shuningek, ushbu kartadan boshlab hamkorlardan kafe va restoranlarda chegirmalar, keshbeklar yoki mehmonxonada xona bronlashtirish kabi yanada koʻproq takliflar beriladi. VISA Classic, ehtimol, plastik kartalar ishlash tamoyillari bilan tanish va kamdan kam safarlar, masalan xizmat safarini rejalashtiruvchi koʻpchilik uchun eng maqbul variant boʻlsa kerak. Shu bilan birga bankimiz endigina ochilgan VISA Classicni bepul yetkazib beradi; buni amalga oshirish uchun siz filiallarimiz birida kartani roʻyxatdan oʻtkazishda tegishli manzilni koʻrsatib oʻtishingiz lozim.
VISA Gold xizmat darajasiga urgʻu beriladigan karta sifatida ifodalanadi. Uning yillik xizmat koʻrsatish haqi qimmatroq boʻladi, biroq butun dunyo boʻyicha uning saqlovchisiga nisbatan yuqori loyallik koʻpchilikka maʼqul qeladi. Bundan tashqari, VISA Gold yuridik masalalar boʻyicha xalqaro qoʻllab-quvvatlash va tibbiy sugʻurta kabi eksklyuziv xizmatlarga ega. Bu xorijiy hamkorlar bilan faol ish olib borayotgan va tez-tez sayohat qilib turadigan fuqarolar uchun aʼlo variantdir.
Agar siz oʻzingiz uchun yangi VISA Card olmoqchi boʻlsangiz va tanlashda bir toʻxtamga kela olmayotgan boʻlsangiz, siz har qanday vaqtda bankimizning koll-markaziga qoʻngʻiroq qilishingiz, biz bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bogʻlanishingiz yoki shaxsan tashrif buyurishingiz mumkin. Mutaxassislar sizga ajoyib tarzda toʻgʻri keladigan yechimni tanlashga yordam beradilar.
Xavfsizlik choralari va kartadan foydalanish madaniyati
Eng oddiy savdo munosabatlari yuzaga kelgan vaqtdan boshlab puldan foydalanishga oid qonunlar va nooshkor qoidalar paydo boʻla boshladi. Hozirgi kunlarda naqd pulsiz hisob-kitoblardan foydalanish texnologiyalar va zamonaviy jahon tendensiyalari joriy etilgan holda tarixiy shakllangan pul munosabatlariga taqlid qiladi.
Karta bilan ishlashda biz xavfsizlikni birinchi oʻringa qoʻyishni tavsiya etamiz. Asosiy qoida quyidagi mazmunga ega: agar siz oz boʻlsa ham bankomatdan, ortingizda navbatda turgan odamlardan yoki unchalik taniq boʻlmagan internet-doʻkondan shubhalansangiz, karta bilan har qanday operatsiyalarni bajarishni rad eting.
Karta yoʻqolishi undagi mablagʻlar yoʻqolishiga sabab boʻlmasligidan qatʼi nazar, uni naqd pulni asraganingizdek asrang. Uni qarovsiz qoldirmang va u toʻgʻrisida karta raqami, uning amal qilish muddati yoki CVC-kodi kabi hatto bank xodimlariga ham hech qanday maʼlumot bermang. Eʼtibor bering, biz faqatgina ismingizni, kartaning oxirgi toʻrtta raqamini va telefoningiz raqamini soʻrashimiz mumkin. Agar sizdan yana biror narsa talab etishayotgan boʻlsa, ehtiyot boʻling, siz oʻzini bank vakillari deb koʻrsatayotgan firibgarlar bilan aloqa qilmoqdasiz.
Maʼlumot maxfiyligi toʻgʻrisida yana ikki ogʻiz soʻz. Kartangizni suratga tushirmang va undagi maʼlumotlarni yon daftarchalar yoki boshqa qogʻoz tashuvchilariga yozmang. Moslamangizga virus tushgan holda kartadan firibgarlar foydalanib qolishi mumkin, qogʻoz varagʻi esa oʻgʻirlab olinishi mumkin.
Internetda hisob-kitob amala oshirishda 3D Secure dan foydalaning. Bu - "Verified by Visa” texnologiyasi boʻlib, u sizning tarmoqdagi xaridlaringizni mumkin qadar xavfsizlantiradi. Uning mohiyati shundaki, PIN-kod bilan birga bank tomonidan tuziladigan va karta saqlovchisi raqamiga SMS-xabar sifatida keladigan bir martalik parol kiritish kerak. 3D Secure SMS-xabarnomani faollashtirgan barcha “Kapitalbank” ATB VISA kartalari saqlovchilariga avtomat tarzda ulab beriladi. 3D Secure toʻgʻrisida batafsil bizning saytimizda tanishishingiz mumkin.
Xorijda, ayrim mamlakatlarda skimming apparati kabi firibgarlik moslamasi ommabop tusga ega. U bankomat ustiga qoʻyiladigan ashyo boʻlib, uning tashqi koʻrinishini toʻliq takrorlaydi. Uning maqsadi siz kiritayotgan kartangiz PIN-kodini oʻqib olishdan iborat. Skimming moslamasi oddiy foydalanuvchi nazari ilmaydigan moslama hisoblanadi, biroq, biz ber necha tavsiyalar berishimiz mumkin.Faqat yirik savdo markazlari, bank ofislari va mehmonxonalar xollaridagi bankomatlardan foydalaning – jinoyatchilar ushbu bankomatlarni qoʻlga kirita olmaydi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling